Ichki sekretsiya bezlari
Download 80 Kb.
|
7. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATI VA ENDOKIRIN KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Buyrak usti, meda osti va jinsiy bezlar.
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATI VA ENDOKIRIN KASALLIKLAR Reja:
1. Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezlari haqIda umumiy tushuncha. 2. Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati. 3. Gipofiz va epifiz bezlari. 4. Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bezlar. 5. Buyrak usti, me'da osti va jinsiy bezlar. Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha. Odam organizmida uch xil bez bo‘ladi: 1. Tashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‘, sut, so‘lak (quloq oldi, til osti va jag‘ osti), ko‘z yosh hamda me'da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizm bo‘shliqlariga yoki tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi. Jigar ham eng katta tashqi sekretsiya bez hisoblanadi, ya'ni unda ishlab chiqariladigan o‘t suyuqligi o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi. 2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga o‘tadi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. 3. Aralash bezlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismida ishlab chinariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o‘xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga o‘tadi. Bularga me'da osti va jinsiy bezlar kiradi. Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati. Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon deb ataladi. Bezlarda ishlab chiqariladigan gormon bevosita bezning to‘qimasidan o‘tayotgan qon va limfaga quyiladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar nihoyatda oz miqdorda, ya'ni grammning milliard qismiga teng. Ammo shunga qaramay, ular odam organizmidagi barcha moddalar almashinuvi jarayonlarida, to‘qima va a'zolar funksiyasining boshqarilishida, bolalar hamda o‘smirlar organizmining o‘sishi va rivojlanvshida, ular balog‘atga yetishida, odam nasl qoldirishida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo‘shilgan holda organizmning endokrin tizimini tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shuning uchun odam organizmining endokrin tizimini orkestrga o‘xshatish mumkin, ya'ni har qaysi bezning ish faoliyati boshqa bezlarning funksiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu bog‘liqlikni gipofiz bezi boshqaradi, ya'ni uni "orkestr"ning dirijyoriga o‘xshatish mumkin. Gipofiz va epifiz bezlari. Gipofiz bezi. Bu no‘xatsimon, massasi 0, 5 - 0, 6 g ga teng bo‘lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo‘lakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa bo‘laklar. Gipofizning oldingi bo‘lagidan olti xil: somatotrop, adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi. Somatotrop gormoni (STG) bolalar va o‘smirlarning o‘sishni, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko‘ra bolalar va o‘smirlarda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘y normadan ortiq o‘sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odamni gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo‘yiga o‘sish sekinlashadi, bunday holga nanizm deb ataladi. Bunday bo‘yi past odamlar gipofizar pakana deb ataladi. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham aqliy faoliyati normal bo‘ladi. Bo‘y o‘sishi to‘xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo‘ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo‘l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi. Adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormonlarni ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan ajraladigan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormoni erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o‘smirlarda esa balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Laktotrop g‘ormoni ayollarda sut bezlarining funksiyasini boshqaradi. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo‘lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo‘lishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo‘lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug‘ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5 - 99 % i qonga qayta so‘rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo‘lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so‘rilnsh jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo‘ladi. Bu kasallikda odam ko‘p suv iste'mol qiladi va ko‘p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko‘p). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo‘lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya'ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Epifiz bezi. Epifiz bosh miyaning asosida o‘rta miya sohasida joylashgan bo‘lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi.Bu gormon gipofizning oraliq bo‘lagadan ajraladigan intermedin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, epifizdan ajraladigan gormon gipofizning gonadotrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish jarayonini susaytiradi. Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog‘atga yetish davri oldidan butunlay to‘xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa. Gipofizning gonadotrop funksiyasa kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish belgilari pavdo bo‘ladi. Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bezlar. Qalqonsimon bez. Bu bez bo‘yinning oldingi qismida joylashgan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25-30 g gacha bo‘ladi. Qalqonsimon bezda tiroksin gormoni ishlab chvqariladi. Tiroksinning 65 % dan ko‘prog‘i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. U yurak ishining gumoral yo‘l bilav boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o‘sishi va rivojlanishida, nerv tizimi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega. Qalqoshimon bez funksiyasining susayishi gipotireoz deb ataladi. U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og‘ir kasallikka sabab bo‘ladi. Gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug‘ilgandan keyin turli yoshlarda va xatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Bunday odamda terining quruqlashganligi, ich qotishi, xatto issiq vaqtda ham sovqotish, doimo bo‘shashganlik, kunduzlari uyqusirash kabi belgilarni aniqlash mumkin. Kasallikning og‘ir ko‘rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya'ni esda saqlash, o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi. Bolalar va kattalarda kasallikning yuqorida qayd etilgan belgilari sezilsa, endokrinolog shifokorga murojaat etish zarur. Tayanch so’zlar: endokrin, gormon, neyrogumoral, bronxogen, neyrogen, xromofin, follikula, timus, neyrogepo fyz voz opressin oksituin gipofuz epifuz mezoderma ektodyorma lingergans moyak tuxumdon. Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lib ximiyaviy aktiv moddalar ishlab chiqariladi. Bu modda gormon deyiladi. Garmon bezning to’qimasidan qon va limfaga qo’yiladi, hamda butun organizmga tarqalib nerv sistemasi va barcha to’qima organlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Yuksak darajada rivojlangan hayvonlar va odam organizmining faoliyati neyro-gumoral yul bilan boshqariladi. Odam organizmida uch xil bez bo’ladi. Tashqi sekretsiya bezlari. Bularga teridagi ter, yog’, sut, so’lak, hamda oshqozon va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chikarilgan orgakizmning ichki muhitga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Ichki sekretsiya bezlariga giporiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayirsimon, buyrak usti bezlari kiradi. 3. Aralash bezlar. Bularning to’qimasi ikki qismdan iborat bir qismidan ishlab chiqilgan maxsulot tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismdan ishlab chiqarilgan garmon qon.va limfaga quyiladi. Garmonlar organlarninng funktsiyasiga o’sish va rivojlanishiga ta’sir etadi. Barcha ichki sekretsiya juda ko’p vegetativ nerv sistemasining tolalari bilan ta’minlangan. Bezlar funktsiyasining nerv sistemasi boshqaradi. Bezlar ishlab chiqarilgan garmonlar nerv uchlari va markazlariga ta’sir etadi. Ichki sekretsiya bezlarning kelib chiqishiga ko’ra broxiogen neyrogen, xromofin bezlari bo’linadi. Bronxogen bezlar embrion rivojlanishda bosh ichakning jabra qoldiqlaridan rivojdanadi. Bularga qalqonsimon bez qalqon oldi va ayrisimon bez gipofizning oldingi bo’lagr! kiradi. Xromofin bezlar vegetativ nerv sistemasidan hosil bo’ladi. Bularga buyrak usti va tugui oldi (paragengliy) bezlar kiradi. Neyrogen bezlar oraliq miyaning devoridan hosil bo’ladi. Bularga gipofizning orqa qismi epifiz bezlari kiradi. Kalqonsimon bez yumshoq toq organ bo’lib 25-30 g. U o’ng va chap bo’laklardan iborat. Bu bez trfiya bilan xiqildoqni old va yon tomonlardan o’rab turadi. Bolalarda bu bez kattalarga nisbatan yuqoriroqda joylashgan. Qalqonsimon bez mayda bo’laklardan tashkil topgan bo’lib, har bir bo’lagi mikroskopik pufakchalardan foldikulalardan tuzilgan. Qalqon oldi bezlari. Ichki sekrentsiya bezlarining eng kichigi bo’lib, vazni 0,5g. Qalqonsimon bezning o’ng va chap bo’laklarining orqa tomonidan bir juftdan joylashadi. Bu bezlar paratireoidin garmon ishlab chiqaradi. Bu garmon suyak va tishlarning o’sishiga ta’sir qiladi va organizmda kaltsiy almashinuviga yordam beradi. Ayrisimon bez to’shning orqasida perikard va yirik tomirdan yuqorida joylashgan bo’lib, o’ng va chap bo’laklardan tuzilgan yumshoq biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Yangi tug’ilgan bolada bezning vazni 13g, 5 yoshda 23 g, 11-15 yoshda 37,5 gg 16-20 yoshda 25,5. g, 36-45 yoshda 16 g, 46-55 yoshda 12 g bo’ladi. Ayrisimon bez mag’iz va po’stloq qavatlardan tuzilgan. Po’stloq qavatida limfotsitlar ko’p. Ayrisimon bez bolaning balog’at yoshigacha morfologik funktsional jixatdan rivojlanib borib, baloratga etgandan so’ng asta-sekin qayta rivojlaiadi, ya’ni vazni. kamayib funktsiyasi asta sekin yo’qolib boradi. Gipofiz bezi miya asosida turk egarida joylashgan bo’lib vazni 0.5-0.7 g. Bu bez toq bo’lib orqa oraliq va oldingi bo’laklarga bo’linadi. Orqa bo’lagi yoki neyrogipofizdan vozopressin garmoni ishlab chiqiladi u silliq t;rlali muskulni (bachadon) qisqartiradi. Oksitotsin qon bosimini ko’taradi, siydik ajralishini kamaytiradi. Oldingi bo’lagidan yoki adinagipofizdan bir necha xil garmon ishlab chiqiladi. O’sish garmoni, sut ajralishiga ta’sir etuvchi, jinsiy bezlarning rivojlanishiga ta’sir 3tuvchi. Ayrim garmonlar qalqonsimon, qalqon oldi, buyrak usti bezlari sekretsiyasini ham kuchaytiradi. Gipofiz garyonlari organizimda oqsillar, yog’lar uglevodlar almashinuvini boshqaradi. O’rta bo’lagidan ishlab chiqilgan garmon teridapiggent hosil bo’lishini boshqaradi. Epifiz, ya’ni g’urrasimon bez kichik toq organ bo’lib, vazni 0.2g keladi. U to’rt tepalikning ustida joylashgan. Bu bez kichik yoshdagi bolalarda yaxshi rivojlangan bo’ladi. 7 yoshdan boshlab, uning hujayralari biriktiruvchi to’qima bilan almashina boshlaydi. Epifizning garmoni aniqlanmagan. U jinsiy bezlarning rivojlanishini tormozlasa kerak. Buyrak usti bezlari sarg’ish rangli bir juft yassi organ bo’lib, vazni 7-10 g, uzunligi 5 sm keladi. U buyrakning yuqorisida joylashgan. Ularni buyrak fastsiyasi o’rab turadi. Buyrak usti bezlari po’stlok; va magiz qavatlardan tuzilgan. Po’stloq qavati embrion rivojlanishida mezodermadan, mag’iz qavati ektodermadan hosil bo’ladi. Po’stloq qavat 10-12 yoshda to’liq shakllanadi. Po’stloq qavat ishlab chiqargan garmon kortikosteron deyiladi (suv va tuz almashinuvini idora etadi). Yurak bo’lmalarida ikki qavat muskullar tafovut qilinadi: yuza qavati-tsirqo’lyar qavat ikkala bo’lma uchun umumiy qavat hisobXanadi, chuqur qavati-uzunasiga ketgan qavat har bir bo’lma uchun alohida bo’ladi. Qorinchalarda uch qavat: yuza qavat, uzunasiga ketgan ichki qavat (ular ikkala. Qorincha uchun umumiy qavatlar hisoblanadi) va tsirqo’lyar o’rta qavat (har bir qorincha alohida bo’ladi) tafovut qilinadi. NERV SISTEMASI. Tayanch so’zlar: neyron, impuls, dendrit, akson, Qonus, segmenti, psevdounipolyar shakldagi sezuvchi nerv hujayralaridir yoki orqa miya tugunidir, periferik, qo’lrang va oq modda, mielin pardasi, sinaps, mediator, ko’prikcha,markaziy kanal, multipolyar harakatlan-tiruvchi hujayra, vegetativ, simpatik, parasimpatik nerv, kiritma neyronlari, funktsional, tashqi, tur va tomirli parda, chigal, o’rgimchak uyasimon pardaning orasida subdural kamgak joylashgan, subaraxnoidal kamgak unda suyuqlik mavjud; aralash nerv, lateral, medial, tutami, surgichsimon o’siq, noksimon g usqo’l, chanoq va dumba sohasi, gumbaz, stvoli, piramida, surgichsimon tana, gipofiz, qo’lrang do’mboq, ko’ruv traktlari, miya oyoqchalari, Varoley ko’prigi, rombsimon chuqurcha, olivalar, retiqo’lyar formatsiya., dorsal, yarim sharlar, silviy suv yo’li, qopqog’i, g’ilofi, qora va qizil yadro va retiqo’lyar formatsiya yadrolari, ko’ruv do’mbog’i, do’mboq, osti va ustki sohasi, gipotalamus, qadoqsimon tana, plashch, efferent, sekreter tolalar, afferent, somatik, effektor, posttanglionar. Nerv sistemasi barcha organlarning va sistemalarning faoliyatini boshqaradi va organizmning tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini yuzaga chiqaradi. Nerv sistemasining asosiy funktsional birligi nerv hujayrasi (neyron)dir. Nerv hujayralari nerv qo’zgalishi-nerv impulsini o’tkazadi. Nerv qo’zgalishi dendritdan nerv hujayrasining tanasiga o’tadi. Akson orqali esa navbatdagi neyronga yoki ishlovchi organga o’tkaziladi. Bunda organizm bir nechta neyron bilan ta’sirotini sezadi va unga javob qaytaradi. Orqa miya nervlari: orqa miyadan 31 juft nerz chiqadi. Har bir orqa miyadan orqadagi yldizli-sezuvchi va olding.i harakatlantiruvchi ildizlaridai chiqadigan nerv qo’shilib aralash nervini hosil qiladm. Bu nervlar umurtqaaro teshikdan chiqib oldingi va orqadagi tarmoqlarga bo’linadi, va aralash nerv tarmoqlari hisoblanadi. Harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalardan tashqari qo’shuvchi tarmoqlar va parda tarmog’i chiqali. Qo’shuvchi tarmoqlar orqa miyadan sezuvchi tolalar ichida simpatik nerv tolasi miya stvolkga o’tsa, boshqasidan chegara simpatik stvoldan orqa miya nervlariga simpatik tolalar o’tadi. Orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlari ikkita chigal: bo’yin va elka chigallarini hosil qiladi. Bel, dumg’aza va dum nervlarining oldingi tarmoqlaridan ham ikkita chigal: bel va dumg’aza chigallari vujudga keladi. Bo’yin chigali. Bo’yin bo’limi dastlabki to’rtta orqa miya nervining oldingi tarmoqlaridan hosil bo’ladi. Bo’yin chigalining sezuvchi nervlari to’sh-o’mrov-so’rgichsimon o’siq muskullarining uzunasi bo’yicha o’rtasida elpig’ich shaklida yoyilib ketadi: ularga ensaning kichik nervi, quloqning katta nervi, bo’yinning ko’ndalang nervi, diafragma nervi aralash nervlaridan iborat. Bo’yin chigalining harakatlantiruvchi nervlari bo’yinning chuqur muskullariga va til osti suyagidan pastroqdagi yuza muskullariga boradi. Elka chigali ko’krak orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlaridan vujudga kelib, qo’ltiq bo’shlig’iga kiradi. Elka chigalining yuqori bo’limidan bir qancha kalta nervlar chiqadi. Bular orqaning yuza muskullarini, elka kamarining ko’pchilik muskullarini va kurakning qo’l tegishli muskullarini innervatsiya qiladi. Elka chigalining asosiy qicmi qo’ltiq, chuqurchasida qo’ltiq arteriyasining yonida shu arteriyatsi uch tomondan o’rab turadi. Elka chigalining asosiy qismi uchta tutamga; medial, lateral va orqadagi tutamlarga bo’linadi. Medial tutamdan quyidagi nervlar chiqadi: elka terisining medial, tirsak nervi va o’rta nervi chiqadi. Elka chigalining lateral tutamidan, o’rta nervining lateral ildizidan tashqari, muskul-teri nervi ham chiqadi. Bu nerv elkada elkaning ikki boshli muskul bilan elka yusqo’li orasida yotadi, bilak terisining lateral nervi shaklida bilakka chiqadi. Orqadagi tutamda ikkita nerv-bilak va ko’ltik nervlari boshlanadi. BOSH MIYA Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan. Uning tepa va yon yuzalari gumbaz shakliga pastki yuzasi (tubi) yassi, xatto o’rtasi biroz botiqdir. Bosh miyada uch qutb: peshona, ensa, chakka qutblar tafovut qilinadi. Voyaga etgan odam bosh miyasining vazni o’rtacha erkaklarda 1375 g, ayollarda 1245 g tashkil qiladi. Bosh miya ikkita asosiy bo’tshmdan: miya stvoli va ka.tta yar sharlardan iborat Orqa miyaning davomi uzunchoq miyadan iborat, uning pastki yuzasida piramidalar qo’rinadi. O’zunchoq miyaning yo’g’on tortgan yuqori uchi ko’prikka chegaradosh. Uzunchoq miya bilan ko’prik ustida miya yarim sharlari joylashadi. O’rta miyaning bir qismi bo’lgan miya oyoqchalari ko’prikdan oldingi tomonda. bo’ladi. Oraliq, miya qismlari: so’rg’ichsimon. tanalar, gipofiz, qo’lrang do’mboq, ko’ruv traktlari, ko’ruv nervlarining kesishmasi miya oyoqchalaridan oldinda yotadi. Uzunchoq miya-bosh miya bilan orqa miya o’rtasida ensa suyagining ichida joylashgan. Uning pastki uchi katta ensa teshigida chegarasi orqa miya-bilan qo’shiladi, ustki uchi oldi qismidan Varoley ko’prigini orqa qirg’ogiga tegib turadi. Orqa va tepa tomondan uzunchoq miyani rombsimon chuqur o’rtasida.joylashadi Uzunligi 25 mm tuzilishi bo’yicha orqa miyani eslatadi. Uni ham o’rtasidagi chuqur-yorig’i orqa tomonidan o’rta egati bilan o’rtasidan teng ikki pallaga, bo’linadi. Ularda ham yon egat va orqa egatlari va tuzilmalari mavjud. Oldingi o’rta miya yoriki ikki tomonidan bo’rtib ko’rinadigan uzunasiga ketgan tizimchalari piramidalari bor. Ortqi miya ikki qismdan: oldingi tomonda-Varoley ko’prigi; orqa tomonda-miyachadan iborat. Ko’prik-uzunchoq miyaning davomidir. Ko’prikning ventral yuzasi qabariq bo’lib, ko’ndalang egatlar bilan pastda uzunchok miyadan ro’y-rost chegaralangan. Ko’prik dorsal yuzasi miya 4 qorinchasining tubiga kiradi va rombsimon chuqurchaning yuqori yarmini tashkil etadi. Uzunchoq miya kabi ko’prik ham oq modda bilan qo’lrang moddadan iborat. Ko’prikning oq moddasy ko’tariluvchi va tushuvchi, o’tkazuvchi yo’llardan hosil bo’ladi. 5-8-juft bosh miya nervlarining yadrolari va ko’prikning xususiy ko’prik soxalarioshadi. Miyacha odamda ortqi miyaning eng katta bo’lagi miyaning yo’g’on tortgan yuqori uchi ko’prikka chegaradosh. Uzunchoq miya bilan ko’prik ustida miya yarim sharlari joylashadi. O’rta miyaning bir qismi bo’lgan miya oyoqchalari ko’prikdan oldingi tomonda. bo’ladi. Oraliq, miya qismlari: so’rg’ichsimon. tanalar, gipofiz, qo’lrang do’mboq, ko’ruv traktlari, ko’ruv nervlarining kesishmasi miya oyoqchalaridan oldinda yotadi. Uzunchoq miya-bosh miya bilan orqa miya o’rtasida ensa suyagining ichida joylashgan. Uning pastki uchi katta ensa teshigida chegarasi orqa miya-bilan qo’shiladi, ustki uchi oldi qismidan Varoley ko’prigini orqa qirg’ogiga tegib turadi. Orqa va tepa tomondan uzunchoq miyani rombsimon chuqur o’rtasida.joylashadi Uzunligi 25 mm tuzilishi bo’yicha orqa miyani eslatadi. Uni ham o’rtasidagi chuqur-yorig’i orqa tomonidan o’rta egati bilan o’rtasidan teng ikki pallaga, bo’linadi. Ularda ham yon egat va orqa egatlari va tuzilmalari mavjud. Oldingi o’rta miya yoriki ikki tomonidan bo’rtib ko’rinadigan uzunasiga ketgan tizimchalari piramidalari bor. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling