Labarotoriya ishi №4 Mavzu: Dvigаtеlning tоrmоzlаsh sinоvlаri. Tormozlash sinovlari natijasida dvigаtеlning rеgulyatоr хаrаktеristikаsini qurish. Ishdan maqsad
Download 141 Kb.
|
4-Лаборатория иши
Ishni bajarish tartibi.
1. Stendni ishga тushirishdan oldin: texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari bilan tanishish; stenddagi qurilmalarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; dvigatelni yurgizish va uni har xil rejimlarda ishlashini boshqarish qoidalari bilan tanishib chiqish. o`qituvchi boshchiligida tormoz qurilmasining butligi, uning qismlari ishonchli maxkamlanganligi, himoya to`siqlarining joyida ekanligini qarab chish. 2. Dvigatelni yurgizish, uni barqaror ishlash rejimiga qizdirish. Bunda sovutish Suyuqligi temperaturasi 75 – 80 C, motor moyi temperaturasi esa 80-100C ni tashkil qilish lozim. 3. Dvigatel salt ishlanganda tirsakli val aylanish chastotasi aniqlash. 4. Suyuqlikli reostatning “yuklash” (“Нагружение”) tugmasini bosib, ushbu dvigatel uchun minimal va barqaror chastotasida aylangan holatdagi maksimal yuklama qiymati aniqlanadi. Dvigatel ko`rsatgichlari barqaror ish rejimida ya’ni burovchi moment, aylanish chastotasi hamda sovitish suyuqligi va moy temperaturasining o`lchash paytidagi o`zgarishlari 2% dan ochmaganda aniqlanadi. Aylanish chastotasi, burovchi moment, yonilg’i sarfi va tajriba vaqti aniqlab 1- jadval kiritiladi. Aylanish chastotasi 200÷300 ayl/daq ga kamayadigan qilib dvigatel yuklamasi qisman kamytirib boriladi (tormoz yuksizlantiriladi) va har bir tezlik rejimida aylanish chastotasi, burovchi moment va yonilg’i sarfi o`lchanadi. Tavsiflarni aniqlashda har bir parametrni o`lchash 7 – 8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi. Bunda quydagi parametrlarni topish talab qilinadi: tirsakli val maksimal va minimal aylanish chastotalari mos keluvchi burovchi moment; maksimal burovchi momentga mos keluvchi aylanish chastotasi minimal yonilg’i sarfiga mos keluvchi burovchi moment. karbyuratorli dvigatel uchun aylanish chastotasini cheklagichning ishlay boshlash nuqtasiga to`g’ ri keluvchi burovchi moment. Sinovlar tugagach dvigatel tirsakli vali aylanish chastotasini quydagi ketma – ketlikda kamaytiriladi: “ko`tarish” (“подьем”) tugmasi bosiladi (elektr tormozini yuksizlantirish); yonilg’i uzatish kamaytiriladi; “cтоп” tugmasi bosilib stend ishdan to`xtatiladi. Sinov natijalari bilan ishlanadi va 1 – jadval to`ldiriladi. Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling