10-mavzu: Endokrin tizim. Reja
Download 87.84 Kb.
|
10-Ma\'ruza
Buyrak usti bezlari (glandula suprarenalis) juft bezlar qatoriga kiradi. Bu bezlar ikkala buyrak ustki qismida, qalin yog‘ to‘qimasi orasida joylashgan. Ularning har biri biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan umumiy kapsula bilan o‘ralgan bo‘lishiga qaramasdan, po‘stloq va mag‘iz qismini tashkil qiluvchi ikkita bezdan tashkil topgan. Bularning rivojlanishi ikkita manbadan kelib chiqqan. Po‘stloq qavat mezodermadan, miya qavat esa ektodermadan rivojlanadi. Miya qismi kelib chiqishiga binoan simpatik nerv tizimi bilan birga bitta manbadan rivojlanadi. Buyrak usti bezining uzunligi 40-60 mm, balandligi 20-30 mm, qalinligi 2-8 mm, og‘irligi 12-13 g.
Po‘stloq va miya qismlari mikroskopik tuzilishi va funksiyasi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Miya qismini tashkil qiluvchi hujayralar xromofil hujayralar qatoriga kiradi. Chunki ular kaliy bixromat bilan bo‘yalganida sarg‘ish-och jigarrangga bo‘yaladi. Buyrak usti bezlari ham qon tomirlariga boy bo‘lib, kapillyar to‘rini tashkil qilgan. Kapillyar to‘ri nihoyatda mayda va zich holda bo‘lgani tufayli ularni ham sinusoid kapillyarlar nomi bilan ataladi. Buyrak usti bezlari ham buyrakka o‘xshab qorin pardasi orqasida XI-XII ko‘krak umurtqalarining qarshisida joylashadi. Bitga buyrak usti bezining og‘irligi 12-13 g. ga teng. Yangi tug‘ilgan bolalarda 8-10 g. bo‘lib, bir yil mobaynida 2-3 martaga kamayadi. 5 yoshga kelib asta tiklana boshlaydi. Yoshi 20 ga yaqin to‘la tiklanadi. Buyrak usti bezlari o‘rtasidan ikki pallaga bo‘linsa po‘stloq va mag‘iz qismlari ko‘rinadi. Po‘stdoq qavat hujayralari o‘zlarining kelib chiqishiga qarab epiteliy hujayralariga o‘xshaydi. Bu hujayralar tarkibida ko‘plab lipid kiritmalari uchraydi. Po‘stloq qismi uchta zonani tashkil etadi: tashqi koptokchali zona, o‘rta tutamli zona va ichki to‘rsimon zona. Bulardan tashqari po‘stloq qismida bez kapsulasining ostida tartibsiz holda joylashgan kam tabaqalangan (kambial) hujayralar joylashadi. Bu hujayralar ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lib, qolgan qismi hujayralaini to‘ldirib turadi. Hozirgi vaqtda bez-po‘stloq qismining uchala zona hujayralari 40 dan ortiq gormon ishlab berishi aniqlangan. Bu gormonlar asosan uch guruhga bo‘linib o‘rganiladi: 1) mineralokortikoidlar; 2) glyukokortikoidlar; 3) androgen va estrogenlar. Download 87.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling