Erkak jinsiy bezlari moyak, ayol jinsiy bezlari tuxumdon deyiladi. Bular jo‘ft organlardir. Tuxumdonlar kichik chanoq bo‘shligida joylashgan. Har birining uzunligi 3-4 sm, eni 2-2,5 sm, massasi 6-7 g keladi. Tuxumdon ikki xil moddadan: tashqi po‘stloq va ichki miya moddasidan iborat, qon tomirlar to‘riga boy bo‘ladi. - Po‘stloq moddada jinsiy hujayralar-hujayra qatorlari bilan o‘ralgan tuxum xujayralar bo‘lib, ularda rivojlanishning turli bosqichlarida follikullar va granulyoza xujayralaridan bo‘ladi. Tuxumdonda ikki xil ayol jinsiy gormoni: yotilayotgan follikullar, granulyoza hujayralari va sariq tana tomonidan ishlab chiqariladigan progesteron va estradiol hosil bo‘ladi. Sariq tana etilgan tuxum hujayra follikuli o‘rnida granulyoza hujayralaridan hosil bo‘ladi.
- Tuxumdonda ayol jinsiy gormonlari ham ishlab chiqariladi.
- Moyaklar yorg‘oqda joylashgan. erkaklarda. bu bezning uzunligi 3 sm dan 5 sm gacha, eni 2 sh dan 3 sm gacha, massasi 15- 30 g.
- Urug‘ naychalari spermatogen epiteliy va fermentlar bilan ribonuklein kislotaga boy hujayralardan iborat.
Ular spermatogen hujayralarning oziqlanishini ta`minlab, shundan keynn birin-ketin ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng spermatozaidlarga - erkak jinsiy hujayralariga aylanadi. Urug‘ naychalari orasida androgenlar - erkak jinsiy gormonlari (testoteron va uning metabolizimi mahsulotlari)ni ishlab chiqardigan to‘qima, shuningdek, ozroq mikdorda ayol jinsiy gormonlari bo‘ladi. - Ular spermatogen hujayralarning oziqlanishini ta`minlab, shundan keynn birin-ketin ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng spermatozaidlarga - erkak jinsiy hujayralariga aylanadi. Urug‘ naychalari orasida androgenlar - erkak jinsiy gormonlari (testoteron va uning metabolizimi mahsulotlari)ni ishlab chiqardigan to‘qima, shuningdek, ozroq mikdorda ayol jinsiy gormonlari bo‘ladi.
Erkak jinsiy gormonlari odam embrion rivojlanishining uchinchi oyida ishlab chiqarila boshlaydi. - Erkak jinsiy gormonlari odam embrion rivojlanishining uchinchi oyida ishlab chiqarila boshlaydi.
- Tug‘ilish vaqtiga kelib moyakar va tuxumdonlar batamom shakllangan bo‘ladi. embrion rivojlanishi tugallangandan so‘ng erkak jinsiy gormonlari hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Balog‘at yoshiga etish davrida o‘g‘il bolalarda jinsiy bezlarning endokrin aktivligi davom etadi, qiz bolalarda esa ularning ichki sekretsiyasi birinchi marta paydo bo‘ladi.
- SHu davrdan boshlab, jinsiy belgilarning o‘sish va rivojlanish jarayonlari (birlamchi jinsiy belgilar), shuningdek, jinsiy hujayralarning etilishi aktiv davom etadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarga o‘ziga xos tuk bosishi, teri osti kletchatkasida yog‘ to‘planishi, sonlar va elkalarning kengligi, sut bezlarining rivojlanishi kiritiladi.
- Ayol jinsiy gormonlari, shuningdek, tuxum hujayraning urug‘lanishi, homiladorliq yuz berishi, homilani tug‘rukqacha saqlash, tug‘ruq jarayoniga qulaylik beradigan sharoit ta`minlanishi o‘chun jinsiy sistemaning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishini ham belgilaydi.
Epifiz, ya`ni g‘uddasimon bez oraliq miya tomirning o‘sib chiqqan qismidir. Vazni taxminan 200 mg bo‘lib, qon tomirlar bilan mo‘l ta`minlangan. epifizning organizmdagi roli ham oxirigacha o‘rganilmagan. epifiz organizmda biologik soat rolini o‘ynaydi. - Epifiz, ya`ni g‘uddasimon bez oraliq miya tomirning o‘sib chiqqan qismidir. Vazni taxminan 200 mg bo‘lib, qon tomirlar bilan mo‘l ta`minlangan. epifizning organizmdagi roli ham oxirigacha o‘rganilmagan. epifiz organizmda biologik soat rolini o‘ynaydi.
- Epifizning bezsimon hujayralari serotonin va uning xosilasi melatonin ishlab chiqaradi.
Melatoninning roli xaqida shu narsa ma`lumki, u pigment hujayralarga ta`sir qilish yo‘li bilan terining rangini ochadi, shuningdek, jinsiy bezlar funktsiyasini pasaytiradi, ya`ni gipofizning gonadotorop gormonlari, sut ishlab berishni qo‘vvatlaydigan prolaktin, follikullar etilishini ta`minlaydigan follitropin, jinsiy gormonlar biosintezi va sariq tana etilishiga taalluqli lyutaropin ishlab chiqarilishini tormozlaydi. - Melatoninning roli xaqida shu narsa ma`lumki, u pigment hujayralarga ta`sir qilish yo‘li bilan terining rangini ochadi, shuningdek, jinsiy bezlar funktsiyasini pasaytiradi, ya`ni gipofizning gonadotorop gormonlari, sut ishlab berishni qo‘vvatlaydigan prolaktin, follikullar etilishini ta`minlaydigan follitropin, jinsiy gormonlar biosintezi va sariq tana etilishiga taalluqli lyutaropin ishlab chiqarilishini tormozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |