Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz.
Identifikatsiya nima?
Avvalambor ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak:
Identifikatsiya — bu subyektni, uning identifikatori (boshqachasiga aytganda bu ism, login yoki raqam bo‘lishi mumkin) yordamida tanib olish protsedurasidir.
Identifikatsiya biror-bir tizimga (masalan, operatsion tizimga yoki elektron pochta xizmatiga) kirishga uringan paytingizda amalga oshiriladi.
Murakkabmi? Keling unda misollarga o‘tamiz, birato‘lasi identifikator tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz.
VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi identifikatorga misol
Bizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq qilishsa nima qilamiz? To‘g‘ri, “Kim bu?” deb so‘raymiz, ya’ni ismini bilamiz. Ushbu holatda ism aynan identifikatordir, suhbatdoshimizning javobi esa — identifikatsiya hisoblanadi.
Identifikator bo‘lishi mumkin:
- telefon raqami;
- pasport raqami;
- E-mail;
- ijtimoiy tarmoqdagi sahifa raqami va hokazo.
Identifikatorlar va ID haqida batafsil ushbu maqolada o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz.
Autentifikatsiya nima?
Identifikatsiyadan so‘ng autentifikatsiya amalga oshiriladi:
Autentifikatsiya – bu haqiqiylikni tekshirish protsedurasidir (foydalanuvchi parol yordamida, xat elektron imzo yordamida tekshiriladi va hokazo)
Kimningdir haqiqiyligini aniqlash uchun uch faktordan foydalanish mumkin:
1. Parol – bu bizning bilganimiz (so‘z, PIN-kod, qulf uchun kod, grafik kalit)
2. Vosita – bu bizdagi mavjud narsa (plastik karta, qulfning kaliti, USB-kalit)
3. Biometrika – bu bizning muayyan bir qismimiz (barmoq izi, portret, ko‘z to‘r pardasi)
Barmoq izi autentifikatsiya qilish uchun parol sifatida qo‘llanilishi mumkin
Har safar qulfga kalitni kiritganingizda, parolni terganingizda yoki barmog‘ingizni barmoq izi sensori ustiga o‘rnatganingizda, siz autentifikatsiyadan o‘tasiz.
Autentifikatsiya nima ekanligi tushunarli bo‘ldi, deb umid qilamiz va keyingi atamaga o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |