Mavzu: Tuzdi: 2-farm-22 talabasi Istamova Sarvinoz Ikrom qizi
Download 1.12 Mb.
|
1 2
Bog'liq1505236427 66841
Qon ketish va birinchi tez yordam Osiyo Xalqaro Universiteti MAVZU: Tuzdi: 2-FARM-22 talabasi Istamova Sarvinoz Ikrom qizi Qon ketish. •Qon ketishi haqida tushuncha. Tashqi zarba ta`sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi sodir bo`lishiga qon ketishdeyiladi. Tashqi zarbalar mexanik, fizik va kimyoviy bo`lishi mumkin. •Mexanik-kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o`q tegishi. •Fizik-radiatsiya nurlaridan zararlanish, kuyish •Kimyoviy-kislota va ishqorlardan zarar- lanish • Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko`ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi. • Arterialqon ketishida-oqayotgan qon och qizil rangda bo`lib, uzilib- uzilib, juda tez fontanga o`xshab, yuqoriga qarab otilib oqadi. • Venoz qon ketishida-oqayotgan qon to`q qizil rangda bo`lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqadi. • Kapilyar qon ketishida-teri ostidagi, to`qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to`q qizil rangli qon sizib oqadi. • Parenximatozqon ketishida-jigar, taloq, buyrak, o`pka va boshqa parenximatoz a`zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqadi. Tomirdan sizib chiqqan qon to`qima orasiga va bo`shliqlarga quyiladi (to`planadi). Belgilari. •Tomirdan chiqqan qonning tashqariga yoki tana to`qimalarning bo`shlig`iga oqishiga ko`ra tashqi va ichki qon ketishlar kuzatiladi. Bemor ko`p qon yo`qotgan bo`lsa, bosh aylanish, ko`z oldi qorong`ilashuvi, og`iz qurishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish, madori qurishi va boshqalardan shikoyat qiladi. Terining rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, tana harorati pasayadi, nafasi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling