10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Gonadotrop gormonlariga follikulni stimullovchi


Download 87.84 Kb.
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Gonadotrop gormonlariga follikulni stimullovchi gormon (FSG) prolaktin, laktrotrop gormon (LTG) va lyutenlovchi gormon (LG) lyuteotropin kiradi. Bu gormonlarni ham gipofiz bezining oldingi bo‘lagani tashkil qiluvchi ayrim hujayralar ishlab beradi. Shuningdek, bu gormonlar jinsiy bezlar funksiyasiga ham ta’sir qiladi.
Follikulni stimullovchi gormon erkaklar va ayollar jinsiy bezlari epiteliysini rivojlantiradi, spermatogenez jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lyutenlovchi gormon sariq tanachadan progesteron gormoni sintezini tezlashtiradi. Laktotropin gormoni esa sut bezini rivojlantirib yetilishiga va laktatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Gipofizning oraliq (o‘rta) bo‘lagi asosan donador melanotropotsid hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, melaninning pigment moddasini stimullovchi gormonni saklaydi. Gipofiz o‘rta bo‘limi hayvonlardan balikdarda yaxshi o‘rganilgan. Ularda o‘rta bo‘lim olib tashlanganida terisi rangsizlangani kuzatilgan, bu esa melanofor gormoniga bog‘likdir. Amfibiya va reptiliyalarda u pigment hujayralariga ta’sir qilishi natijasida teri rangining o‘zgargani kuzatilgan. Ayollar homiladorligining oxirgi bos-qichlarida va bola tug‘ilishida melanofor mikdori oshishi kuzatilgan. Bu gormon boshqa jarayonlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Gipofizpiig orqa bo‘lagi neyrogormonlar vaqtincha akkumulyatsiya qilinadigan a’zo hisoblanadi. Orqa bo‘lagi neyrogipofiz, gipofiz-gipotalamus trakti tarkibidagi (supraoptik va paraventrikulyar neyrosekret hujayralar) aksonlarning so‘nggi (terminal) tarmoqlari tugaydigan tuzilma hisoblanib, neyrogliya va qon tomirlaridan tashkil topgan. Gormonlar ko‘rsatilgan gipotalamus yadrolarida hosil bo‘lib, supraoptikgapofizar trakt orqali gipofizga chiqariladi. Gipofizning orqa bo‘limida vazopressin va oksitotsin gormonlari topilgan.
Vazopressin buyrak va miya arteriyalaridan tashqari, boshqa hamma tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Odamlarda u antidiuretik ta’sirini kamaytiradi.
Oksitotsin silliq muskullarni qisqartiradi.
Adabiyotlarda yozilishicha, antidiuretik gormoni yetishmasligi natijasida qandsiz diabet kasali kelib chiqadi. Bu kasallik paytida hayvonlar odatdagiga qaraganda ko‘p mikdorda suv ichadi. Ayrim mualliflarning fikricha vazopressin va antiuretin gormonlarini turli funksiyalarni bajaruvchi bitta gormon deb hisoblasa bo‘ladi. Bu gormonlar sun’iy yo‘l bilan sintez qilib olingan.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling