Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joy¬lashgan bo'lib, ularda ishlab ehiqariladigan suyuqlik gormon deb ataladi. Bezlarda ishlab ehiqariladigan gormon bevosita bezning to'qimasidan o'tayotgan qon va limfaga quyiladi.
lehki sekretsiya bezlarida ishlab ehiqariladigan gormonlar ni¬hoyatda oz miqdorda, ya'ni grammning milliard qismiga teng. Ammo shunga qaramay, ular odam organizmidagi bareha moddalar almashinuvi jarayonlarida, to'qima va organlar funk¬sivasininl! boshaarilishida. bolalar hamda o'smirlar organizmining o'sishi va rivojlanishida, ular balog'atga yetishida, odam nasi qol¬dirishida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo'shilgan holda organizmning endokrin sistemasini tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas bog'liq. Shuning uchun odam organizmining endokrin sistemasini orke¬strga o'xshatish mumkin, ya'ni har qaysi bezning ish faoliyati boshqa bezlarning funksiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni gipofiz bezi boshqaradi, ya'ni uni «orkestr»ning dirijyoriga o'xshatish mumkin.
|