Idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari reja


Download 114.55 Kb.
bet2/7
Sana10.11.2023
Hajmi114.55 Kb.
#1765318
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IDORAVIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Hujjat va uning turlari
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi: Tuzilish o‘rniga ko‘ra:

  • ichki hujjatlar - ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlar;

  • tashqi hujjatlar – boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar.

Mazmuniga ko‘ra:

  • sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi;

  • murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.

Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:

  • xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon;

  • namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;

  • qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.

Tegishlilik jihatiga ko‘ra:

  • xizmat hujjatlari muassasa yoki mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi (bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma va sh.k);

  • shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yoziladi (shaxsiy ariza, shikoyat, ishonchnoma, tarjimayi hol va sh.k).

Tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra:

  • qoralama;

  • asl nusxa;

  • ikkinchi nusxa (dublikat);

  • ko‘chirma.

Xizmat mavqeyiga ko‘ra:

  • tashkiliy hujjatlar – nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar;

  • farmoyish hujjatlar – buyruq, ko‘rsatma, farmoyish;

  • ma’lumot–axborot hujjatlar – dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma va sh.k;

  • xizmat yozishmalari mazmunan xilma – xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat xati kabilar aks ettiriladi. Shu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqador.




Download 114.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling