Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/94
Sana30.10.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1733983
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
Baholarning turlari
Baholarning 
turlanish 
alomatlari 
Bahoning turlari 
 
Izoh 



1. Savdoning 
bo‘g‘inlari yoki 
sohalari 
bo‘yicha 
1.1. Ulgurji 
baholar 
1.1. Ulgurji baholar ulgurji savdoda, ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasida, savdo korxonalari 
va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, savdo 
korxonalari o‘rtasida, savdo birjalarida 
ishlatiladi.
1.2. 
Chakana 
baholar 
1.2. 
Chakana 
savdo 
va 
ommaviy 
ovqatlanish shaxobchalari orqali individual, 
iste’molchi oilalarga va ayrim hollarda 
www.sies.uz
Page 163 of 356 


164
korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarga 
xo‘jalik yuritish ehtiyojlari uchun iste’mol 
tovarlari sotilganda 
1.3. 
Harid 
baholari 
1.3. Davlat tomonidan aholidan, dehqon va 
fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini sotib olishda ishlatiladi.
II. 
Xizmat 
sohasi bo‘yicha 
2.1. 
Tarif 
(Xizmatlar 
bahosi) 
2.1. 
Taraflar 
kommunal 
maishiy 
xizmatlarga to‘lov miqdorini belgilaydi. 
Masalan: telefon, gaz, elektroenergiya, suv 
va oqova kabilar.
III. 
Tartibga 
solinish 
tartibi 
va 
darajasi 
bo‘yicha 
3.1. Erkin baholar 3.1. Erkin baholarga davlat organlari 
aralashmaydi, ular bozor kon’yukturasi, 
talab va taklif miqdoridan kelib chiqib 
bozorda 
shakllanadi. 
Bunda 
ishlab 
chiqaruvchini yoki tovarni sotuvchilarining 
«kalkulyatsion bahosi» bilan aholining, 
iste’molchining 
«sotib 
olish 
bahosi» 
solishtirilib tovarning «bozor bahosi» 
kelishiladi va ishga tushadi. Erkin baholar 
ulgurji, chakana va harid baholarga tegishli.
3.2. 
Kelishilgan 
(shartnomaviy) 
baholar 
3.2. Bu baholar miqdori shartnomalarda 
(oldi-sotdi sotuvchi va sotib oluvchi 
o‘rtasida hujjat bilan) belgilanadi.
3.3. 
Tartibga 
solinuvchi 
baholar 
3.3. 
Bular 
miqdori 
davlat 
organlari 
tomonidan tartibga solinadi. Talab va 
taklifni muvofiqlashtirish uchun bunday 
baholar soliqlar miqdorini o‘zgartirish 
www.sies.uz
Page 164 of 356 


165
orqali 
qimmatlashtirish 
yoki 
arzonlashtirishga yo‘naltiriladi. Tartibga 
solinadigan baholar belgilash mexanizmi 
bilvosita bo‘ladi. Ayrim hollarda bunday 
tovarlarga baholarni yuqori yoki pastki 
miqdori belgilanadi. Ayrim tovarlarga 
rentabellik darajasi chegaralanadi.
3.4. 
Tasdiq-
lanadigan baholar 
(davlat baholari) 
3.4. 
Tasdiqlanadigan 
baholar 
davlat 
organlari tomonidan belgilnadi va ularni 
sotuvchi yoki sotib oluvchi o‘zgartirish 
huquqiga ega bo‘lmaydi.
3.5. 
Monopol 
baholar 
3.5. Monopol baholar ishlab chiqaruvchi 
yokit sotuvchi tomonidan tovalarni sotishda 
hamda sotib oluvchi (ishlab chiqaruvchi) 
tomonidan xom ashyolarni sotib olishda 
ishlatiladi.
4.1. 
Іaqiqiy 
baholar 
4.1. Bozorda shakllangan baholarning 
haqiqiy miqdori. Bu ko‘rsatkich yuqorida 
keltirilgan barcha baho turlariga tegishli.
IV. 
Iqtisodiy 
analizda, 
rejalash-tirishda, 
statistikada, 
loyihalash-
tirishda 
4.2. 
Solishtirma 
baholar 
4.2. 
O‘tgan 
yillarga 
nisbatan 
baho 
indekslari 
orqali 
solishtirma 
baholar 
aniqlanadi.
www.sies.uz
Page 165 of 356 


166
ishlatilishi 
bo‘yicha. 
Bu 
ko‘rsatkich 
baholarni 
o‘zgarib turishi 
bilan bog‘liq. 
4.3. Loyiha yoki 
limitlangan 
baholar 
4.3. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish 
loyihasini tuzishda aniqlanadigan baholar. 
Bular taxminan aniqlanadi.
V. 
Bozorlarni 
turlariga qarab 
5.1. Birja baholari 
5.1. Birja savdosida belgilanadi.
5.2. 
Auksion 
baholar 
5.2. Tovarlarni auksiya orqali sotishda 
aniqlanadi.
5.3. 
Komission 
baholar 
5.3. Foydalanilgan tovarlarni komission 
savdo orqali sotishda belgilanadi.
5.4. 
Dehqon 
bozori baholari 
Єishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dehqon 
bozorlarida sotishda belglanadi. Bunday 
baholar erkin baholar tarkibiga kiradi.
5.5. 
Jahon 
baholari 
5.6. Jahon bozorlariga taaluqli bo‘lib, ular 
erkin valyutalarda belgilanadi.
7.4. Bahoga ta’sir qiluvchi omillar 
Iste’mol tovarlari bahosiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Uning natijasida 
ishlab chiqaruvchilar, ayriboshlash (savdo) korxonalari ortiqcha foyda olishi yoki 
zarar ko‘rishlari mumkin.
Bahoga ta’sir qiluvchi omillarni umumlashtirib ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Ob’ektiv shart-sharoit, hodisalar, jarayonlar; 
2. Sub’ektiv omillar. Ular inson, tadbirkorlik omili bilan bog‘liq bo‘lib, ularni 
xulq-atvori, vijdoni, umuminsoniylik fazilatlariga bog‘liq. Masalan: 
ko‘zbo‘yamachilik, qalloblik, chayqovchilik va h.k.
www.sies.uz
Page 166 of 356 


167
Ob’ektiv omillar: 

iqtisodiy – davlatning iqtisodiy rivojlanishi, difitsit, inflyatsiya, xom ashyo va 
materiallarga tariflar, soliqlar, bank foizlari, bojlar, milliy daromad va uni 
taqsimlanishi iste’mol va jamg‘armaga va h.k.; 

siyosiy – siyosiy barqarorlik, davlatning iqtisodiy, moliyaviy, fiksal siyosatini 
o‘zgarishi, tashqi iqtisodiy siyosat, proteksionizm va h.k.; 

tabiiy – geografik, davlatni geografik joylashishi, tabiiy shart-sharoiti, mavsumiy 
ishlab chiqarishni davlatlar ichida joylashishi, ixtisoslashishi, tabiiy, yer osti 
boyliklari, o‘rmon, transport yo‘llarini rivojlanish darajasi va h.k.; 

raqobat – bahoni shakllanishiga bozor kon’yukturasi orqali ta’sir qiluvchi 
omillar; 

talab va taklif; 

monopoliya, uni vujudga kelishi, monopol baholarni shakllantiradi.
7.5. Bahoni aniqlashni metodologik masalalari (baholashtirish) 
Iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotda baho kategoriyasini ta’riflari va uni 
shakllanish to‘g‘risidagi masalalarni yoritishda (baho nazariyasini takomillashtirish va 
amaliyotga yaqinlashtirish) bizning fikrimizcha, allaqancha tushunmovchiliklar 
mavjud.
Baho bozor iqtisodiyotidagi eng murakkab tarixiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Shu sababli bahoni shakllanish metodologiyasini zaruriy jihatdan asoslanishi 
takror ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining faoliyati samaradorligi uchun 
muhimdir.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda baho kategoriyasiga, uni shakllanish 
masalalariga yuzaki qarash, baho taklif va talab miqdoriga qarab («Taklif-baho-talab» 
sxemasida) erkin shakllanish g‘oyasi olg‘a surilib kelinmoqda.
Bunda bahoni shakllanishi va uni tartibga solishda davlat organlarining roli 
e’tiborga olinmayapti.
Vaholanki, birinchidan bahoni shakllanishida ishlab chiqarish, sotish 
www.sies.uz
Page 167 of 356 


168
harajatlari, davlat byudjeti daromadini ko‘p qismi, korxonalar daromadi kabi 
elementar asosiy qismini egallaydi.
Ikkinchidan, davlat tomonidan baholar ma’muriy usullar orqali tartibga 
solinadi.
Albatta taklif, baho va talab bozorning asosiy elementlari bo‘lib, ularni raqobat 
sharoiti, bozor omili harakatga keltiradi. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi 
barcha qoidalar, tartibga solish usullari, shart-sharoitlar bahoning shakllanishiga ta’sir 
qiluvchi omillar hisoblanadi.
Jamiyatdagi mavjud moddiy borliqni ikki xil turga bo‘lib o‘rganish zarur, ya’ni 
insoniyatga keraklikligi, foydaliligi, zarurligi bilan baholanuvchi va ishlab chiqarish, 
sotish harajatlari bilan baholanuvchilarga.
Birinchi guruhga noyob, kam miqdordagi tovarlar kirib, ular insoniyatga 
kerakli, foydaliligi, zarurlikligi belgilari bilan baholanishi mumkin.
Ularni bahosi xom ashyo sotib olish, ishlab chiqarish, sotish uchun 
harajatlangan ijtimoiy-zaruriy mehnat qiymati bilan emas, ularni iste’molchilarga 
zaruriyligi bilan aniqlanib, sotish bahosi ishlab chiqarish va sotish harajatlaridan 
keskin farq qiladi, bahoni yuqoriligi bilan farqlanadi.
Moddiy boylikning ikkinchi qismi (eng ko‘p qismi), inson mehnati mahsuli 
bo‘lib, ular inson mehnati natijasida yaratiladi va ularning bahosi ishlab chiqarish, 
sotish harajatlari ushbu jarayonda ishtirok etuvchi sub’ektlarni daromadlari, jamiyatga 
zarur harajatlar yig‘indisi doirasida boshqa ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri 
natijasida shakllanadi.
Ushbu mahsulotlar yuqorida keltirilgan miqdordan kam baholansa ishlab 
chiqaruvchi inqirozga uchraydi, davlatga ham foyda keltirmaydi.
Yuqorida keltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy haqiqat baho kategoriyasini nazariy 
tahlil qilish, uni miqdorini aniqlash kabi masalalarni hal qilish metodologiyasi asosini 
tashkil qilish zarur.
Yuqorida keltirilgan holat jamiyatni rivojlanishida, tovar ayriboshlash jarayoni 
www.sies.uz
Page 168 of 356 


169
paydo bo‘lgan muhitdan tortib, farmatsiyalar, tizimlar (bozor iqtisodiyotimi, 
diktaturami, ma’muriy-buyruqbozlikmi) shaklidan qat’iy nazar barchasiga taaluqli 
bo‘lib kelgan.
Tovarning iste’mol qiymati va qiymat bor yoki ushbu xususiyatlarga ega 
bo‘lgan narsa tovar deb yuritiladi.
Tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy-zaruriy mehnat miqdori bilan 
belgilanadi.
Bozorning daxshatli raqobat shart-sharoitida korxonalarning samarali ishlash 
uchun baholarni belgilashning usullarini aniqlash, marketingda oqilona baho siyosati 
va uni ketma-ket amalga joriy qilish asosiy zaruriyat bo‘lib hisoblanadi.
Talab va taklif, raqobat kabi omillar bozorda to‘qnashadigan «sotuvchi bahosi» 
bir tomondan va ikkinchi tomondan «iste’molchi (sotib oluvchi) bahosini» 
tanglashtirishga, muvofiqlashtirishga olib keluvchilardan hisoblanib, ular ta’siri 
natijasida «bozor bahosi» shakllanadi, ya’ni: nazariy va amaliy nuqtai nazaridan 
«bozor bahosi» «erkin baho» sifatida namoyon bo‘ladi.
Iste’molchilar mana shu bahoni ko‘radilar. Lekin, ushbu «erkin bahoni» asosida 
bahoni shakllantirish mexanizmi (iste’molchilar bu jarayonni sezmaydi ham
ko‘rmaydi ham) – sotuvchini bahosi – ishlab chiqarish, sotish harajati, daromadi, 
davlat daromadi asosida shakllanadigan va iste’molchi bahosi asosida – uni sotib olish 
qobiliyati yotibdi.
Metodologik nuqtai nazaridan, me’yoriy o‘lchov miqdoriga ega bo‘lgan, 
statistika, buxgalteriya hisoblari orqali hisob-kitob qilinishi mumkin bo‘lgan 
(korxonalar; firmalar, ularning birlashmalari, davlat organlari uchun zarur bo‘lgan) 
tovar ishlab chiqaruvchining bahosini, ya’ni «tovarlarni ulgurji kolkulyatsion 
bahosini» hisoblash usulini o‘zbekiston Respubilkasida qabul qilingan me’yoriy 
hujjatlar asosida ishlab chiqish katta nazariy va amaliy ahamiyati tutadi.
Bahoni «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni tartibi to‘g‘risidagi» o‘zbekiston Respublikasi 
www.sies.uz
Page 169 of 356 


170
Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizomga 
binoan tannarx, davr harajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar, favqulotda 
zararlar, foyda kabi qiymat kategoriyalaridan foydalanish mumkin.
Ishlab chiqaruvchi va sotuvchini bahosini aniqlashda bahoni shakllantiruvchi 
ishlab chiqarish va sotuvchi harajatlari, ularni daromadi, davlat daromadalri bilan 
bog‘liq bo‘lgan bahoni elementlaridan kelib chiqish zarur. Yuqorida keltirilgan 
nizomdan kelib chiqib, quyidagilar bahoni elementalriga kiradi: 
1. Ishlab chiqarish tannarxi – IT 
2. Ishlab chiqarish korxonalarining davr harajatlari – Dx
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar – Mfx 
4. Favqulotda zararlar – FZ 
5. Korxonaning sof foydasi – SF 
6. Savdo korxonalari ustamalari – SKU 
7. Aksiz solig‘i – Az 
8. Bojxona boji – BB 
9. Bojxona to‘lovlari – BT 
10. qo‘shimcha qiymat solig‘i - ЄЄS 
Agar yalpi foyda hisobidan Dx, Mfx va FZ qoplanishini hisobga olinsa 
umumlashtirilgan 
holda 
bahoni 
elementlariga 
quyidagilarni 
kiritish 
bilan 
chegaralanish mumkin: 
1. Ishlab chiqarish tannarxi – IT 
2. Yalpi foyda YAF 
3. Savdo korxonalari ustamalari – SKU 
4. Aksiz solig‘i – Az 
5. Bojxona boji – BB 
6. Bojxona to‘lovlari – BT 
7. Єo‘shimcha qiymatlar solig‘i - ЄЄS
Ushbu elementlardan kelib chiqib korxonani sof foydasini va tovarni ulgurji va 
www.sies.uz
Page 170 of 356 


171
chakana kolkulyatsion (korxona uchun va chakana savdo shaxobchalari uchun) 
baholarini hisoblash mumkin.
1. Yalpi foyda YAF = SOST – IT;
Bu yerda: SOST – sotishdan olingan sof tushum; 
2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling