10-mavzu: Endokrin tizim. Reja
Download 87.84 Kb.
|
10-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Sof endokrin bezlarga
10-mavzu: Endokrin tizim. Reja: Gipofiz bezi Epifiz bezi Qalqonsimon bezi Qalqon orqa bezi Buyrak usti bezi Me’da osti bezining endokrin qismi Jinsiy bezlarning endokrin qismi Kalit so‘zlar: somatotrop, triotrop, gonadotrop, lyutenlovchi, oksitotsin, vazopresin. Odam va umurtqalilar organizmida ko‘plab har xil bezlar uchraydi. Ular ikkita yirik guruxdarga bo‘lib o‘rganiladi. Tashqi ekzokrin bezlari va ichki endokrin bezlari. Bularning asosiy morfologik farqi tashqi sekretsiya bezlari maxsus chiqaruv kanalchalariga ega bo‘lib, o‘z mahsulotlarini, ya’ni sekretlarini tana yuzasiga, ovqat hazm qilish yo‘liga, siydik tanosil yo‘llariga ayrim bo‘shlikdar kanalchalari yordamida chiqarib beradi. Ichki sekretsiya bezlari, ya’ni endokrin bezlarda chiqaruv kanalchalari bo‘lmaydi. Shu sababli bu bezlar ishlab bergan oz mikdordagi biologik faol moddalarini bevosita qon kapillyar tomirlariga, to‘qima oraliq suyukligiga chiqarib beradi. Aksincha qon tomirlari juda yaxpsh rivojlangan bo‘lib, bulardan tashqari ayrim a’zolar va hujayra guruxlarini tashkil kilgan hujayralar ham ichki sekretsiya bezlari qatoriga kiradi. Endokrin bezlar faoliyati bilan shug‘ullanadigan fanga endokrinologiya fani deb yuritiladi. Ichki sekretsiya bezlari boshqa a’zolar kabi evolyutsion taraqqiyotning ma’lum bosqichida, jumladan, qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo‘lgan va asta-sekin rivojlanib takomillashgan. By bezlar umurtqali hayvonlarda va odamlarda yuksak darajada taraqqiy etgan. Ichki sekretsiya bezlarning joylashgan o‘rniga qarab 4 guruhga birlashtiriladi: bo‘yin va ko‘krak bezlari (qalqonsimon, qalqon bez yonidagi bezlar, buqoq bezi), qorin bo‘shlig‘i bezlariga me’da osti va buyrak usti bezlari kiradi. Chanoq bezlariga jinsiy bezlar kiradi. Miya bezlariga epifiz va gipofiz bezlari kiradi. Ichki sekretsiya bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo‘linadi. 1. Entodermadan hosil bo‘lgan visseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimon orqa va ayrisimon bezlar). 2. Entodermadan hosil bo‘lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (me’da osti bezi orolchalari). 3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po‘stloq qismi, jinsiy bezlar). 4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi-nerv nayining oldingi qismidan hosil bo‘lgan bezlar (gipofiz va epifiz). 5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi simpatik nerv tizimidan hosil bo‘lgan bezlar (buyrak usti bezining mag‘iz qismi va paragangliyalar). Odamlar ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipotalamusning neyrosekretor yadrolari, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez orqa bezi, me’da osti bezining endokrin qismi buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar (urug‘don, tuxumdon). Hozirgi vaqtda yo‘ldosh, buyrak, hazm tizimi endokrin qismlari har tomonlama o‘rganilgan. Bulardan tashqari endokrin hujayra guruxlari nafas olish tizimida va boshqa a’zolarda ham topilgan. Endokrin bezlar sof endokrin va aralash bezlarga bo‘linadi. Sof endokrin bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon orqa bezi va buyrak usti bezlari kirsa, aralash bezlarga me’da osti bezi, tuxumdon va urug‘don bezlari kiradi. Endokrin bezlarning ishlab chiqaradigan mahsulotlari gormonlar (yun. qo‘zg‘ataman, ta’sir qilaman) deb yuritiladi. Gormonlar qonga, boshqa to‘qima va suyukliklarga chiqarilib, organizmning barcha a’zolarga va to‘qimalariga tarqaladi hamda tegishli a’zo va to‘qimalar hayotiy jarayonlariga ta’sir qilib, ular faoliyatini o‘zgartiradi. Endokrin bezlarning gormonlari organizmning har xil a’zolari va to‘qimalariga turlicha ta’sir qilishi mumkin. Gormonlarning ba’zilari to‘qimadagi moddalar almashinuviga ta’sir ko‘rsatsa, yana boshqalari organizmning shaklla-nishiga, metamorfoziga, to‘qima va a’zolar ixtisoslashishining jadallashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Uchinchi xil gormonlar esa a’zolar va organizm faoliyatini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, buyrak usti bezlaridan sintezlanib chiqariladigan adrenalin gormoni, me’da osti bezining insulin va glyukagon gormonlari uglevod almashinuviga faol ta’sir ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda organik moddalarning parchalanishini jadallashtiradi, modda almashinish jarayonini tezlashtiradi. Tireoid gormonlari metamorfozga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Uning bu xususiyatini ayniqsa, baqalar misolida yaxshi kuzatsa bo‘ladi. Adrenalinning yurak ishini tezlashtirishi, vazopressinning (gipofizdan ishlanib chiqadigan gormonlar) qon tomirlarini toraytirishi, gormonlarning a’zolar faoliyatini o‘zgartirishiga, ular ishini bajarishiga, misol bo‘la oladi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati nerv tizimi orqali boshqarilib turadi. Bunda nerv tolalari har bir bezga yoki uning hujayralariga tegib turadi. Lekin nerv uchlari hamma vaqt nerv to‘qimala-riga yoki hujayralariga bevosita yetib borolmaydi. Natijada nerv impulsini qabul qila olmaydilar. Bunday hujayralarning faoliyati hujayralar atrofidagi suyuqliklar hamda qon bilan keluvchi biologik faol moddalar va gormonlar orqali bajariladi. To‘qima va a’zolar faoliyatini qon va limfa suyukdigi orqali bajarishiga gumoral tizim deyiladi. Demak, nerv tizimi endokrin bezlar bilan birgalikda organizm funksiyalarini bajarishda ipggirok etadilar. Bu jarayonda nerv tizimi albatga yetakchi o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lsada, turli jarayonlarning gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan, ya’ni gumoral yo‘l bilan boshqarilishi nihoyatda muqimdir. Gormonlar bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan nerv imnulsidan farkdanadi. Jumladan, qanday bo‘lmasin ma’lum bir gormon organizmdagi muayyan a’zo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va unda tegishli o‘zgarishlarni keltirib chikdradi. Gormonlar tegashli bezlarda uzluksiz ravishda sintezlanib, tegishli a'zolarga uzluksiz ravishda ta’sir qilib turadi. Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyukliklarga chiqariladigan bo‘lgani uchun, ular organizmning barcha a’zo va to‘qimalariga yetib boradi, shu tariqa hosil bo‘lgan joydan ancha uzokda bo‘lgan a’zo va to‘qimalar faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsata oladi. Biroq ayrim a’zolardagi maxsus hujayralarda hosil bo‘ladigan biologik faol gormonsimon moddalar ("hujayra gormonlari") boshqa a’zolarga o‘tmaydi. Shu sababli ular hosil bo‘lgan joylardagina o‘z ta’sirini namoyon etadi. Gormonlar hujayralardagi jarayonlarga faol ta’sir etib, hujayralar membronasi o‘tkazuvchanligani, ulardagi oksndlanish va kaytarilish reaksiyalarini, ularning qon tarkibini o‘zgartira oladi. Gormonlar ta’siri tufayli to‘qimalarda sezilarli mikdorda adenozinomonofosfat to‘ilanadi. Bu modda gormonlar ta’sirini xujayralarga o‘tkazadigan "vositachi" bo‘lib hisoblanadi. Hujayra va to‘qimalarga bevosita ta’sir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli retseptorlarga ham ta’sir ko‘rsatib, murakkab reflektor jarayonlarda ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Estrogenlar, testosteron, kortizon, somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining boshqarilishida va u orqali irsiy belgilarning nasldan nao\ga o‘tishida ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardaga DNK ga ta’sir ko‘rsatib, uning tegishli qismlarida maxsus oqsil qoplovchi modda-gistonlar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Informatsion RNK ning har bir yangi molekulasi faqatgina DNK ning o‘sha gistonlardan hosil bo‘lgan qismidagina hosil bo‘ladi. Informatsion RNK esa oqsil biosintezini, demak irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Endokrin bezlarning barchasi funksional jihatdan bir-biri bilan aloqador. Ularning faoliyati nerv tizimi bilan ham bevosita aloqada amalga oshadi. Endokrin bezlari nerv tizimining eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan o‘zining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va organizmniig uzluksiz o‘zgarib turgan ehtiyojiga moslashib boradi. Gipotalamus yadrolari zaruriyatga qarab gipofizga nerv impulslarini yuboradi, gipofiz esa o‘z navbatida ko‘pchilik endokrin bezlar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi, Gipotalamus bilan gipofiz bir-biri bilan bog‘liqligi gipofizning bir qismi (orqa bo‘lagi) asosan nerv to‘qimasidan tashkil topgan va gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ish yuritadi. Gipofiz esa, o‘z navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya bezlarining eng asosiy "rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezi va boshqa bezlarga faol ta’sir ko‘rsatib turadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining boshqarilishida gipotalamusdan tashqari markaziy nerv tizimining boshqa qismlari va xatto bosh miya yarim sharlarining‘ po‘stlog‘i ham ishtirok etadi. Ayrim olimlar endokrin bezlarini gipofiz bezining oldingi bo‘lagi bilan aloqador va aloqador bo‘lmagan guruxdarga bo‘ladilar. Aloqadorlariga qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari (po‘stloq qismi) va jinsiy bezlarni kiritib, aloqador bo‘lmagan bezlarga buyrak usti bezining miya (makiz) qismi, qalqonsimon bez oldi bezi, pankreatik orolchalar va paragangliyalarni kiritadilar. Oxirgi vaqtda bunday tasnif nisbiy deb topilmokda. Chunki turli endokrin bezlar bir-biriga va o‘zaro bog‘likdir. Natijada bir butun neyro-endokrin tizim shakllanadi. Hozirga vaqtda zamon talabiga javob beradigan mukammalashtirilgan yangi tasnif takdim etilmokda. Gipotalamus endokrin tizimining eng oliy markazi bo‘lib, ichki a’zolar faoliyatini muvofiqlashtiradi va bu faoliyat nerv-endokrin tizimi bilan birgalikda borishini ta’minlaydi. Uning tarkibida 32 juft yadro joylashib, ular neyrosekretor hujayralaridan tashkil topgan. Endokrin bezlar funksiyasini boshqarishda gipotalamus bilan birga epifiz ham ishtirok etishi ta’kidlanmokda. Download 87.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling