Ida tushuncha. Sensor tarbiyasining va


Download 46.8 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2023
Hajmi46.8 Kb.
#1140330
  1   2
Bog'liq
1404014176 49868


Sensor tarbiyasi
Reja:

  1. Sensor tarbiyasi haqida tushuncha.

  2. Sensor tarbiyasining vazifasi va mazmuni.

  3. Sensor tarbiyasining usullari.



Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» kabi kobiliyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim о‘rin tutadi. Sensor tarbiyasi tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Demak, bola tasavvurining asosini bevosita sezish orkali idrok kilish mumkin. Bunday tasavvurlarning anikligi, tо‘laligi, sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Sensor tarbiyasi sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir.
«Sensor» sо‘zi lotincha suzdan olingan bulib «sensus»-«tuyg‘u», «sezgi», «idrok», «sezish kobiliyati» ma’nolarini anglatadi.
Demak borliqni bilish avvalo sezish idrok kilishdan boshlanadi. Inson kо‘rish, eshitish, anglash xis kilish yordamida tevarak atrofdagi narsa va xodisalar tо‘g‘risida bilimga ega bо‘ladi. Insonda fakat shular asosidagina xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlar xosil bо‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalar akliy bilimining 9/10 kismini sezish orkali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bulsa, insonning atrofdagi olam xakidagi tasavvurlari shunchalik keng bо‘ladi.
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Bolalarning akliy estetik jismoniy va mexnat tarbiyasini shakllanishida sensor tarbiya muhim о‘rin tutadi.
Ayniksa maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Shuniig uchun bu davrda sensor tarbiya muhim о‘rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda xissiy bilish kobiliyatlarini shakllantirishga sezgi idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sensor tarbiyaning mazmuni va metodi ruxshunoslik fanida idrok va sezgini rivojlantirish muammosi kanday talqin qilinishi bilan belgilanadi. Fanda bu muammoni xal etish turlicha yoritilgan. Pedagogika tarixida esa sensor tarbiyasining xar xil sistemasi kursatilgan.
О‘tmishdagi pedagoglar Fribel, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan sistema bolalarning qо‘lidagi mayda muskullarini rivojlantirishga, rang va uning turlari, shakl va xajmi yuksak darajada farq qilishga erishishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi.
Maktessorining didaktik materiallari о‘z-о‘zini nazorat
kilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bо‘lib, bolalarga
pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug‘ullanish imkonini
berar edi. Ammo sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning
о‘sishi, samarali faoliyat bilan bog‘lanmas edi deydi. Yukoridagi allomalar tomonidan ilgari surilgan ta’limot ayniksa xozirgi ta’lim-tarbiya jarayonida keng qо‘llanilmokda. Bu usullardan foydalanish bolalarni xar tomonlama ham aqliy ham jismoniy rivojlanishiga ularning ongi, aqli va xissiy tuyg‘ularini shakllanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Shu bois xozirgi kunda barcha maktabgacha tarbiya muassasalarida ushbu metodlardan keng qо‘llanishga erishilmokda.Buning uchun, barcha tarbiyachilar mazkur metodlardan keng qо‘llash maksadida xar bir guruh xonalarida aloxida-aloxida burchaklar tashkil etganlar.
Shuningdek pedagog va ruxshunos olimlar sensor tarbiyaning xilma-xil faoliyat turlari jarayonida faoliyatning tasviriy-amaliy musiqali xarakat turlarida bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirishda amalga oshirish muximligi tо‘g‘risidagi yangi sistemani yaratdilar. Ular bunday sistemaning mazmuni, metod va nazariyasini ishlab chiqdilar. Istiqlolni qо‘lga kiritilishi barcha soxalar singari maktabgacha tarbiya muassasalari oldida ham kator vazifalarni belgilab berdi. Ayniqsa yukorida qayd etilgan olimlarimiz tomonidan о‘rganilgan usul va metodlar maktabgacha yosh davridagi bolalarning rivojlanishiga qanchalik ta’sirchanligi yuqori ekanligiga shak-shubxasiz aloxida e’tibor talab qilinmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida esa «Mantissorin», «Trizs» kabi metodlardan qо‘llash katta samara bermoqda.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda xamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» qobiliyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muxim о‘rin tutadi. Bunday tarbiyani qо‘llashdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qobiliyatlarini shakllantirish, о‘stirish va rivojlantirishga qaratilgan. Sensor tarbiya qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini nominigina bilishi yetarli bо‘lib qolmay, , balki ular buyumlarni chukkurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bо‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir deb biladi. Shuning uchun tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga aloxida e’tibor berishi lozim bо‘ladi. Tarbiyachi bolalarga biror topshiriq berganida, masalan; buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib quyishda ularni og‘irligini xis kilish, buyumni kо‘lga olib uning sirtini sezish va sifatini silliq yoki g‘adir -budurligini, issik yoki sovukligini va shunga о‘xshashlarni aniklashi kerak.
Bolalarning yoshi ulg‘ayib, xayot tajribalari ortishi, sharoitlarning о‘zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qо‘yiladigan talab ham murakkablashadi.
Navbatchilar barakalarning katta kichikligi, chukur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og‘irligini, sirtining silliqligini xis qiladilar.
Sensor tarbiyaning mazmuni о‘z ichiga tevarak atrofdagi xamm sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning xamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi.
Bu yoshdagi bolalarga ranglarni farq qilish va ularning nomini aytish о‘rgatiladi, rang tuslari bо‘yoqlari xaqida tasavvurlar shakllantiriladi.
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applekatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga extiyoj paydo qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar butun yil davomida tabiyat bilan tanishtirib boriladi. Ularga о‘simliklarni, qushlarni, xayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu esa yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «oldinga», «orqaga», «tepada», «pastda», uzoq-yaqini «chapda, о‘ngda» kabi fazoviy tasavvurlarni о‘zlashtirib oladilar.
Bolalar kо‘proq tabiyat bilan aloqada bо‘lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta’sirlanishi xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatirlashi va momaqaldiroqning gumbirlashini diqqat bilan tinglashga о‘rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri tekshirishdir.
Tekshirish – buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bо‘lib, uning natijalaridan kerakli jarayonlarda foydalanadi. Buyumlarning xususiyatlarini nomini va ta’rifini aniqlash ularni ma’lum bir xossalariga kо‘ra taqqoslash uchun didaktik о‘yin yoki qо‘llanmalardan foydalanish mumkin.
Ulardan bolalar bilan olib boriladigan xilma-xil mashg‘ulotlarda mexnit kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida keng foydalanish mumkin.


Download 46.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling