O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Angren universiteti
Download 69 Kb.
|
Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Kunisheva N.J. Angren-2023
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Angren universiteti “Falsafa” fanidan Mavzu: Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati. Mustaqil ish Bajardi : Raxmonova F. Guruh: 104 MT Tekshirdi: Kunisheva N.J. Angren-2023 Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati. Reja: Idrok Estetik idrok Estetik idrok xususiyatlari Xulosa. Foydali adabiyotlar. Inson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. «Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. SHuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat. Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni. Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi. Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan. Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda, mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi chuqur islohatlar davrida, fanlarning, shu jumladan, klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas. Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Estetik tafakkur taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va amaliy jihatlarini shakllanish, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal qila boshlaydi. Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi. Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi talablar, g‘oyalar va estetik ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, yangi ifoda usullari, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir. Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati qonuniyatlarini va marketiningni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, uning barobarida hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda, tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarida, dizaynda, keng qo‘llanmoqda va ular estetikaning obyektini toboro kengaytirmoqda. Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar (aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana va marosimlari, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb hisoblaymiz. Shuningdek, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani shakllanib bordi va rivojlandi. Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi, chunki estetika go‘zallikni san’atni, badiiy ijodni boshqalarni o‘rganadi. Estetik idrok - Idrok mazmunan keng qamrovli tushuncha bo`lib, mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o`ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o`rganishda insonga ko`mak beradi. Shuningdek, idrok jarayonining to`g’ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy omili hamdir. Bir so`z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a’zolarining ta’siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini namoyon qiladi. Badiiy ijodni idrok etish etish moddiy narsalarni idrok etishdan farqlanadi. Holbuki, moddiy predmet aksariyat hollarda o`zgarmas va ayni paytda kishida doimo bir xil taassurot qoldiradi. Badiiy asarni idrok etish natijasida inson voqelikka teran ko`z bilan nazar tashlashga, mavjud muammolarni nozik tuyg’ular yordamida hal etishga harakat qiladi. Shuningdek, badiiy idrok favqulodda o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, u hech qachon bir joyda to`xtab qolmaydi. Bunday holatni badiiy asarni qayta o`qish jarayonida kuzatish mumkin. Masalan, Tohir Malikning “ Shaytanat” asarini oladigan bo`lsak, undagi Asadbek obrazi kishilar tasavvurida ham ijobiy, ham salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Shunga ko`ra, ayrim toifa o`quvchilar Asadbekning qilmishlarini qoralasalar, boshqa bir kitobxonlar uning “marhamatini” yaxshililikka yo`yadilar.Eng ajablanarlisi shundaki, u qahramonlarni salbiy yoki ijobiylikka ajratishga hech kim to`sqinlik qilmaydi, aksincha, kitobxon ularni badiiy idrok qobiliyatlariga ko`ra farqlaydi. Estetik idrok ham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyatga molik tushunchadir. Negaki, estetik idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasining to`laqonli tarzda anglab yetish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Estetik idrok masalasi to`g’ridan-to`g’ri inson estetik tarbiyasiga dahldorligi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, estetik idrokning o`ziga xos xususiyati avallo, badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko`rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, estetik idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to`laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so`z bilan aytganda, estetik idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o`zlashtirilishi bilan namoyon bo`la boradi. Estetik idrokning shakllanishi jarayoni tadrijiylik asosida rivojlanib, ma’lum bir kuzatuvlardan so`ng yuzaga keladi. Holbuki, u hech bir davrda o`z-o`zidan tayyor holda shakllanib qolgan emas. Inson san’at asarini estetik idrok etishi bilan bir paytda o`zining ma’naviy ehtiyojini ham qondirib boradi. Ana shu ehtiyoj pirovardida uning turmush tashvishlarini biroz bo`lsa-da yengillashtirishga, hayotning murakkab so`qmoqlaridan matonat bilan o`tib borishiga ko`mak beradi, yangiliklar yaratishga undaydi. Zero, estetik idroki tarbiyalangan inson Navoiyning “Xamsa” sidan bunyodkorlik tuyg’ularini, Qodiriyning “O`tagan kunlar”idan vafodorlikni, Cho`lpon she’riyatidan Vatanga bo`lgan muhabbatni, Abdulla Qahhor hikoyalaridan tubanlik, pastkashlik, tilyog’lamachilikka qarshi nafrat tuyg’ularini, Chustiy she’riyatidan bahoriy kayfiyatni his etib boradi. Estetik idrok xususiyatlari to`g’risida gapirar ekanimiz, avvalo, badiiy asarni estetik idrok etishdagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim bo`ladi. Bu esa o`z navbatida badiiy asarni idrok etish bilan ilmiy asarni idrok etish orasidagi farqni belgilab beradi. San’at asarini idrok etishning o`ziga xosligi shundaki, san’atkor o`z ijodiy faoliyatini amalga oshirish rejasini oldindan belgilab oladi, badiiy to`qimalar yordamida “nomoddiy narsalarni “moddiylashtiradi”, ya’ni kitobxonni kutilmagan hodisalar bilan uchrashtiradi. Shunga ko`ra, san’at asarlarining vazifasi mohiyatan insonning estetik ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Ana shu jihat bilan san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish, ilmiy-nazariy asarni idrok qilishdan farq qiladi. Zero, ilmiy asarni tushunish uchun o`quvchi avvalo, mazkur sohaga doir bilimlardan xabardor bo`lmog’i lozim. Yo`qsa, bu asar uning uchun qiziqarsiz hamda tushunarsiz bo`lib qolaveradi. Badiiy asarning mohiyatining bilish yoki uning mazmunini o`zlashtirish uchun mazkur jarayonni maxsus o`rganishga ehtiyoj sezilmaydi. Negaki, insonning estetik idrok tabiatan ijodiy jarayonga yaqin bo`lib, bu holat inson kamolotining barcha pog’onalarida ishtirok qiladi. Shuningdek, ijodkor badiiy asarni yaratar ekan, avvalo, idrok qiluvchida asar qanday taassurot qoldirishi, asar qay tariqa o`quvchida kayfiyat uyg’ota olishi haqida o`ylaydi. Asarni idrok qilish natijasida yuzaga kelgan qayg’urish, achinish, junbushga kelish, zavqlanish singari botiniy holatlar o`z navbatida shaxsiy “men”ning yuzaga kelishiga sababchi bo`ladi. Qolaversa, estetik idrok jarayonida idrok qiluvchi (tomoshabin, o`quvchi, kitobxon va hokazo ) voqelikda kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo`ladi. Bularning barchasi pirovardida san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish uchun zamin yaratadi. Jismni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi. Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi. Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin. SHunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon. Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Xulosa. Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari, ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘rish proeksiyali sohasining faoliyati buzilganida markaziy ko‘zi ojizlik paydo bo‘ladi, ya’ni, periferiya – his-tuyg‘u organlarining to‘liq faoliyatida odam butunlay ko‘rish sezgilaridan mahrum bo‘ladi, u hech narsani ko‘ramaydi. Integrativ soha faoliyatining zarar ko‘rishi yoki izdan chiqishida jarayon boshqacha tus oladi. Odam alohida yorug‘ dog‘larni, qandaydir sharpalarni ko‘radi, lekin ko‘rganlarini tushunmaydi. Unga ta’sir etuvchilarni anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. Shunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar. Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Zebo Namozova, «Ma’rifat» muxbiri Sh.M. Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovon -lik garovi T.: O‘zbekiston 2017 -53 bet Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Moʻminov I. M. Oʻzbekistondagi tabiiyilmiy va ijtimoiyfalsafiy tafakkurtarixidan lavhalar, T., 1998; Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsii, T., 2000; Diogen Laerte kiy, O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenitix filosofov, M., 1979. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling