10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Download 87.84 Kb.
bet3/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Somatotropin (STG)-atsidofil endokrinotsit hujayralarining mahsuli bo‘lgan somatotrotsitlar o‘sish gormoni (STG) somatotropinni ishlab beradi. Bu gormon o‘sish va rivojlanish jarayonlarining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon gipofizdan toza holda ajratib olingan. Turli hayvonlarning somatotropin gormoni tarkibidagi aminokislotalar soni, molekulyar og‘irligi va boshqa bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
O’sish gormoni organizm o‘sishini ta’minlashda ishtirok etadigan jarayonlarning barchasida ishtirok etadi. Jumladan, hujayralarning ko‘payishi, oqsillarning sintezlanishi hamda to‘qimalarning mikdor jihatidan oshib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Somatotropin gormoni ayniqsa uzun suyaklarga va tog‘ay to‘qimalariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ularning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtiradi. Bu gormon organizm uchun kerakli miqdorda chiqarilib berilganida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agarda bu gormon mikdori organizmda kamayib yoki oshib ketsa, turli patologik holatlarga olib kelishi mumkin. Oshib ketsa, gigantizm kasaliga olib keladi. Bunda organizm yiriklashib ketadi, ayrim holatlarda suyaklarning sinishi ham kuzatiladi. Kamayib ketsa, organizm o‘smay qoladi.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG)-gapofiz bezi oldinga bo‘lagining asosan chekkalarida joylashgan hujayralari ishlab beradi. Bu gormon buyrak usti bezining po‘stloq qismiga ta’sir qiladi.
Gipofiz bezi olib tashlansa, buyrak usti bezining po‘stloq qavati, ayniqsa to‘rsimon va tutamli zonalari atrofiyaga uchragani kuzatilgan.
Adrenokortikotrop gormon buyrak kanalchalaridagi natriy, xlor ionlari va suvning reabsorbsiyasiga, shuningdek, yog‘ va aminokislotalarda qandning hosil bo‘lishiga, organizmdan nitrat moddasining chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tireotrop gormon (TTG)-Gipofizning bu gormoni qalqonsimon bezning faoliyatini boshqarib turadi. Bu gormonning qonda ko‘payib yoki kamayib ketishi qalqonsimon bez funksiyasiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, hayvonlarda gipofiz bezi olib tashlansa, ularning qalqonsimon bezi atrofiyaga uchraydi. Yodning o‘zlashtirilishi, tiroksin sintezlanipsh keskin kamayadi. Agar organizmga tireotrop gormoni yuborilsa, unda tiroksin reaksiyasi kuzatiladi. Gipofiz bilan qalqonsimon bez funksional jihatidan bir-biri bilan bog‘liq. Ma’lum bo‘lishicha, gipotalamusning neyrosekretlaridan bittasi gipofiz-tireotropin gormonini hosil bo‘lishini va sekretsiyasini boshqarib turadi. Ayrim endokrinologlarning fikricha gipofiz bezida bir nechta tireotrop gormon fraksiyalari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan o‘zining fiziologak xususiyatlari bilan farklanadi.
Tireotrop fraksiyalaridan biri qalqonsimon bezi ipggirokisiz ekzoftalm, ya’ni ko‘z soqqasining bo‘rtib chiqishiga sababli deb hisoblanadi. Bunday ko‘rinish, odatda, faqat bez giperfunksiyasi holatida kuzatiladi. Bu fraksiya ko‘z soqqasining orqa tomonidagi biriktiruvchi to‘qima tarkibida nordon mukopolisaxaridlar yig‘ilishini kuchaytiradi.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling