10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Me’da osti bezining endokrin qismi


Download 87.84 Kb.
bet11/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Me’da osti bezining endokrin qismi. Ma’lumki, me’da osti bezi ekzokrin va endokrin qismlaridan tashkil topgan. Ekzokrin qismi ovqat hazm qilish tizimida batafsil yozib o‘rganilgan. Endokrin qismi Langergans orolcha-larini tashkil qiluvchi hujayra guruhlaridan tashkil topgan. Orolchalarning soni 1-2 mln., diametri esa o‘rtacha 100-300 mkm. ga teng. Tarkibini bir necha xil hujayralar tashkil etadi. Ularning ichida eng ko‘p uchraydigan beta hujayralari 60-80 % ni tashkil etib, asosan insulin gormonini ishlab beradi. Ikkinchisi alfa hujayralari bo‘lib, ular 10-30 % ni tashkil etadi, glyukogen gormonini sintez qiladi. Uchinchisi- "D" hujayra deyilib, gipofizning o‘sish gormoni chiqishiga to‘sqinlik qiladi, shu bilan birga insulin va glyukogen chiqishini sekinlashtiradi.
Insulin (lot. Insula-orolcha) gormoni jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va parchalanishiga to‘sqinlik qiladi, periferik qonda qandni kamayishiga olib keladi. Hujayralar tomonidan glyukozaning o‘tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi. Insulin chiqishi bilan qondagi qand miqdori o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjud. Qonda qand ko‘paysa, insulin ko‘p ishlab beriladi yoki teskari jarayon bo‘lishi mumkin. Qonda qand kamayib ketsa, unga gipoglekemiya deyiladi. Bunda organizm karaxt (organizm uchun havfli jarayon) holatiga tushib qolishi mumkin. Masalan, qon tomiriga katta mikdorda insulin yuborilsa, shunday holat sodir bo‘ladi. Agar tezda qonga glyukoza yuborilsa, karaxtining oldini olish mumkin. Insulin yetishmaganida esa, qandli diabet kasali kelib chiqadi. Bunda qonda qand mikdori ko‘payib ketadi.
Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling