Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha resurslar
6.1.1.1-chizma. Savdo korxonalarining resurslari www.sies.uz Page 104 of 356 105 Barcha resurslar Asosiy fondlar Aylanma fondlar (mablag‘lar) Tovar, firma belgisi Xodim- lar soni Pul mablag‘lari (naqd va naqd bo‘lmagan) Mehnat predmetlari Litsenziya Xususiy Mehnat qurol-lari Potent Єarzga olingan Nau-xau Muddati bir yilgacha bo‘lgan mehnat qurollari Muallif-lik huquqi Gidvul Jalb etilgan (tovarlarni kelishi va to‘lanishi davridagi farqida vujudga keladi) Franshiz-lar Tashkiliy va muddati uzayti- rilgan harajatlar Pulga tenglashtirilgan qimmatli qog‘ozlar 6.1.2. Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi Moddiy resurslar Nomoddiy resurslar (aktivlar) Mehnat resurslari Moliyaviy resurslar www.sies.uz Page 105 of 356 106 Asosiy fondlar moddiy resurslarning bir qismini tashkil qiladi. Ular savdo korxonalari faoliyatida ishlatiladigan mehnat qurollarining qiymatidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllariga bo‘linadi. Buxgalteriya hisobiga muvofiq asosiy fondlarga ishlatish davri bir yildan yuqori bo‘lgan, moddiy aktivlar qiymati kiradi. Bundan kelib chiqadiki, asosiy fondalrni natural-moddiy ko‘rinishi faoliyat jarayonida ko‘p yillar xizmat qiladi, ya’ni shakli o‘zgarmaydi va o‘z qiymatini qisman tovar qiymatiga o‘tkazib beradi. Shunday qilib, asosiy fondlar – savdo jarayonida uzoq muddat, ko‘p marotabalab ishtirok etadigan, o‘z qiymatini tovarlarga qisman o‘tkazib turadigan mehnat qurollarini qiymatining puldagi ifodasidir. Savdo korxonalarida asosiy fondlarning natural-moddiy tarkibi (elementlari) quyidagilardan iborat: I – arxitektura – qurilish ob’ektlari (do‘konlar, omborlar, ommaviy ovqatlanish korxonalari va h.k.); II – inshoatlar, qurilish ob’ektlari, har xil mahsulotlarni (neft) saqlaydigan joylar, ko‘prik inshootlari, har xil quduqlar, suv chiqaruvchi inshoatlar, har xil to‘siqlar (devor) va h.k.; III – uzatma mexanizmlar, elektr uzatmalari, bug‘, suv uzatmalari va inshoatlari, telefon uzatmalari va h.k.; IV – mashina uskunalar: bug‘lanuvchi mashinalar va qozonlar, elektr mashinalari, o‘zi yurar yoki siljiydigan elektrostansiyalar, kompressorlar, ko‘taruvchi kranlar, tovarlarni qadoqlash uchun uskunalar, texnologik va issiqlik beruvchi uskunalar, avtomat mashinalar: savdo avtomatlari, o‘lchov qurollar – dozatorlar va h.k. hamda o‘lchaydigan va boshqaradigan asboblar, laboratoriya uskunalari kiradi; V – asboblar va har xil mehnat qurollari, materiallarni qayta ishlash uchun har xil moslamalar; VI – xo‘jalikdagi ishlab chiqarish asbob-uskunalari: ishchi stollar, peshtaxtalar, savdo shkaflari, idishlar qo‘yiladigan har xil asbob-uskunalar, tovarlar va boshqa narsalarni saqlaydigan tokchali uskunalar (stellaj) va h.k.; www.sies.uz Page 106 of 356 107 VII transport vositalari: avtomobil vositalari, traktorlar, motorollerlar, mototsikllar, harakatchan suv transporti vositalari, omborxonalardagi ko‘taruvchi transport vositalari va h.k.; VIII xo‘jalikdagi mebellar, yonmaydigan shkaflar, yozadigan mashinkalar va h.k.; IX – kompyuter texnikasi – kompyuter, skaner, printer, kalonka, elektron pochta, faks va h.k.; X – ishchi va mahsuldor har xil hayvonlar (ot, tuya, sgir, cho‘chqa va boshqa hayvon va parrandalar); XI – ko‘p yillik hosil-meva beradigan daraxtlar, o‘simliklar va hududdagi har xil ko‘katlar; XII – yerlar, sug‘oriladigan melioratsiyaga tegishli inshoatlar, suv havzalari, yer uchastkalari; XIII – kutubxonalar va kutubxonalardagi asbob-uskunalar; XIV – ishlatish muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan mehnat qurollari. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlarga savdo korxonalarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazishda, oldi-sotdi jarayonini va savdo xizmatlari amalga oshirishda qatnashadigan mehnat qurollari kiradi. Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar tarkibiga savdo korxonasiga taalluqli ma’muriy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarga qarashli binolar, inshoatlar, jihozlar, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, sanatoriyalar, poliklinika, shifoxonalardagi mehnat qurollari kiradi. Asosiy fondlar oldi-sotdi va savdo xizmati jarayonlarida o‘zini natural- moddiy shaklini saqlab qolgan holda, ko‘p marotalab, uzoq muddatda xizmat qilishi, o‘z qiymatini asta-sekin tovar qiymatiga o‘tkazishi, qiymatini aylanish xususiyati (asta-sekin iste’mol qilinishi va bir vaqtda shaklan o‘zgarishi) bilan aylanma fondlardan keskin farq qiladi. Shu sababli tovar resurslari, pul mablag‘lari asosiy fond bo‘la olmaydi. Asosiy fondalr faol (aktiv) va passiv mehnat qurollariga bo‘linadi. Asosiy fondalrning faol (aktiv) qismiga – mashinalar, uskunalar, o‘lchash, sozlash www.sies.uz Page 107 of 356 108 asboblari va qurilmalari, kompyuter va hisoblash texnikasi (kassa apparatlari), transport vositalari kabilar kiradi. Yuqorida keltirilgan tavsifni III, IV, V, VI, VII, VIII va IX bandlarida keltirilgan asosiy fondalr elementalrini kiritish mumkin. Passiv asosiy fondlarga savdo jarayonini amalga oshirishga shart-sharoit yaratadigan mehnat qurollari, ya’ni binolar, inshoatlar kiradi. Asosiy fondalrning xizmat qilish davri, ular qiymatini aylanish vaqti bilan belgilanadi. Asosiy fondalr – mulk shakliga, ishlab chiqarishga aloqasi, ammortizatsiyaga nisbatan, amortizatsiya normasiga binoan va soliqqa tortilishiga nisbatan tavsiflanadi. 1. Mulkka nisbatan – xususiy va arendalangan. 2. Ishlab chiqarishga qatnashishi bo‘yicha – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (savdoda ishlab chiqarishga – savdoga oldi-sotdiga taalluqli qurollar va noishlab chiqarishga – ma’muriy binolar, inshoatlar, jihozlar, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, shifoxonalar). 3. Amortizatsiyaga nisbatan – amortizatsiyalanuvchi va amortizatsiya qilinmaydigan. Oxirgisiga – ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondi, ko‘p yililk ekinlar, o‘rnatilmagan jihozlar, konservatsiya qilingan vositalar (O‘zRVM qarori asosida), to‘la amortizatsiyalangan vositalar. 4. Amortizatsiya normalariga qarab: 20 % - kompyuter texnikasi, uning zarur jihozlari; yengil avtomobillar, taksi, avtotraktor texnikasi, maxsus instrumentlar va zaruriyatlar (prinadlejnosti). 15 % - yuk avtomobillari, avtobus, maxsus avtomobillar va avto pritseplar, ishlab chiqarish mashinalari va jihozlari, ofis mebellari; 8 % - dengiz, temir yo‘l, havo transport vositalari, jihozlari, elektrodvigatellar, dizel generatorlar, truboprovodkalar, elektroperedachi va aloqa jihozlari; 5 % - bino, inshoatlar; 10 % - yuqoridagilarga kiritilmagan boshqa amortizatsiyalanuvchi asosiy fondlar. Asosiy fondlar baholanishi – boshlang‘ich qiymati, tiklanish qiymati, qoldiq www.sies.uz Page 108 of 356 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling