Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari


Download 0.54 Mb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1157779
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Odam anatomyasi

Ichki sekretsiya bezlari joylashish o’rniga qarab 4 guruxga bo’linadi. Bo’yin va ko’krak bezlari (qalqonsimon, qalqon bez yonidagi bezlar, buqoq bezi) qorin bo’shlig’i bezlariga me’da osti va buyrak usti bezlari kiradi. Chanoq bezlariga jinsiy bezlar kiradi.

Gipofiz – bu no’xatsimon, massasi 0,5-0,6 g.ga teng bo’lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egatchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz bezi 3 bo’lakdan iborat: oldingi, oarliq va orqa bo’laklar.

Gipofizning oldingi bo’lagidan 6 xil: somatotrop, adrenokortikatron, tiraotrop, gonodatrop, lokototrop, motiplovchi gormonlarga ajraladi.

Gipofizning oldingi bo’lagidan 6 xil: somatotrop, adrenokortikatron, tiraotrop, gonodatrop, lokototrop, motiplovchi gormonlarga ajraladi.

Somototrop gormon bolalar va o’simliklarni o’sishlarini tezlashishini boshqaradi. Ba’zi sabablarga ko’ra bolalar va o’smirlarni bu gormon ko’p ishlab chiqarilsa, bo’y normadan oshib ketadi, bu holat gigantizm, agar gormon ishlab chiqish susaysa nanizm deyiladi.

Adrenopartikotron – buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya’ni kortinosteroid gormon ishlab chiqarishini tartibga soladi.

Tireotrop – qalqonsimon bezning ishini ya’ni, undan tiroksin gormoni ishlab chiqarishni boshqaradi.

Popodotrop – erkaklar va ayollarni jinsiy bezlari funktsiyasini boshqaradi, o’smirlarni esa balog’atga yetish belgilari paydo bo’lishida ishtirok etadi.

Lapototrop – ayollarda sut bezlarini funktsiyasini boshqaradi.

Lyutinlovchi – homilador ayollardahomilani normal rivojini boshqaradi.

Lyutinlovchi – homilador ayollardahomilani normal rivojini boshqaradi.

Gipofizda oraliq bo’lagidan intermedik gormon ajraladi. U terini pigment hosil bo’lishini ta’minlaydi.

Gipofizning orqa bo’lagidan 2 ta gormon ajraladi: oksitoksin va vazopressin.

Oksitoksin homilador ayollarning bachadon muskullarini qisqarishini ta’minlaydi. Vazopressin ya’ni antidiyurik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya’ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarda birlamchi suyuqlikning 98,5-99 %i qancha qayta so’rilishini boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo’lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so’rilish jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi kelib chiqadi. Bunda odam suvni ko’p iste’mol qiladi va ko’p suyuklik ajaratadi. (bir kecha-kunduda 5-10 l va undan ko’p).


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling