Ichki sekretsiya bezlari


Qalqonsimon, qalqonsimon bez oldi va ayrisimon bezlar


Download 184.01 Kb.
bet4/6
Sana26.10.2023
Hajmi184.01 Kb.
#1722867
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ichki sekret (1)

Qalqonsimon, qalqonsimon bez oldi va ayrisimon bezlarQalqonsimon bez. Bu bez bo'yinning oldingi qismida joylash¬gan bo'lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kat¬talarda 25-30 g gacha bo'ladi (4- rasm). Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Tiroksinning 65% dan ko'prog'i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida muhim rol o'ynaydi. U yurak ishining gumoral yo'l bilan boshqari¬lishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o'sishi va rivojlanishida, nerv sistemasi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez funksiyasining susayishi gipotireoz deb ata¬ladi. U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og'ir kasallikka sabab bo'ladi. Gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug'ilgandan keyin turli yosWarda va, hatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Bunday odamda terining quruqlashganligi, ich qotishi, hatto issiq vaqtda ham sovqotish, doimo bo'shashganlik, kunduzlari ham uyqusirash kabi belgilarni aniqlash mumkin. Kasallikning og'ir ko'rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya'ni esda saqlash, o'zlashtirish qobiliyati pasayadi. Bolalar va kattalarda kasallikning yuqorida qayd etilgan belgi¬lari sezilsa, endokrinolog shifokorga murojaat etish zarur. Endemik buqoq. Ba'zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo 'Iadi. Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o'rtasida endemik buqoq ko'p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, bo'yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo'ladi.

Qizlar balog'atga yetishi davrida (12-15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz holatining yengil ko'rinishlari yuzaga kelishi murnkin, ya'ni tez jaW chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi, terlash, ayniqsa, qo'l kaftining ko'p terlashi va hokazo. Bunday vaqtda ko'proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamay¬tirish tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o'tib ketadi. Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez to'rtta bo'lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ulaming umumiy og'irligi 10-12 mg ni tashkil qiladi. Qalqonsimon bez oldi bezidan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqaril¬sa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to'kiladi, suyaklar yumshab, egiluv¬chan, mo'rt bo'lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (Ietaniya) holati yuzaga keladi. Qalqonsimon bez oldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgor¬mon ish lab chiqarilishi ko'paysa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo'shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi. Ayrisimon bez. Bu bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish dav¬rigacha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va II yog' moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning og'irligi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo'ladi.


Download 184.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling