10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Jinsiy bezlarning endokrin qismi


Download 87.84 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Jinsiy bezlarning endokrin qismi. Jinsiy bezlarga urug‘don va tuxumdonlar kirib, ular jinsiy hujayralar bilan birgalikda jinsiy faoliyatni boshqarib turishda rahnamolik qiladigan jinsiy gormonlar ishlab, qonga chiqarib beradilar. Jinsiy gormonlar jinsiy a’zolar funk-tsiyasining hamma tomonlariga, jumladan, organizm umumiy holatiga, ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga va boshqa qator jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘donlarda erkaklik, tuxumdonlarda esa ayollar jinsiy gormonlari ishlab beriladi. Erkaklik jinsiy gormonlari androgenlarga testosteron, andestron, izoandestron va boshqalar kiradi. Bu gormonlar ichida eng faoli testosteron hisoblanadi. Bu gormonni urug‘donda uchraydigan hujayralari ishlab beradi. Erkaklik jinsiy gormonlarini ishlab berishda Sertoli hujayralari ham ishtirok etishi mumkin. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, spermatozoidlar qancha tez hosil bo‘lsa, Sertoli xujayralarining protoplazmasida shuncha tez parchalanish jarayoni kuzatilgan va shuncha ko‘p jinsiy gormonlar ishlab berilib, qonga chiqariladi. Testosterondan tashqari barcha adrenogenlar shu gormonlar organizmda almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlardir.
Organizmda erkaklik jinsiy gormonlarining ta’sir qilish faoliyatini kastratsiya, ya’ni bichilgan hayvonlarda kuzatish mumkin. Erkak hayvonlar bichilganida, sperma hosil qilish xususiyati yo‘qoladi va xulq-atvorida xam bir qancha o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday hayvonlar tinch yurish, semirishga moyil bo‘lib, ikkilamchi jinsiy belgilari ham regeneratsiyaga uchrab yo‘qolib ketadi. Agar unga boshqa hayvon urug‘doni ko‘chirib o‘tkazilsa, unda yana erkaklik xususiyatlari va jinsiy reflekslari paydo bo‘la boshlaydi. Lekin ko‘chirib o‘tkazilgan urug‘don so‘rilib ketgani-dan so‘ng ular yana yo‘qolib ketadi.
Ayollar tuxumdonlaridagi follikullarning hujayralarida estrogenlar, ya’ni ayollar jinsiy gormonlari sintezlanadi. Estrogenlar sintezlanib, follikul suyuqligida sakdanib turadi. Bu gormon ayollarga xos xususiyatlar beradi. Jinsiy siklga, ikkilamchi jinsiy belgilarga, bachadon, qin shilliq pardalarining o‘sipshga, sut bezlarining yetilishiga, oqsillar, anorganik moddalar, kaliy almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, kapillyar tomirlar devori o‘tkazuvchanligini oshiradi, oliy nerv tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ayollarda bu gormonlardan tashqari sariq tanacha-progesteron ishlab beriladi. Progesteron gipofizda gonadotropin gormonlar hosil bo‘lishiga va follikullarning yetilishiga to‘sqinlik qiladi va shu tariqa homilaning normal kechishi, sut bezlarining yaxshi yetilishi va ishlashiga sharoit yaratadi.
Ma’lum bo‘lishicha, organizm normal holatida ham urug‘donlarda bir oz mikdorda bo‘lsa ham ayollar gormoni, tuxumdonlarda esa, erkaklar gormoni ishlab chiqilishi isbotlangan. Jinsiy gormonlarning ishlab berilishi markaziy nerv tizimi yordamida boshqariladi. Bunda gipofiz ham o‘z gormonlari bilan ta’sir qilib turadi.
Jinsiy anomaliyalar ham uchraydi. Ayrim hollarda bitta organizmda erkaklarga va ayollarga xos (urug‘don va tuxumdon) a’zolar uchrashi mumkin. Bunday holga germafroditizm deyiladi. Lekin ikkalasi baravar rivojlanmay, bittasining rivoji ikkinchisidan ustunroq bo‘ladi. Jinsiy bezlar tug‘ilishdan boshlab rivojlanmay qolsa, bunga yevnuxoidizm deb ataladi. Uchinchi xili-organizm jinsiy tizimi rivojlanmay qolib, katta bo‘lganida yoshlik belgilari qolishi mumkin. Bunga infantilizm deb ataladi.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling