Idrok va kasb tanlash
Download 39.38 Kb.
|
IDROK VA KASB TANLASH REFERAT
IDROK VA KASB TANLASH. REJA: 1. Idrokning asosiy xossalari va turlari. 2. Kasb tanlashda Kasbiy talimning muhim vazifalari 3.Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar 1. Idrokning asosiy xossalari va turlari. Idrokning asosiy xossalariga predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, konstantlik, anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi. Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi.[1] Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi. Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan. Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi. Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi. Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi. Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi. Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir.1[3] Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi. Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi. Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi. Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato anglaymiz. Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati motivlari, uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi. Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi shovqinlarni eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol munosabat bildiradi. Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.[1] Idrokning anglanganligi. Perseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab, ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi. Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida axborot oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil ob’ektga tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning belgilar to‘plamining tarkibiga yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni xotirada izlash jarayoni sodir bo‘ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo‘ladi. Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa shakllanadi. Shunday qilib, idrok – bu ahamiyatga molik darajadagi intellektual jarayon. Idrok deb narsa yoki xodisalarning inson ongiga bevosita ta’sir etishi natijasida tartibga solinib,aloxida sezgilarni narsa va vokealarni yaxlit bir obrazi tarzida birlashtirib aks ettirilishiga aytiladi. Idrok kuzgovchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan fark kilib narsani butunligicha, uning xamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bundan idrok ayrim sezgilarning oddiy yigindisidan iboratdir degan xulosa kelib chikmaydi. Idrok uziga xos xususiyatlarga ega bulgan xissiy bilishning sifat jixatidan yangi boskichidir. Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilganligi, anglanganligi, konstantligi uning muxim xususiyatlaridir. Idrokning predmetliligi deganda uning anik bir predmetga karatilishini tushunamiz. Idrokning yaxlitligi deganda narsa va xodisalarni yaxlitligicha ongimizda aks ettirishni tushunamiz. Idrok sezgi a’zolariga ta’sir kiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farkli ularok,narsalarning yaxlit obrazidir. Idrokning konstantligi xam uning muxim xususiyatlaridan biridir. Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shakli, katta kichikligi, rangi va shu kabilarni nisbatan uzgarmas tarzda idrok kilamiz Masalan, teatrda utirgan odamlarning yuzlariga uzokdan karasak, ular bizga uzgarmas, xakikiy odamlardek kurinadi, aslida kuz tur pardasiga uzokdagi narsalarning aksi kichik bulib tushadi. Yoki yukori etajdan turib pastga karasak odamlar, mashinalar juda kichik bulib kurinadi, lekin biz ularni uz xolicha idrok kilamiz. Yukorida bayon kilinganlardan ma’lumki,odamning tajribasi,bilimi,xayol va tafakkurining faoliyati,xissiyot va dikkati,umuman odam psixikasining xamma mazmuni idrokda namoyon buladi. Bu psixik xayotning idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir kursatuvchi mazmuni appersepsiya deb ataladi. Ayni bir narsa yoki xodisani ayrim kishilarning idrok etishida kurinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan buladi. Bu xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga boglik xususiyatlardir. Kishilar ayni bir narsa yoki xodisani yoshlari, ma’lumoti, turmush tajribasi, kasbi,temperament,xarakter, kobiliyat va kizikishlarida kurinadigan shaxsiy xususiyatlariga karab xar xil idrok etadilar. Idrok turlariga kuyidagilar kiradi: Fazoni idrok kilish. Vaktni idrok kilish. Xarakatni idrok kilish. Fazoni idrok kilish tugrisida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi shakllarini, katta-kichikligini va fazodagi uzaro munosabatlarini tushunamiz. Ma’lumki, fazodagi shakllarga karab uch burchakli, turt burchakli, kub, silindir kabilarga ajratiladi. Narsalar katta - kichikliga karab katta, kichik, urtacha deyiladi. Fazodagi munosabatlariga karab bizga nisbatan yakin yoki uzok, bizdan ung tomonda yoki chap tomonda, yukorida yoki pastda deyiladi. Biz faozoni asosan kuzimiz orkali idrok kilamiz. Uni bir kuz bilan (monokulyar) va ikki kuz bilan (binokulyar) idrok kilish mumkin. Kuz gavxarining, umuman, kuzning ravshan kurish uchun uygunlashuvini akkomadatsiya deb ataymiz. Konvergatsiya ma’lum bir narsaga karaganda ikkala kuz sokkasining kanshar tomon barobar burilishidir. Idrok kilinayotgan narsa kanchalik yakin tursa, kuz sokkalari bir-biriga, ya’ni kanshar tomonga shunchalik yakin buriladi,kurish uklari xam bir-birini shunchalik yakin kesib utadi. Kuz konvergensiyasi ayniksa masofani, yirokni,chukurlikni, eng anik, raso idrok kilishga imkon beradi. Fazoni biz fakat kurish orkali idrok kilmasdan balki teri-tuygu va muskul-xarakat sezgilari orkali xam idrok kilamiz. Maydarok narsani shaklini,ularning katta-kichikligini,xolatini teri sezgisi bilan ya’ni ushlab kurib idrok kilamiz. Biz idrok kilib turgan narsa va xodisalar ma’lum bir vakt (zamon) davomida paydo buladi,tarakkiy kiladi va uzgarib boradi. Vaktni idrok kilishni vakt «bulaklarini » soat va xronometrik asboblar yordamida ulchash deb tushunish yaramaydi. Kishi xuddi bir xilda bulgan vakt bulagi «minut, soat yoki kun» ning ob’ektiv davomini xamisha bir xilda sezavermas ekan. Ba’zan bir soat bir dakikaday tez utib ketadi yoki bir kun bir yildek tuyuladi. Biz vaktni «uning tuxtovsiz borishi,chuzilishi va davomini» idrok kiladigan maxsus bir organga ega emasmiz. Utayotgan vakt avvalo atrofimizdagi narsa va xodisalarning uzgarib va almashinib turishidan bilinadi. Shu sababli vaktni idrok kilish xamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan boglangan deb aytish mumkin. Maxsus mashk kilib, utayotgan vaktning ayrim xissalarini mumkin kadar anik belgilay bilish kobiliyatini ustrish mumkin. I.P.Pavlov itlarda ovkatning kelish vaktini xis kiladigan shartli reflekslar xosil kilgan edi. Bunday refleksni odamlarda xosil kilish mumkin. Xarakatni idrok kilish deb narsalarning fazoda urin almanishini idrok kilishga aytiladi. Xarakatni idrok kilish xayotiy muxim axamiyatga egadir. Xarakatni idrok kilishga imkon beradigan usullardan ikkinchisi ob’ektning xarakatiga kuz bilan karab turishdir. Bunda xarakat kilayotgan oh’ektning tasviri kuz tur pardasiga nisbatan bir oz xarakatsiz bulib koladi. Birok biz, shunday bulsa xam, ob’ektning xarakatini kuramiz. Eshitish analizatori yordami bilan xam xrakatni idrok kilish mumkin. Bunda tovush manbai bizga yakinlashgan sari tovush baland eshitiladi. Aksincha manba uzoklashgan sari tovush pasayib eshitiladi. Masalan, uyning ichida turib kuchadan mashina utayotganligini bilamiz. Illyuziya deb atrofdagi narsa va xodisalarni notugri idrok kilishga aytiladi. Buni geometrik illyuziyalar deb nom olgan illyuziyalarda yakkol kurish mumkin. Masalan, uzunligi barovar bulgan ikki chizikning boshiga ikki xil strelkalar chizilsa, strelkasi tashkariga karagan chizik unisiga nisbatan uzun bulib kurinadi. Idrok kilib turgan shaxsning psixikasida ruy beradigan uzgarishlar bilan boglik tasodifiy illyuziyalar xam buladi. Masalan, chulda suvsagan kishi uzokda yarkirab turgan shurxok yerni kul deb uylashi yoki urmondagi tunka kurkok odamning kuziga bironta yitkich xayvonga uxshab kurinishi mumkin. Illyuziyalar xatto nutkda xam uchraydi. Masalan, gox vaktda, kishi «men boshkacha tushunibman» deydi. Gallyusinatsiya tashki olamda yuk narsalarni idrok kilishdir. Yuk narsalarning kuzga kurinishi, yuk ovozning eshitilishi, yuk xidning dimokka urilishi gallyusinatsiyadir. Gallyusinatsiya paytida kishi guyo bir narsani anik kurgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek tuyuladi. ADABIYoTLAR Umumiy psixologiya. A.V.Petrovskiy taxririda.T.., 1992. 269-317 betlar Ivanov P.I. Umumiy psixologiya. T.., 1969.98-164 betlar Anahev B.G. Psixologiya chuvstvennogo priznaniya. M..,1978 Kravkov .S.V. Glaz i yego rabota. M.., 1978 Artomonov.I.D Illyuziya zreniya.M.., 1985 Xrestomatiya po oщuщeniyu i vospriyatiyu M., 1975. Gonobolin F.N. Psixologiya .T. , 1976. 54-73 betlar. Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling