Identifikatsiya nima ekanligini bilib olish lozim. Buni oddiy tarzda tushuntirishga harakat qilaman. Ko'pgina veb-saytlarga kirganingizda, foydalanuvchi nomini kiritasiz login


Download 30.83 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi30.83 Kb.
#1207231
1   2   3   4
Bog'liq
Audentifikatsiya

Avtorizatsiya nima?


ID’ni aniqlashtirib, haqiqiyligi tekshirilganidan so‘ng foydalanishga ruxsat berish, ya’ni avtorizatsiya qilish mumkin hisoblanadi.
Avtorizatsiya – bu qandaydir manba (masalan, elektron pochta)dan foydalanishga ruxsat berish.
Keling ushbu jumboqli avtorizatsiya nima ekanligini misollarda ko‘rib chiqsak:
- qulfda kalitni aylantirganimizdan so‘ng eshikning ochilishi;
- parolni kiritganimizdan so‘ng elektron pochtaning foydalanish uchun ochilishi;
- barmoq izi skanerlanganidan so‘ng smartfonning bloklanishdan chiqishi;
- pasport va hisob raqamimiz haqidagi ma’lumotlar tekshiruvidan so‘ng bankdagi raqamidan foydalanish uchun ruxsat taqdim etilishi.

Eshik ochildimi? Siz avtorizatsiyadan o‘tdingiz!

Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya munosabatlari


Ehtimol, ushbu uch protseduraning bir-biri bilan bo‘g‘liq ekanligini taxmin qilib ulgurgandirsiz:
1. Avval nom (login yoki raqam) aniqlashtiriladi – identifikatsiya;
2. So‘ngra parol (kalit yoki barmoq izi) tekshiriladi – autentifikatsiya;
3. Yakunda foydalanish uchun ruxsat beriladi – avtorizatsiya.

Infografika: 1 — Identifikatsiya; 2 — Autentifikatsiya; 3 — Avtorizatsiya

Avtorizatsiyadagi xavfsizlik muammolari


“Qizil shapkacha” ertagida buvisi nevarasiga uyga kirishga ruxsat berishini eslaysizmi? Avval buvisi eshik ortida kim turganini so‘raydi, so‘ngra Qizil shapkachaga eshikni qanday ochishni tushuntiradi. Bo‘riga esa uyga kirib olish uchun nevaraning ismini va uyning joylashuvini bilishning o‘zi yetarli bo‘lgan.
Ushbu hikoyadan qanday xulosaga kelish mumkin?
Avtorizatsiyaning har bir bosqichi diqqat bilan ko‘rib chiqilishi, identifikator, parol va avtorizatsiya prinsipining o‘zi esa sir saqlanishi lozim.
Download 30.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling