O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim maxsus vazirligi toshkent


Download 420.13 Kb.
bet1/12
Sana09.01.2022
Hajmi420.13 Kb.
#258893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MM52k-2 Raximov K B kurs ishi(2-kurs sirtqi)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM MAXSUS VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi Moliya va boshqaruv hisobi fanidan



KURS ISHI

Mavzu: Pensiya fondlarining moliyaviy vositachi sifatidagi roli


Bajardi: MM-52k-2 guruh talabasi


Raximov Komiljon Bayramali o’g’li


Ilmiy rahbar: k.o’q. Tojibekova D.



Toshkent-2021

1




Reja:

Kirish




  1. Moliyaviy vositachilar

  2. Pensiya fondlarining moliyaviy vositachi sifatidagi roli

  3. Pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish


O’zbekistonning o’rta muddatli rivojlanish strategiyasida mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta‘minlash, hududlar o’rtasida raqobat muhitini shakllantirish kabi muhim vazifalar belgilangan bo’lib, mazkur vazifalarni ta‘minlashda rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribasini o’rganish ularning ijobiy natijalarini respublikamizda qo’llash muhim ahamiyatga ega. Hududlarni rivojlantirish borasida fikr yurita turib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shunday deydi: “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag‘lari yetarli emas”.1 Shundan kelib chiqib bugungi kunda mahalliy byudjetlar daromadini oshirish ularning barqarorligini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, bunda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni keng qo’llash orqali masalaga tizimli yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.


Mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish davlat byudjeti ijrosining ustuvor yo’nalishi bo’lib qoldi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy byudjet mablag‘larini boshqarish bo’yicha mustaqilligini oshirish, byudjet ijrosini markazga bog‘liqligini keskin kamaytirish jarayonlarini chuqurlashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturlarini kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan ta‘minlash, mahalliy hokimliklarni mahalliy byudjetlarni shakllantirishda va mablag‘lardan samarali foydalanishda ma‘suliyati va javobgarligini oshirish bo’yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas'uliyatini

1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasidan nutqi, 2017 yil 14 yanvar

oshirish to’g‘risida”gi PQ-3042-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qonunchilik hujjatlariga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan 31- dekabriga qadar Toshkent shahri va uning tumanlarida mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni, aholining real daromadlarini, turmush darajasini va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirishni hamda markazdan moliyalashtirishni keskin qisqartirishni ta‘minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni ko’zda tutuvchi tajriba tartibi amalga kiritildi. Iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi jarayonida hududlarni moliyaviy barqarorligini ta‘minlashda mahalliy byudjetlarning ahamiyati yanada ortmoqdaki, ushbu maqsadda mahalliy byudjetlarni daromadlar bazasini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ”Mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas'uliyatini qayta ko‘rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim. Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda mas'uliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik yetishmayapti”.2 Ma‘lumki, 2018 yilda Toshkent shahrida eksperiment tariqasida davlat boshqaruvining yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga moliya, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari rahbarlarini tayinlash vakolati berildi. Davlat byudjyetiga tushadigan mablag‘larning bir qismini mahalliy byudjyetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o‘rnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘paydi. Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksperimentni endi boshqa hududlarda ham joriy etishimiz zarur.






2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: O’zbekiston.

NMIU. 2019. B.



Download 420.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling