Ichki yonuv dvigatelini tormozlash sinovlari
Download 110.47 Kb.
|
1 2
Bog'liq8-mavzu Ichki yonuv dvigatellarni tormozlash stendlarida sinash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tormoz qurilmalari.
8-MAVZU ICHKI YONUV DVIGATELINI TORMOZLASH SINOVLARI UMUMIY MA’LUMOTLAR GOST:14846-81(STSEV-765-77) xalqaro standartiga binoan sinov stendi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘lchashga imkon berishi kerak: -dvigatel burovchi momenti ( 0,5% aniqlikda); -tirsakli val aylanish chastotasi (5% aniqlikda); -yonilg‘i sarfi (1% aniqlikda); -so‘rilayotgan havo temperaturasi (1% aniqlikda); -sovitish suyuqligi temperaturasi ( 2C aniqlikda); -bosim ( 200 Pa aniqlikda); -gaz yoqilg‘isi temperaturasi ( 2C aniqlikda); -o‘t oldirgich o‘zish burchagi (karbyuratorli IYOD uchun); -yonilg‘i berishning boshlanishi (dizel IYOD uchun tirsakli valning 1 burilishi). Sinov stendlarida tez ishga tushuvchi hamda dasturiy-boshqaruv elementlarga ega bo‘lgan elektr va elektron asboblar va qurilmalardan foydalaniladi. Olingan sinov natijalarini to‘plash va ular bilan ishlash EHM da bajariladi. Tormoz qurilmalari. Tormoz qurilmalari dvigatel valida har xil yuklamalar hosil qilish va turli yuklanishlarda yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Tormoz qurilmalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: -dvigatel tirsakli valiga berilishi kerak bo‘lgan sinov yuklamalarning turli qiymatlarini qanoatlantira oluvchi yuklamalarning va aylanish chastotalarining barqaror qiymatlarini hosil qila olishi; -rostlash va o‘lchashlarni aniq va ravon bajara olishi; -sodda tuzilishga ega bo‘lishi va yuklamani o‘lchash xatoliklarni hisobga olishga imkon berishi. Dvigatelni sinashga mo‘ljallangan tormoz qurilmalari maxsus plita-asosga yoki traktor shassiga o‘rnatilgan bo‘lish mumkin. Birinchi holda, ya’ni IYOD maxsus plita-asosga o‘rnatilganda uning vaziyatini tormoz qurilmasiga nisbatan rostlash mumkin. Ikkinchi holda dvigatel shassiga o‘rnatiladi va tormoz bilan quvvat olish vali (QOV) orqali bog‘langan bo‘ladi. Traktor ko‘tarish yoki tushirish qurilmasiga ega platformaga o‘rnatiladi. Tormozlash sinovlari traktor QOVi orqali bajaril-ganda traktor qiyaligi 1dan oshmaydigan gorizontal tekis-likka o‘rnatiladi. QOVni tormozlash qurilmasiga ulash uchun ikki sharnirli kardan validan foydalanish tavsiya etiladi. SHarnirlarning bir-biriga nisbatan siljish burchagi 2 dan oshmasligi lozim. Dvigatelni sinashni QOV orqali amalga oshirish quyidagi afzalliklarga ega: -sinovlarni tormozlash qurilmasida va dalada bir xil rostlangan xolda o‘tkazilgandagi natijalarni bir-biri bilan solishtirish imkoniyati bo‘ladi; -traktor ishlab chiqarilgan korxonada yiђilgan ќolda sinaladi(dvigatel shassidan echib olinganda sinov natijalarida ayrim noaniqliklar yuzaga kelishi mumkin); -dvigatelni maxsus plitaga o‘rnatish, tormoz qurilmasiga ulash va bo‘shatib olish bilan boђliq vaqt va mablaђ sarfi bo‘lmaydi. Dvigatelni sinashga mo‘ljallangan tormoz qurilmalari balansirli dinamometrlar deb ќam atalishi mumkin. CHunki bu qurilmada sinalayotgan dvigatel burovchi momentini topish tormoz korpusini balansirga osib, ќosil bo‘lgan burovchi momentni o‘lchashga asoslangan. Tormoz korpusi osilgan ќolatda bo‘ladi va torozi mexanizmi bilan prizma orqali boђlanadi. Torozi ko‘rsatgichi P ni uning elkasi L ga ko‘paytirib burovchi moment M=PL va quvvat aniqlanadi: bu erda, - tormoz valining burchak tezligi, c-1 . IYOD sinash uchun elektrik yoki gidravlik tormoz qurilmalaridan foydalaniladi. Gidravlik tormoz qurilmalari o‘ta katta quvvatga ega bo‘lgan dvigatellarni sinashda qo‘llaniladi, chunki gidravlik tormozlar gabarit o‘lchamlari jiќatidan elektrik tormozlarga nisbatan ancha kichik va qulayroq. Download 110.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling