Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/94
Sana30.10.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1733983
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
АйМ
ТА
Кай
З
ТА
а
Кз
=
.
Bu yerda: TA- tovar aylanishi summasi, kvartalga yoki yilga) (chakana,
ulgurji, ommaviy ovqatlanish); 



АйМ
- o‘rtacha aylanma mablag‘lar summasi; 
З
- o‘rtacha tovar zahiralari summasi. 
2. O‘z aylanma mablag‘larini aylanish tezligi koeffitsiyenti (Ko‘.ay.) 
у
АйМ



=
ТА
Ку.ай.
Birinchi va ikkinchi banddagi ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larni bir 
tomondan biror-bir davrda ishlatilish holatini ko‘rsatadi, ikkinchi tomondan 
dinamik qatorda tahlil qilinsa ulardan foydalanish samarasini ham ifoda qiladi.
3. Aylanma mablag‘larni (yoki tovar zahiralarini) rentabelligi (yoki 
daromadliligi) (Ray.m) quyidagicha aniqlanadi.
;
)
(
100
.
;
)
(
100
.
З
ёки
АйМ
Д
м
Рай
З
ёки
АйМ
Ф
м
Рай







=

=
Tayanch iboralar: aylanma mablag‘lar, aylanma fondlar, aylanma kapital, 
www.sies.uz
Page 128 of 356 


129
aylanma kapital, aylanma aktivlar, omillar, ko‘rsatkichlar. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. Aylanma mablag‘lar mazmunini yoritib bering? 
2. Aylanma mablag‘lar asosiy fondlardan qanday farlanadi? 
3. Aylanma mablag‘lar qanday manbalar hisobidan shakllanadi? 
4. o‘jalik faoliyatida ishltilayotgan resurslar qanday tarzda bir shakldan boshqa 
shaklga o‘tadi? 
5. Aylanma mablag‘lar natural-moddiy tarkibiga nimalar kiradi? 
6. Aylanma mablag‘lar qiymati bo‘yicha qanday tasniflanadi? 
7. Aylanma mablag‘lari tarkibining qaysi biri normalashtiriladi? 
8. Aylanma mablag‘lar qaysi qismini rejalashtirish qiyin yoki mumkin 
bo‘lmaydi? 
9. Aylanma mablag‘lar xolati qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi? 
10. Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari šanday ko‘rsatkichlar oršali 
anišlanadi? 
11. Aylanma mablag‘lar tarkibini šanday ko‘rsatkichlar oršali hisoblanadi? 
12. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi šanday anišlanadi? 
13. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi šaday ko‘rsatkichlardan 
iborat? 
6.3. Savdo korxonalarining moliyaviy resurslari 
6.3.1. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari 
samaradorligini oshirishda ahamiyati 
www.sies.uz
Page 129 of 356 


130
6.3.2. Moliyaviy resurslarning manbalari 
6.3.3. Moliyaviy resurslarning ko‘rsatkichlari 
6.3.1. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari samaradorligini 
oshirishda ahamiyati 
Moliyaviy resurslar jamiyat xo‘jalik mexanizmida insonning qon 
tomirlari tizimi kabi, faol xizmat qiladi. Iqtisodiyotning qaysi jabhasini tahlil 
qilmang, moliya masalalariga duch kelamiz.
Moliya – bu pul tizimi bo‘lib, naqd pullar, pulga aylanishi mumkin bo‘lgan 
chet el valyutalari, banklardagi naqd pulsiz mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar 
majmuasidir.
Davlat, korxona, uy xo‘jaligi (oila xo‘jaligi) o‘rtasidagi pul aloqalari 
moliyaviy munosabatlarni tashkil qiladi. Lekin, moliya bu pulni o‘zi emas, u pul 
orqali faoliyat natijalarini, daromad va foydani taqsimlash va qayta taqsimlash 
bilan bog‘liq aloqalardir.
har bir davlatni o‘ziga xos moliyaviy tizimi mavjud. o‘zbekiston 
Respublikasining moliyaviy tizimi quyidagilardan tashkil topadi: 

davlat moliyasi. Bunga davlat byudjeti, mahalliy byudjet, qoaqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, kredit tizimi, soliq xizmati, davlat sug‘urtalash tizimi, 
nafaqa jamg‘armasi; 

xo‘jalik sub’ektlari moliyasi – korxonalar, tijorat banklari, birja tizimi, tijorat 
kreditlash va sug‘urtalash tizimi; 

jismoniy shaxslar moliyasi, ya’ni aholining shaxsiy mablag‘lari.
Xo‘jalik 
mexanizmini 
yuritish 
harakati 
moliya-kredit 
vositalari 
(tayanchlari), moliyaviy resurslarni o‘zgarishiga ko‘pdan bog‘liq. 
Pul, moliya va moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy kategoriyalarni farqlash 
zarur.
Pul-moliyani shakllanishi va harakatini moddiy asosini tashkil qiladi.
Pul-moliyaviy resurslar, moliya va xo‘jalik faoliyatni oxirgi natijalarini 
www.sies.uz
Page 130 of 356 


131
o‘lchaydi (daromad, harajatlar, aylanma mablag‘lar, maxsus pul fondalri va 
boshqalar).
Savdoning moliyasi – bu pul daromadlar va pul vositalari fondlarini 
shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (konkret 
holda pul) munosabatlaridir.
Moliyani mavjudligi tovar muomalasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki 
tovar muomalasi bir tomondan tovarlar massasini siljishi bilan parallel pul 
massasini siljishi bilan amalga oshadi.
Tovar massasi pul massasiga teng, ekvivalent bo‘lishi kerak.
Savdo korxonalari tovar ayriboshlashni amalga oshirish jarayonida 
tovarlarni sotib olgan qiymatini (ulgurji baho bilan) muomala va boshqa 
harajatlarini qoplaydi va foyda oladi.
Daromadni shakllanishida, ishlatilishida real pul vositalari aylanadi, 
korxonalarni pul fondlari shakllanadi (mehnat haqi fondi, kapital qo‘yish 
jamg‘armasi, davlat byudjetiga to‘lovlar, rezervlar va boshqa maxsus fondlar).
Pul munosabatlarida
– davlatning moliya-kredit tizimi bilan to‘lovlar orqali; 
- bank munosabatlari bilan kredit olish va qaytarish orqali; 
- savdo korxonalari o‘zaro va ularni iqtisodiyotni boshqa tarmoqlari bilan 
aloqalari, tovar-pul munosabatalri, ya’ni tovar oldi-sotdi, xizmat va boshqa 
shartnomaviy munosabatlar orqali; 
- ishchi-xodimlar bilan hisob-kitoblar (ish haqi, moddiy rag‘batlantirish va 
boshqa pul munosabatlari) orqali savdo korxonalarining moliyaviy faoliyati o‘z 
aksini topadi.
Shunday qilib, moliya butun pul munosabatlarini barcha jabhalarini qamrab 
olmaydi.
Moliya tushunchasiga tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari 
kirmaydi. Bu munosabatlar natijasida faqat aholiga sotilgan tovarlardan savdo 
korxonalariga qoladigan daromadlar moliyaviy resurslarga kiradi.
Shunday qilib, pul munosabatlari moliya tushunchasidan kengroq. 
www.sies.uz
Page 131 of 356 


132
Moliyaning mohiyati uning bajaradigan funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. 
Moliyaning funksiyalari quyidagilardan iborat: 

takror ishlab chiqarish – kapitalni takror aylanishini ta’minlash, moddiy va pul 
resurslarini muvofiqligini ta’minlash; 

tezkor (operatv) – savdo korxonalarini pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini 
aniqlash, ta’minlash, ishlatilishini tartibga solish; 

taqsimot – pul mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, taqsimlash; 

nazorat – pul mablag‘larini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini norma
normativlar, qonun-qoidalarga mos kelishini to‘xtovsiz tekshirib borish. 
Moliyaviy resurslarning manbalari 
Moliyaviy munosabatlarning moddiy ifodasi moliyaviy resurslarda o‘z 
ifodasini topadi. Xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy resurslari – bu ular ixtiyoridagi 
pul va unga tenglashtiriladigan daromadlar va tushumlardir. Ular xo‘jalik 
sub’ektlarini byudjet, banklar, sug‘urta va boshqalar oldidagi majburiyatlarini 
bajarish uchun ishlatiladi. Moliyaviy resurslar yuqoridagilar bilan bir qatorda 
faoliyatni kengaytirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun ham manba 
bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarni shakllantiruvchi manbasi sifatida xo‘jalik sub’ektlarini 
o‘z (xususiy) va har xil boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisoblanadi.
Umumiy ko‘rinishda xo‘jalik sub’ektlarini (tarmoqlar, sohalar mulk 
shaklidan qat’iy nazar) moliyaviy resurslarning manbalari sifatida quyidagi 
6.3.2.1-chizmada keltirilganlarni hisoblash mumkin.
Moliyaviy resurslar iqtisodiy yo‘naltirilishi nuqtai nazaridan quyidagicha 
tasniflanadi: 
1. Asosiy faoliyani ta’minlovchi. 
2. Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishini ta’minlovchi.
3. Aylanma mablag‘larni shakllanishini ta’minlovchi.
4. Kadrlar tayyorlash tadbirlarini ta’minlovchi.
www.sies.uz
Page 132 of 356 


133
5. Ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlovchi.
6. Ijtimoiy-maishiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishni ta’minlovchi. 
7. Moliyaviy ehtiyot zahiralashga. 
www.sies.uz
Page 133 of 356 


134 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling