10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Download 87.84 Kb.
bet2/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Gipofiz (hypophysis) kalla suyagini turk egari sohasida, miya asosidagi voronkasimon oyoqchada osilib turadigan ichki sekretsiya bezi, ustki tomondan biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula bilan o‘ralgan. Uning ko‘ndalang o‘lchami 10-17 mm, oldingi orqa o‘lchami 5-15 mm, vertikal o‘lchami 5-10 mm, og‘irligi erkaklarda 0,5 g, ayollarda 0,6 g. Gipofiz oldingi, o‘rta va orqa bo‘lakchalarga bo‘linadi. Taxminan 70 % oldingi bo‘lakdan, 20 % orqa va 10 % o‘rta bo‘lagini tashkil etadi. Gipofizning oldingi bo‘lagi do‘mboq qismi va oraliq bo‘lagi bez epiteliysidan tashkil topgan, ularga birgalikda endogipofiz nomi berilgan. Orqa bo‘lagi miya oyoqchasiga tutashib, nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularga neyrogipofiz nomi berilgan.
Gipofiz turli bez hujayralaridan tashkil topgan, ular organizmning holati va boshqa ko‘pgina faktorlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Organizmning turli funksiyalarini bajarishda ishtirok etadi. Shu bilan boshqa ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini, o‘ziga ishlab beradigan gormonlari yordamida boshqarib turadi. Gipofiz funksiyasi gipotalamus bilan bog‘liq holda bo‘lib, gipotalamo-gipofizor tizimini tashkil etadi.
Gipofizning oldingi bo‘lagada uch xil hujayralar tafovut qilinadi. Ularda atsidofil hujayralar 4-10 % ni, bazofil hujayra-lar 30-35 % ni, xromofil (bosh) hujayralar 60 % ni tashkil etadi. Oldingi ikkitasi (atsidofil va bazofil) bo‘yekdarda yaxshi bo‘yalgani uchun xromofil nomini olgan. Xromofil xujayralardan atsidofil va bazofil hujayralar hosil bo‘ladi. Sut emizuvchilar gipofizning oldingi bo‘lagida 6 xil gormon ishlab chiqariladi. Bularga: o‘sish gormoni (somatotropin), adrenokortikotrop gormo-ni (AKTG) va prolaktin (laktotropin, laktotrop gormoni LTG) oqsil bo‘lsa, folikylni stimullovchi gormon (FSG), lyutinlovchi gormon (TTG, tireotropin) glyukoproteindir. Bu gormonlar organizm o‘sib rivojlanishida bir nechta ichki sekretsiya bezlari faoliyatini, moddalar almashinuvi va ko‘payish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi. Gipofizning oldingi qismi olib tashlansa, organizmda turli kasalliklar sodir bo‘la boshlaydi. Jumladan, yosh organizm o‘smay qoladi, jinsiy bezlarning rivojlanishi keskin susayadi, moddalar almashinuvi pasayishi va buzilishi natijasida quvvati kuchsizlanadi. Ayrim ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham keskin buziladi.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling