Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.4.3-chizma. Strategik rejalashtirish bosqichlari Marketing tadqiqotlari asosida korxonaning rivojlanish istiqbolini aniqlash va uning raqobatbardoshligini baholash Bozor vaziyatiga bog‘liq muammolarni aniqlash, ularni hal qilish variantlarini asoslash va tanlagan variantning oqibatini baholash. Uzoq muddatli rejani tuzish Xo‘jalik faoliyatining strategik sohalari bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish Uzoq muddatli rejalar quyidagi tartibda tuzilishi ham korxonalar tajribasida ishlatilib kelinmoqda: - korxonaning maqsadi; - investitsiya va ishlab chiqarishni takomillashtirish; - resurslarni ishlatilish samarasi; www.sies.uz Page 99 of 356 100 - boshqarishni takomillashtirish; - raqobat vaziyatlarining tahlili; - korxona tarkiblarining resurslari, ularning samaradorligi kibilarni aniqlash, belgilash. 5.2.5. Prognozlash va rejalashtirish usullari hamda ko‘rsatkichlari Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib «nimagadir yo‘l», bilish usulubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish usuli ma’nosini bildiradi. Rejalashtirish jarayonida balans usuli (moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari balansi), normallashtirish usuli, solishtirish indeks usuli, grafiklar, texnik-iqtisodiy hisoblar, sotsiologik tadqiqot, statistik guruhlash, iqtisodiy matematik usullar, ekspert baholash usuli kabilardan keng foydalaniladi. Rejalashtirishda ko‘rsatkichlar tizimidan keng foydalaniladi. Ular qatoriga natural va qiymat; absolyut va nisbiy; son va sifat ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Sonli ko‘rsatkichlar absolyut miqdorda ifodalanib ishlab chiqarish hajmini (dona, tonna, m.k.m., Kl.vt., shartli banka): ishchilar soni; ish haqi fondi; daromad hajmi; foyda summasi kabilarni ifodalaydi. Sifat ko‘rsatkichlari nisbiy miqdorlarda hisoblanadi va korxona faoliyatini samaradorligini o‘lchov birligi sifatida ko‘proq ishlatiladi. Bu ko‘rsatkichlar protsent, indeks, koeffitsiyent kabilarda o‘z aksini topadi. Іajmiy ko‘rsatkichlar asosan ishlab chiqarish hajmini, ayrim ko‘rsatkichlarni absolyut miqdorini ifodalaydi (zahiralar miqdori, ishlab chiqarish www.sies.uz Page 100 of 356 101 hajmi, resurslar summasi va h.k.). Solishtirma ko‘rsatkichlar nisbiy miqdorlarda o‘lchanib (sifat ko‘rsatkichlarni bir turi), solishtirma og‘irlikni, solishtirma birlikni ko‘rsatadi. Masalan: ishlab chiaqrishni umumiy hajmida mahsulotni bir turini hissasi; umumiy ishchi-xizmatchilar ichida ishchilarning hissasi kabilar. Savdo korxonalarida tovar aylanishi hajmi, assortimenti (so‘m); tovar zahiralari hajmi va assortimenti (so‘m); tovarlarni kelishi hajmi va assortimenti (so‘m). Bu uchala ko‘rsatkichlarni assortiment bo‘yicha miqdori natural ko‘rsatkichlarda (dona, metr, tonna va h.k.) hisobga olinadi, tahlil qilinadi va rejalashtiriladi. Muomala harajatalri summasi, tarkibi, moddalari bo‘yicha (so‘m, %). Mehnat va ish haqi ko‘rsatkichlari. Daromad va foyda rentabellik ko‘rsatkichlari. Asosiy va aylanma fondlarni ishlatish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar. Kapital mablag‘lar, kredit, soliq va to‘lovlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar kabilar. Tayanch iboralar: Prognoz, prognozlashtirish, reja, rejalashtirish, biznes reja, metodologiya, usul, indikativ, mutonosib, ilmiylilik, uzluksizlik, optimallik, moslanuvchanlik, strategik nazorat,taktik, tezkor, lokal-tafsilotlashtirish, g‘oya, maqsad, sifat ko‘rsatkichlari, xajmiy ko‘rsatkichlar, solishtirma ko‘rsatkichlar. Takrorlash uchun savollar. 1. Prognoz, prognozlashtirish nimalarni anglatadi? 2. Reja va rejalashtirishni mazmunini yoriting? 3. Prognozlashtirish bilan rejalashtirishning farqini ayting? 4. Rejalarni turlarini ayting? 5. Rejalashtirish metodologiyasini tushintirib bering? 6. Rejalashtirish qoidalarini ayting? 7. Rejalashtirishda qanday usullardan foydalaniladi? 8. Prognozlash va rejalashtirishga qanday talablar qo‘yiladi? www.sies.uz Page 101 of 356 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling