Labarotoriya ishi №4 Mavzu: Dvigаtеlning tоrmоzlаsh sinоvlаri. Tormozlash sinovlari natijasida dvigаtеlning rеgulyatоr хаrаktеristikаsini qurish. Ishdan maqsad


Download 141 Kb.
bet1/5
Sana20.01.2023
Hajmi141 Kb.
#1105274
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Лаборатория иши


Labarotoriya ishi № 4
Mavzu: Dvigаtеlning tоrmоzlаsh sinоvlаri. Tormozlash sinovlari natijasida dvigаtеlning rеgulyatоr хаrаktеristikаsini qurish.


Ishdan maqsad:
1. Ichki yonuv dvigatilining quvvat va yonilg’i sarfini tekshirishga mo`ljallangan KИ-4893 tormozlash stentining konustruksiyasini o`rganish.
2. Ichki yonuv dvigatilining texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari: quvvat, burovchi moment, solishtirma va bir soatdagi yonilg’i sarfini aniqlash.


Topshiriq:
Uskunalar va foydalniladigan ashyolar. KИ-4893 sinov stendi. Stend quyidagi qismlardan tuzilgan:
- ichki yonuv dvigateli;
- tormizlash qurilmasi;
-dvigatelni tormoz bilan ulovchi kardanli val;
-dvigatel ishlashini taminlovchi tizim;
- sinovlarni olib borishni taminlovchi nazorat-o`lchov asboblari va qurilmalari.
- boshqaruv puliti.
Gost -14846-81 hujjati (sinov natijalari bilan ishlash metodikasi).


Qisqacha nazariy malumotlar.
GOST:14846-81 (СТСЭВ-765-77) ga binoan sinov stenti quyidagi ko`rsatkichlarni o`lchashga imkon berishi kerak:
- dvigatel burovchi momenti (0,5% aniqlikda);
- tirsakli va aylanish chastotasi (5% aniqlikda);
- yonilg’i sarfi (1 % aniqlikda):
- so`rilayotgan havo temperaturasi (1 % aniqlikda):
- sovitish suyiqligi temperaturasi (2 C % aniqlikda):
- bosim (200 Pa aniqlikda)
- gaz yoqilg’isi temperaturasi (2C an )
- o`t oldirgich o`zish burchagi (karbyuratorli ichki yonuv dvigateli uchun);
- yonilg’i berishning boshlanishi (Dizel ichki yonuv dvigateli uchun tirsakli valning 1ga burilishi ).
Sinov stentlarida tez ishga tushuvchi va dasturiy-boshqaruv elementlarga ega bo`lgan elektr va elektron asboblar va qurilmalardan foydalaniladi. Olingan sinov natijalarini to`plash va ular bilan ishlash EHM da bajariladi.


Tormoz qurilmalari.
Tormoz qurilmalari dvigatel valida har xil yuklamalar hosil qilishi va ularni o`chash uchun xizmat qiladi. Tormoz qurilmalari quydagicha talablarga javob berishi kerak:
1.Dvigatel tirsakli valiga berilishi kerak bo`lgan sinov yuklamalarning turli qiymatlarini qanoatantira olivchi yuklamalarning va aylanish chastotalarining barqaror qiymatlarini hosil qila olishi;
2.Rostlash va o`chashlarni aniq va ravon bajara olishi;
3.Sodda tuzilishga ega bo`lishi va yuklamani o`lchash xatoliklarni hisobga olishga imkon berishi.
Dvigatelni sinashga mo`ljallangan tormoz qurilmalari shassiga o`rnatilmagan yoki o`rnatilgan bo`lish mumkin. Birinchi holda dvigatel asos plitaga o`rnatilgan bo`lib uning vaziyatini tormozga nisbatan rostlash mumkin. Ikkinchi holda dvigatel shassiga o`rnatiladi va tormoz bilan quvvat olish vali (QOV) orqali bog’langan bo`ladi. Traktor ko`tarish yoki tushirish qurilmasiga ega platformaga o`rnatiladi.
Tormizlash sinovlari traktor QOV i orqali bajariladiganda traktor qiyalik vaziyati 1 oshmaydigan gorizantal tekislikka o`rnatiladi. QOV ni tormizlash qurilmasiga ulash uchun ikki sharnirli kardan validan foydalanish tavsiya etiladi. Sharnirlarning bir-biriga nisbatan siljish burchagi 2dan oshmasligi lozim.
Dvigatelni sinashni QOV orqali bajarish quydagicha avzaliklarga ega:
- sinovlarni tormozlash qurilmasida va dalada bir xil rostlangan xolda o`tkazishdagi natijalalarni bir-biri bilan solishtirsh imkoniyati bo`ladi.
- traktor zavodda yig’ilgan holda sinaladi (dvigatel shassidan yechib olinganda sinov natijalarida ayrim noaniqliklar yuzaga kelishi mumkin);
- dvigatelni maxsus plitaga o`rnatish, tormoz qurilmasiga ulash va bo`shatib olish bilan bog’liq vaqt va mablag’ sarfi bo`lmaydi.
Dvigatelni sinashga mo`ljallangan tormoz qurilmalari balansirli dinamometrlar deb ham atalishi mumkin. Chunki bu qurilmada sinalayotgan dvigatel burovchi momentini topish tormoz korpusini balansirli osib, hosil bo`lgan burovchi momentni o`lchashga asoslangan.
Tormoz korpusi osilgan holatda bo`ladi torozi mexanizmi bilan prizma orqali bog’lanadi. Torozi ko`rsatgichi P ni uning yyelkasi 1 ga ko`paytirib burovchi moment M = P  1 va quvvat topiladi:

Bu yyerda,  - tormoz valining burchak tezligi, s-1 .


IYOD sinash uchun elektrik yoki gidravlik tormiz qurilmalaridan foydalaniladi. Gidravlik tormoz qurilmalari o`ta katta quvvatga ega bo`lgan dvigatellarni sinashda qo`llaniladi, chunki gidravlik tormozlar gabarit o`lchmlari jihatidan elektrik tormozlarga nisbatan ancha kichik va qulayroq.





Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling