Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqichi?
Download 18.94 Kb.
|
ichki va tashqi savdo
Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqichi? Ichki savdo, tashqi savdo va ularning o’xshashliklari, farqlarini tahlil qilishdan avval “Savdo” tushunchasiga izoh berib o’tishimiz kerak. Savdo - bu tovar, mahsulotlarni sotish va harid qilib olish bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bir iqtisodiy faoliyat turi. Savdo sotuvchi va oluvchi o’rtasidagi munosabat, ya’ni tovar qiymati bilan pul qiymatini almashinuvidir. Bu ikkala tushuncha bir biri bilan chanbarchars bog’liq, buning natijasida savdo tushunchasi paydo bo’ladi. Savdoning rivojlanganlik ko’rsatkichi odamlarning madaniyatini baholab ko’rsatadi. Savdoni tabora rivojlantirib, aloqani darajasini yaxshilasak o’zimizning madaniyatimiz asa sekin yaxshilanib boraveradi. Savdo sohasi ikkiga bo’lingan: tashqi ya’ni xalqaro savdo va ichki, mahalliy savdo. Tashqi savdo - bu bir davlatning boshqa bir davlat yoki davlatlar bilan olib boradigan savdosidir. Ya’ni bir mamlakat tovar ishlab chiqaradi, ikkinchisi esa o’sha tovorni sotib oladi. Yana tashqi savdoni tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayoni deb ham nomlasak bo’lasdi. Bu tushunchalar import va eksport deb ataladi. Eksport - bu davlatdan tovar chiqishi. Import esa davlatga tovar kirishi. Bu ikkala eksport va import tushunchalari tashqi savdo ( xalqaro savdo ) aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlarda tashqi savdoni tabora rivojlantirish eksport qiluvchi davlatga ham, import qiluvchi davlatga ham o’z daromadini oshirish, foyda olish imkonini beradi. Qadimdan tashqi savdoning rivojlanganlini “Buyuk ipak yo’li” dan ham bilsak bo’ladi. Qadimda mamlakatlararo tashqi savdoning rivojlanishida “Buyuk ipak yo’li” ning ahamiyati juda katta, chunki tashqi savdo aylanmasi shu yo’l orqali vujudga kelgan. Bu “Buyuk ipak yo’li” G’arb va Sharq mamlakatlari dunyosini bir biriga bog’lab turgan, nafaqat dunyosi balki savdo aylanmasida katta ahamiyat kasb etgan. Bu yo’l bizning davlatimiz O’zbekiston hududlaridan ham o’tgan. O’sha hududda joylashgan shaharlarda savdo sotiq jarayonlari juda yaxshi rivojlangan. Qadimdan tashqi savdo rivojlangan bo’lsada, faqatgina XIX asrga kelib deyarli barcha mamlakatlar tashqi savdo aylanmasiga qo’shila boshlashi bilan jahon bozori vujudga kelgan. Download 18.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling