Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishda rag’batlantiruvchi sayohatning ahamiyati. Incentive Travel haqida. - Insentiv (ingl. incentive) – motivatsiya tusidagi tadbir, ishdagi muvaffaqiyat, mahsulot va xizmatlar reklamasi, firmaning rivojlanishi va sh.k.larda rasmiy rag‘batlantirishni anglatadi.
- Insentiv-turlar – bu nafaqat o‘z mijozlari, xodimlari, hamkorlariga ajoyib ish uchun juda ham samarali va ommabop minnatdorchilik bildirish, rag‘batlantirish va qiziqtirish usuli hisoblanadi, balki ishbilarmon kollektivni jipslashtirish va rag‘batlantirish va uning jamoaviy ruhini mustahkamlashning ajoyib usuli hamdir.
- Incentive-tur dasturlari kollektivni jipslashtirish va norasmiy xotirjam muhitda, ofis va kundalik yugur-yugurlardan olisda xodimlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanishning mukammal imkoniyati hisoblanadi, bu vaqtda juda ham tanish hamkasblar o‘zlarini o‘zingizga mutlaqo notanish tomondan namoyon qilishlari va kutilmagan iqtidorlarini ko‘rsatishlari mumkin.
- Istagingizga qarab dasturga quyidagilar kiritilishi mumkin: tematik ekskursiyalar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar, hazil konkurslar va havaskorlik konsertlari, mukofotlash marosimlari, kokteyl va qabullar. Bu kabi birgalikdagi vaqt o‘tkazish – kollektivni jipslashtirish, jamoani shakllantirishning eng yaxshi usullaridan biri, bunga sarflangan mablag‘dan nafaqat ijobiy hissiyotlarga ega bo‘lasiz, balki korporativ ruhiyat (TeamSpirit) va jamoani jipslashtirish borasida haqiqiy sermahsullikka erishasiz.
Turizmni Rivojlantirish Chora Tadbirlari. - COVID-19 pandemiyasi sharoitida jahon iqtisodiy otini qayta tiklash, jumladan, turizm sohasini rag'batlantirishga faol tayyorgarlik ko'rish bosqichiga o'tish uchun qat'iy choralar qabul qilish va sa'y-harakatlarni birlashtirish zarurligi qayd etildi. Xitoy nashri ta'kidlaganidek, O'zbekiston delegatsiyasi mamlakatda sayyohlik industiriyasini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshiralayotgani to'g'risidagi ma'lumotlarni o'rtoqlashdi. Qayd etilganidek, sayyohlik qayta yo'lga qo'yilganidan keyin respublikaga kelgan xorijiy sayyohlar "turizmni yangi shaklda" - yanada xavfsiz, yanada rang-barang va yanada individual holda ko'rishlari mumkin bo'ladi. "Ilgari xabar berilganidek, ziyorat sayyohligini rivojlantirish doirasida O'zbekiston ziyoratchilarni eltish chog'ida 50 foizlik, havo qatnovlari geografiyasi kengaytirilgani va mamlakat aeroportlari jozibadorligi yaxshilangani uchun 30 foizlik chegirmalar taqdim etilgan", deyiladi maqolada. Shuningdek, O'zbekiston 2021-yilda 1,7 million xorijlik va 7,5 million ichki sayyohlarni jalb etishni rejalashtirganini qayd etgan, deb xabar beradi "Dunyo" AA. (Ernazarov, Yangi xavfsiz va sog'lom turizm, 28.01.2021)28
Do'stlaringiz bilan baham: |