Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Asosiy fondlarni tarkibidagi o‘zgarishlarni anglatuvchi ko‘rsatkichlar
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fondlarni ishlatilishining samaradorligi ko‘rsatkichlari
Asosiy fondlarni tarkibidagi o‘zgarishlarni anglatuvchi ko‘rsatkichlar
1. Asosiy fondlarni chiqish koeffitsiyenti (Kaf .ch ) АФ АФ К ч ч аф = . Bu yerda: «AFch» hisobot davrida chiqarilgan asosiy fondlar. 2. Asosiy fondlarning yangilash koeffitsiyenti (Kaf .ya ) АФ АФ К я я аф = . Bu yerda: «AFya» yangidan ishga tushirilgan asosiy fondlar. 3. Asosiy fondlarni eskirish koeffitsiyenti (Kaf .e ) АФ А К э аф = . Bu yerda: «A» amortizatsiya summasi. 4. Asosiy fondlarni yaroqlilik koeffitsiyenti (Kaf .ya ) э аф я аф К ёки АФ А АФ К . . 1 − = = − = Asosiy fondlarni dinamikasi va rivojlanish tendensiyalari ko‘rsatkichlari Ushbu ko‘rsatkichlar asosiy fondlarni yuqorida keltirilgan barcha ko‘rsatkichlari bir necha yillarga dinamik qatorlarga chizib, tahlil qilish orqali aniqlanadi. Bunda solishtirish, guruhlash orqali foiz va indekslarni ishlatish mumkin, natijada asosiy fondalrni rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi. www.sies.uz Page 114 of 356 115 Asosiy fondlarni ishlatilishining samaradorligi ko‘rsatkichlari Samaradorlik «Effekt» tushunchasini anglatadi. «Effekt» lotincha «effectus» so‘zidan kelib chiqib, bajarilish ,harakat, degan mazmunni bildiradi. Iqtisodiyotda «Harajatlar», «Resurslar», «Natija», «Samara» kabi tushunchalar ishlatiladi. «Harajatlar» va «Resurslar» bir-biri bilan dialektik bog‘liqlikda bo‘lib, ularni bir tomondan, umumiy o‘xshashlik tomonlari mavjud va ikkichi tomondan bir-biri bilan farqlari ham mavjud. o‘xshashligi resurslar ishlatiladi va «harajat» kategoriyasiga aylanadi. Farqi esa harajatlar hisobot davrida ishlatilgan (mahsulot ishlab chiqarish, ularni sotish uchun yoki xizmat uchun) resurslarni puldagi ifodasidir. Resurslar, ayniqsa asosiy fondlar, ishlab chiqarish, sotish, xizmat jarayonida uzoq muddatda va ko‘p marotaba qatnashadi. Bunday holda resurslarni bir qismi harajatlanadi va mahsulotga o‘z qiymatini qisman o‘tkazadi. Bunda resurslar harajati sifatida amortizatsiya summasi o‘z ifodasini topadi va harajatalr ishlatilgan resurslar qiymatiga teng bo‘ladi. «Samaradorlik» nisbiy me’yor bo‘lib, nisbiy ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Iqtisodiy samaradorlik – bu natija bilan harajatlarning solishtirma ko‘rsatkichidir. Resurslar samaradorligini aniqlashda ishlatilgan (harajat qilingan) resurslarni faoliyat natijasi (mahsulot, tovar sotish, xizmat), ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar aylanish hajmi, xizmat qiymati yoki daromad, foyda kabi ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Ushbu nuqtai nazardan ko‘pchilik iqtisodchilar asosiy fondlarni samaradorligini «Fondlarni qaytimi», «Fondlarni sig‘ima», «Fondlarni rentabelligi» kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashda tavsiya qilishadi. Amaliyotda ham asosan, ushbu ko‘rsatkichlar ishlatiladi. Ularni aniqlanish tartibi quyidagi 6.1.3.1-chizmada keltirilgan. 6.1.3.1-chizma. Asosiy fondlarni samaradorligi ko‘rsatkichlari www.sies.uz Page 115 of 356 116 № Ko‘rsatkichlarning nomi Ko‘rsatkichning mazmuni Ko‘rsatkichni hisoblash usuli (formulasi) 1 Asosiy fondni qaytimi (AFq) 1 so‘m asosiy fondga qancha tovar aylanishi (chakana, ulgurji, ommaviy ovqatlanishni) to‘g‘ri kelishini anglatadi (TA) АФ ТА АФ к = 2. Asosiy fondlar sig‘imi (AFs) Asosiy fondlarni qaytimini teskarisi, ya’ni 1 so‘m tovar aylanishiga qancha asosiy fond to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. ТА АФ АФ с = 3. Asosiy fondlar rentabelligi, % (AFr) hisobida Asosiy fondlarning 1 so‘miga necha foiz foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi АФ Фх АФ р 100 = Asosiy fondlar rentabelligi ko‘rsatkichi bilan bir qatorda «Asosiy fondlar daromadligi» ko‘rsatkichi ham aniqlanishi mumkin. Bu holda «Foyda» o‘rniga «Daromad» summasi ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar korxonaning barcha, mavjud asosiy fondlarini samarasini anglatadi. Aslida esa fondlarning bir qismi ishlatiladi. Biz yuqorida keltirilgan «Samaradorlik» tushunchasidan, ya’ni sarflangan (ishlatilgan), iste’mol qilingan asosiy fondlarni samarasidan kelib chiqsak, asosiy fondlarning barcha summasini emas, uning sarflangan (ishlatilgan) iste’mol qilingan qismini ishlatilsa, haqiqatga yaqinroq ko‘rsatkich aniqlangan bo‘ladi. Asosiy fondlarning sarflangan qismi uning «amortizatsiyasi»da o‘z aksini topadi va shu sababli «Asosiy fondlar» o‘rniga «amortizatsiya» (A) summasini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. www.sies.uz Page 116 of 356 117 Iste’mol qilingan asosiy fondlarni qaytimi (AFi .q ) quyidagicha aniqlanadi: А ТА АФ к и = . Asosiy fondlar sig‘imi esa (AFi .s ) quyidagicha aniqlanadi: АТ А АФ с и = . Asosiy fondlar rentabelliligi (AFi .r ): А Фх АФ р и 100 . = Asosiy fondlar samaradorligini tahlil qilishda yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan birga quyidagilarni ham ishlatishni tavsiya qilamiz. Chakana savdoda chakana savdo shaxobchalari savdo maydonini ishlatilish koeffitsiyenti (K s ) c s S ЧТА К = Ushbu ko‘rsatkich 1 kv.m savdo maydoniga qancha chakana tovar aylanishi to‘g‘ri kelishini anglatadi. Ulgurji savdoda omborlar maydoni va ulgurji ombor tovar aylanishi ishlatiladi. Xuddi shunday chakana tovar aylanishi (ulgurji ombor tovar aylanishi) ko‘rsatkichlar o‘rniga foyda «F» ishlatilsa, maydonlarni rentabelligi aniqlanadi. Tayanch iboralar: resurs, yer, kapital, mehnat, moddiy resurslar, nomoddiy aktivlar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, asosiy fondlar, amartizatsiya, boshlang‘ich qiymat, tiklash qiymati, qoldiq qiymat, samaradorlik, samara. Takrorlash uchun savollar. 1. Resurs deganda nimani tushunasiz? 2. Resurslar qanday turlarga bo‘linadi? 3. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat bo‘ladi? www.sies.uz Page 117 of 356 118 4. Tabiiy resuslarga nimalar kiradi? 5. Asosiy fondlar deganda nimani tushunasiz? 6. Asosiy fondlar tarkibini ayting? 7. Asosiy fondlar tasnifini ayting? 8. Asosiy fondlar qanday baholanadi? 9. Amartizatsiya nima, qanday aniqlanadi? 10. Asosiy fondlar ko‘rsatkichlar qanday guruhlarga bo‘linadi? 11. qanday ko‘rsatkichlar asossiy fondlar holatini anglatadi? 12. Asosiy fondlar bilan savdo korxonalari ta’minlanganlik darajasi qanday aniqlanadi? 13. Asosiy fondlar tarkibi qanday ko‘rsatkichlar orqali hisob-kitob qilinadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling