Ichki yonuv dvigatelini tormozlash sinovlari


Download 110.47 Kb.
bet2/2
Sana02.04.2023
Hajmi110.47 Kb.
#1320110
1   2
Bog'liq
8-mavzu Ichki yonuv dvigatellarni tormozlash stendlarida sinash.

Elektrik tormozlar. Elektrik tormozlar sinalayotgan dvigatel yordamida xarakatga keltirilib dvigatel mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan va iste’molchiga uzatadigan generatordir.
Iste’molchi sifatida mexanik qarshilikka ega reostatdan, suyuqlik reostatidan yoki generatorni tashqi tarmoqqa ulashdan foydalanish mumkin.
Elektrik tormoz o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok mashinalari bo‘lishi mumkin.
O‘zgarmas tok mashinalari ancha oddiy va universal. Ular burchak tezliklarining keng diapazonlarida generator sifatida ishlatilishi mumkin. Bu mashinalarda dvigatelni yurgizib yuborish, aylantirib ko‘rish yoki uni ”sovuq” xolatda sinash uchun dvigatel sifatida qo‘llash mumkin. 6.1-rasmda AK tipidagi asinxron mashinali GOSNITI elektr stendining tuzilishi ko‘rsatilgan. Balansirli elektr mashina - asinxron elektr-dvigatel 1 yonssapfalari bilan tayanch 2 ning o‘zi o‘rnashadigan sharikli podshipniklarida joylashtirilgan. Stend asosi plita 3 ga tayanchlar 2 va mayatnikli tarozi mexanizmi 4 ustunlari maxkamlangan. Kardan vali 6 elektrdvigatel rotori va sinalayotgan IYOD vallarini biriktirib turadi. Elekt mashina valining aylanish chastotasi val bilan tishli uzatma orqali yuritiladigan elektr taxometrning datchigi 5 vositasida o‘lchab turiladi.
Stenddagi elektr mashinasi ikkita rejimda ishlashi mumkin: dvigatel va generator rejimlari. Elektr mashinasining dvigatel rejimdan IYOD ni sovuq xolatda aylantirish, ichki (mexanik) quvvat yo‘qotishlarni aniqlashda foydalaniladi.
Qurilma 1000 ayl/min gacha elektrdvigatel kabi, 1000 – 2000 ayl/min diapozonda esa generator kabi ishlaydi. Maksimal tormozlash quvvati n=2000 ayl/min da 82 kVt.
Tormoz momentini o‘lchash uchun mayatnik tipidagi tarozi mexanizmi 4 ishlatiladi. Maksimal burovchi moment 500 Nm, 380V kuchlanishli, 50 Gs chastotali elektr tarmoђidan foydalaniladi.
IYOD ni yuklama ostida sinashda elektr mashinasining generator rejimidan foydalaniladi. Bunda elektr mashinasi elektrik tormoz bo‘lib xizmat qiladi. Generator rejimida ishlayotgan elektr mashinasi rekuperatsiya koeffitsienti 0,85 gacha bo‘lgan elektr quvvati ishlab chiqaradi va bu quvvatni istemolchiga uzatish mumkin.

6.1-rasm. AK tipidagi asinxron mashinali GOSNITI elektr stendi: 1–asinxron mashina; 2 –tayanch; 3 – plita; 4 – tarozi mexanizmi; 5 –elektr taxometr datchigi; 6 – kardan vali
Tormoz mexanizmi IYOD ni sovuq aylantirib ko‘rishda va yuklama bilan ishlaganda xosil bo‘ladigan burovchi momentni aniqlash uchun xizmat qiluvchi mayatnikli kuch o‘lchagichdir.
Stendning elektr sxemasiga misol tariqasida 6.2 – rasmda STEU-40 stendining elektr sxemasi keltirilgan. Balansir elektr mashinasi BM faza rotorli asinxron elektrdvigatelidir. Elektr mashinasi ishlaganda rotorni aylantirish momenti uning statorida reaktiv moment xosil qiladi. Bu moment elektrodvigatel korpusini teskari tomonga burishga intiladi. Statordagi reaktiv moment rotorning aylantirish momentiga teng bo‘lgani uchun reaktiv momentni o‘lchab dvigatelni sovuq ќolda aylantirilgandagi tormoz momentini aniqlash mumkin.
Suyuqlikli(1-3% li kalsiy sodali suv) rostlovchi reostat VR(6.2-rasmga qarang) elektrodlari-plastinalari suvga botirila borilgan sari(elektr yuritmali vint mexanizmi vositasida) elektr mashinasi rotori cho‘lg‘amidagi aktiv qarshilikni o‘zgartirish xisobiga undagi tokni va buning oqibatida asinxron mashina vali aylanish tezligini ikkila rejimda dvigatel va generator rejimlarida o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Bakdagi suvni temperaturasi (50S ga yaqin) elektr yuritmali markazdan qochirma suv nasosissN yordamida suyuqlik bak g‘ilofida aylantirish xisobiga barqarorlab turiladi.


6.2-rasm. Tormoz stendining elektr sxemasi: R–rubilnik(ulagich); MP–magnit qo‘shgich; L–signal lampalari; BM – balansir mashinasi – faza rotorli asinxron elektrodvigatel; DVS – sinalayotgan IYOD; VR – rotor zanjiridagi suvli reostat;ssN – suvli reostatni sovutish uchunssirkulyar nasos
Elektrodvigateli ishga tushirishdan avval uni elektr tarmoqga rubilnik R yordamida ulanadi. Bunda signal lampalari L, yonib BM balansir mashinasining faza cho‘lg‘amlari kuchlanish ostida ekanligidan darak beradi. MP–magnit qo‘shgichning «Pusk» knopkalarini bosib va suvli reostat elektrodlarini asta-sekin botira borib elektr mashina BM rotoriva IYOD valini xarakatga keltiriladi. Elektrodlar qanchalik suvgv ko‘proq botirilsa, shunchalik rotorning aylanish chastotasi ko‘payaveradi.
O‘t oldirish (yoqilg‘i uzatish) tizimi ishga tushirilgandan, ya’ni sinalayotgan IYODni ishlashni boshlaganidan va uning vali aylanish chastotasi 1000 ayl/min dan oshganidan so‘ng elektr mashina BM generator ish rejimiga o‘tadi va sinalayotgan dvigatelni tormozlab tarmoqga elektr energiyasini bera boshlaydi. GOSNITI sinovlvri ma’lumotlariga ko‘ra, elektroenergiyani tarmoqga berish koeffitsienti 0,7 ni tashkil qiladi(tormozlash quvvati intervalida).
Tormoz stendi dvigatel ishini va butun stendni masofadan boshqarish pulti, masofali elektr taxometri, moylash tizimidagi moy bosimini o‘lchash manometri, karter moyi va sovutish tizimidagi suyuqlik temperaturasini o‘lchovchi masofali termometr bilan jiќozlangan.
Amaldagi GOSTlarga binoan IYODni sinash laboratoriyasi ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash ventilyatori, shovqindan ќimoya vositalari va boshqalar bilan jiќozlangan bo‘lishi kerak.
Download 110.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling