Idrok va uning xususiyatlari


Download 17.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.02.2023
Hajmi17.26 Kb.
#1188613
Bog'liq
IDROK VA UNING XUSUSIYATLARI



IDROK VA UNING XUSUSIYATLARI 
IDROK – atrofdagi narsa va hodisalar, predmetlarni yaxlit holada ongimizda 
aks ettirishi. Tirik organizmning ma`lumotlarini qabul qilib , qayta ishlash jarayoni. 
Organizmda obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan yangi 
vaziyatlarni baxolab , shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi. Sezgi 
a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa – hodisalar obrazlarini kishi ongida bir 
butun holda aks ettirilishi. Inson ayrin yorug` yoki rangli, tovushlar yoki 
aloqalarning o`rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar murakkab 
vaziyatlar dunyosida yashayadi. Inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning 
ko`z o`ngida yaxlit tasvirlar ko`rinishida namoyon bo`ladi. Idrok jism va 
hodisalarni, ularning his- tuyg`u, organlariga bevosita ta`sir ko`rsatishda yaxlit aks 
ettirish psixik jarayon. ,, Sergi va idrok “ tushunchalari o`zaro bir biri bilan 
bog`liqdir, lekin ular o`rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo`shilish natijasida 
ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit 
jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o`tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan 
asosiy farqi, bizga ta`sir o`tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya`ni, jismni barcha 
hossalari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat. Idrok bu 
sezgilarning oddiy yig`indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqara, 
avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek hotira jarayonlari 
qatnashadi. Shuning uchun ko`p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb 
ataladi. Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyatlar mavjud. Bu 
nazariyatlarda asosiy e`tibor his tuyg`u organlariga ta`sir ko`rsatuvchi tashqi 
daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Idrok jarayonlari faqat tevarak – atrofdagi narsalarining sezgi organlarimizga 
ta`sir qilib turishlari natijasidagina emas, balki shu bilan birga idrok qilayotgan 
odam o`zining olamini bilish va amaliy faoliyatida yon atrofdagi narsalarga ta`sir 
ko`rsatishi natijasida ham vujudga keladi. Idrokning faolliligiga, avvalo unga 
bog`liq bo`lgan hissiy kechinmalar sabab bo`ladi. Bu his tuyg`ular, avvalo shu 
paytdagi idrok tarkibiga kiradigan sezgilarning emotsional ( hissiy ) tomonidan 


iborat bo`ladi. Idrok qilinayotgan narsa va hodisalar to`g`risida o`tmishda tug`ilgan 
taassurot va fikrlar bilan bog`liq hissiyot ham shu jumladandir. Ko`pincha odamning 
idrokiga shu paytta kechirayotgan bironta hissiyoti – shodligi, xushchaqchaqligi, 
g`amginligi, tajangligi va boshqa shu kabi tuyg`ulari ta`sir qilib, idrok qilinayotgan 
narsa yoki hodisaga ma`lum bir tus beradi. Shu sababli, kishining ta`bi xiralik 
vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanda g`amgin, ma`yusdek ko`rinadigan bo`lsa, 
ta`bi chog` vaqtida gular ,, kulib” turgandek, hamma yoq ,, quvnoq “ dek ko`rinadi 
va hokazo. His tuyg`ular idrok mazmunini jonli, yorqin qiladi, idrokni ma`lum bir 
tomonga yo`naltiradi. His tuyg`ular idrokning faollik darajasini kuchaytiradi, idrok 
sharoiti bo`lgan boshqa psixik jarayonlarning ildamlik darajasiga ta`sir qiladi: bu 
jarayonlarini qo`zg`atib faollashtiradi, Masalan, kishi qattiq vaximaga tushganda har 
bir arzimagan narsadan ham xavfsirayveradi, oddiy, arzimagan narsa ham nazarida 
allaqanday- dahshatli tuyiladi yoki kishi qattiq, xushvaqtlikda o`zini har narsadan 
mamnum sezadi, oddiy arzimagan narsalardan ham zavqlanaveradi, shuning uchun 
ham : ,, qo`rqqan ko`zga qo`sh ko`rinar “ yoki ,, guli – gun xayol “ deydilar. Idrok 
jarayonlaridagi diqqat g`oyat katta ahamaiyatga egadir. Diqqat idrokning faoliyatini 
oshiradi va idrokning mukammal, raso va ravshan bo`lishiga xizmat qiladi. Diqqat, 
faollik darajasifa qarab, ixtiyotsiz va ixtiyoriy bo`lmog`i mumki, shu sababli idrok 
ham ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bo`lmog`i mumkin. Muayyan bir obeyektni oldindan 
maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlamasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish 
jarayoni ixriyorsiz idrok deb ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni 
beixtiyor o`ziga jalb qilayotgan obyektlaning ta`siri bilan qo`zg`aladi; masalan, biz 
uzoqdan kelayotgan poyezd ovozini beixtiyor eshatamiz, tunda qirda yonayotgan 
alangani uzoqdan beixtiyot ko`ramiz. O`zining yorug`ligi, rang barangligi, harakati, 
hush ohangligi, kontrastligi bilan ajralib turadigan narsalar yoki hodisalar, odatta, 
beixtiyor idrok qilinadi, shuningdek, ayni vaqtda bironta ehtiyoj va 
manfaatlarimizga javob beradigan, shaxsiy tajriba va bilimlarimizga eng ko`p 
darajada muvofiq keladigan va biz uchun g`oyat katta ahamiyati bo`lgan obyektlar 
ham beixtiyor idrok qilinadi. Ixtiyorsiz idrok tetik, bardam vaqtimizda bizda 
to`xtovsiz bo`lib turadigan jarayondir. Oldin belgilangan maqsadga qarab muayyan 


bir oybektni idrok qilishni ixtiyoriy idrok deb ataladi. Badiiy bir rasmni ko`rish, 
dokladni e`tibor bilan eshtish, yozma ishlardagi imlo hatolarini chizib o`tish, 
operadigi ariyani tinglash, ko`pchilik orasida o`zimiz qidirgan bir shaxsni topib 
ajratish ixtiyoriy idrokka misol bo`la oladi. Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrokdan 
ayrilgan holda bo`ladigan jarayon emas. Ixtiyorsiz idrok ixtiyoriy idrok uchun go`yo 
,, fonn “ bo`lib xizmat qiladi. 

Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling