10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Download 87.84 Kb.
bet9/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Buyrak usti bezining miya qismidagi hujayralari adrenalin va noradrenalin gormonlarni itplab chiqaradi. Ikkala gormon ham orgapizmda fenallanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo‘ladi. Adrenalin ta’siri natijasida ko‘z qorachig‘i kengayadi. Yurak qisqarish ritmi tezlashadi, muskullarning qo‘zg‘aluvchanligi va kuchi oshadi. Adrenalin arteriya va kapillyar tomirlarni (yurak toj tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, bronxlarni kengaytiradi, ichak peristaltikasini pasaytirib, muskullarni bo‘shashtiradi, sfinkter muskullarini qo‘zg‘atib, ularning yopilishiga olib keladi. Adrenalin utlevod almashinuvida ishtarok etib, glikogen modldsining glyukozaga aylanishini va qonda qand mikdorini o‘z me’yorida saklashni boshqarib turadi.
Noradrenalin periferik arteriolalar devorini qisqartiradi, natijada qon bosimining oshishiga olib keladi. Sistolik va diastolik arteriya bosimini oshiradi. Me’da-ichak devorlari, o‘t pufagi devorlariga juda zaif ta’sir qiladi. Uglevodlar almashinuviga organizmdagi oksid-lanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi.
Odatda adrenalin va noradrenalin gormonlariga ta’sir qiluvchi fermentlardan aminooksidaza va tirozinaza ta’siri natijasida ular tez parchalanadi, natijada bu gormonlarning ta’siri organizmda uzoqqa cho‘zilmaydi.
Yakka joylashgan gormon hosil qiluvchi hujayralar
Adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha, organizmda uchraydigan bunday hujayralar majmuasi ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga yakka joylashgan neyroendokrin hujayralar kirib, gormon neyroaminlarni sintez qiladi. Bu guruhning neyroendokrin xujayralari bosh miyada va boshqa a’zolarda uchraydi. Bularga qalqonsimon bezning parafollikulyar hujayralari, buyrak usti bezi miya moddasining xromofin hujayralari hamda hazm tizimi shilliq qavatida uchraydigan endokrin hujayralar kiradi. Bularga xos xususiyatlardan bittasi bu hujayralarning fao-liyatiga gipofiz gormonlari ta’sir qilmaydi. Neyroendokrin hujayralar faoliyati simpatik va parasimpatik nervlar orqali ham boshqariladi.
Ikkinchi rypyhga boshqa to‘qimalardan yakka yoki guruxlar hosil qilib takomillashgan gormon ishlab beruvchi hujayralar kiradi. Bu hujayralarga urug‘donning testosgeron gormonini ishlab beruvchi, tuxumdonning estrogen va progesteron hosil qiluvchi gormonlari kiradi. Bular steroid gormonlar hosil qilib, adenogipofizning gonadotropin gormonlari ta’sirida boshqariladi, ular neyroaminlar hosil qilmaydilar.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling