Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - bob. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy - iqtisodiy asoslari. www.sies.uz Page 44 of 356 45 3.1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. 3.2. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy asoslari. 3.3. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari. 3.4. Tadbirkorlik faoliyati samaradorligi mezoni va ko‘rsatkichlari. 3.1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. Iqtisodiyot har xil faoliyatlar majmuasi bo‘lib, uning natijasida moddiy boyliklar yaratilib iste’molchiga yetkaziladi. Iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi vositalar «er – kapital - mehnat va tadbirkorlik». Tadbirkorlik nima? qanday sharoitlar uni vujudga keltirgan? Ushbu sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin: v har bir ayriboshlash qatnashuvchisini o‘z manfaatiga (birlamchi iqtisodiy manfaatini) erishishga intilishi, ikkinchi tomon manfaatidan qat’iy nazar; v ayriboshlashda shaxsiy yoki jamoa tashabbusini olg‘a surish; v foydali almashuvga erishish uchun shaxsiy yoki jamoa tavakkalchiligiga tayyorligini harakatga solish; v har bir qatnashuvchi foydali natijaga erishish uchun konkret chora tadbirlarni ishlab chiqarish qobiliyatini ishga solishi; v ehtimol yoki haqiqiy natijalarni tabaqalashtirish qobiliyatini ishlatishi. Ushbu alomatlar (belgilar) hozirgi zamon biznesida ham namoyon bo‘lmoqda. Adabiyotlarda, oddiy hayotda har xil terminlar uchraydi. Bular biznesmen, ishbilarmon, tadbirkor, biznes, tadbirkorlik kabilar. Biznesmen, ishbilarmon, tadbirkor deganda, biz qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxsni tushunishimiz kerak. Іar qanday biznesmen o‘z qobiliyati nuqtai nazardan tadbirkor (ishbilarmon) bo‘la olmaydi. www.sies.uz Page 45 of 356 46 Tadbirkor va ishbilarmon terminlari (so‘z) sinonimdir. Biznes – bu so‘zma – so‘z ish yoki faoliyatni bildiradi. Xo‘jalik yuritish nuqtai nazardan «Biznes» - iqtisodiy faoliyat, ish olib borish tizimi yoki faoliyat yuritish tizimi bo‘lib, unda tovar yoki xizmat ishlab chiqarishni tashkil qilish, ularni sotish, ishlab chiqarish omillari egasi tomonidan amalga oshiriladi. (adabiyotlarda boshqa ta’riflar juda ko‘p) Tadbirkorlik – bu iqtisodiy fenomen, biznesni kategoriyasi. Biznes bilan tadbirkorlik sinonim emas, lekin yaqin tushunchalardir. Biznes kengroq. Tadbirkorlik – biznesni dinamik yoki aktiv (faol) elementi, xo‘jalik yutirish shakli. Tadbirkorlik – fuqaroni yoki fuqarolarning mustaqil, tashabbusli faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyatni ular foyda olish maqsadida o‘zining tavakkalchiligi va moddiy javobgarligi asosida amalga oshiradi. Boshqa so‘z bilan aytganda, tadbirkorlik – iqtisodiyotni inson omili, uning intellektual faoliyati orqali fo‘qaro yoki fuqarolarni o‘z maqsadlariga erishish uchun xo‘jalik yuritish yoki boshqa faoliyatdir. Tadbirkorlikni mazmuni biz yuqorida keltirgan tushunchalardan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunida (1991 yil 15 fevral) «Tadbirkorlik – mulkchilik sub’ektining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir» deb ta’rif berilgan. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik: v tadbirkorning shaxsiy mol – mulki asosida; v tadbirkorning boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol – mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida; v tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol – mulklaridan foydalanishi asosida; v yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi. www.sies.uz Page 46 of 356 47 Tadbirkorlik – bu daromad olish maqsadida ishlab chiqarishni tashkil qilish va tayyorlangan mahsulotni sotish va aholiga xizmat ko‘rsatish hamda oldi – sotdi bilan shug‘ullanadigan kishilar faoliyati, ya’ni foyda olish borasidagi harakat (faoliyat) tushuniladi. Uni «Xufyona» va «Madaniy» shakllari mavjud. «Xufyona»si davlatdan yashirin faoliyat olib boruvchi, chayqovchilik, yulg‘unchilik, haridorlar xaqiga xiyonat va va h.k.o. «Madaniy»si – umuminsoniy fazilatlardan tashqari quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: - tashabbuskorlik va imkoniyatlarni izlash; - tavakkalchilik; - bozorni (konyukturasini) o‘rganish; - o‘z kuchiga ishonish. Savdoda tadbirkorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin. Birinchidan, savdoni bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa tarmoq va sohalardagi tadbirkorlardan farqli funksiyalar bajaradi. Ikkinchidan, savdoning xo‘jalik mexanizmidan kelib chiqib, uning tarkibi, boshqarilishi xo‘jalik aloqalari, moliyaviy resurslarni shakllanishi, daromad manbalari va harajatlari shakllanishi kabilarda savdodagi tadbirkorlik boshqalardan keskin farq qiladi. Uchunchidan, mehnat jarayoni ham o‘z xususiyatlariga ega. To‘rtinchidan, savdodagi tadbirkor bir tomonda ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchilar bilan, ikkinchi tomonda yuzlab va minglab haridorlar bilan munosabatda bo‘ladi, shu sababli ularni kasbiy mahorati, psixologiyasi, o‘zgacha shakllanadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling