HISOBOTI
Magistratura talabasining o‘quv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyot bo‘yicha kalendar ish reja yuzasidan belgilangan fanlardan nazariy va amaliy mashg’ulotlarda qatnashib, masofaviy ta'limning texnik va dasturiy ta’minoti bilan tanishildi, masofaviy ta’lim platformalar bilan ishlash ko‘nikmalari hosil qilindi. Tanlangan magistrlik dissertatsiyasining rejasi tuzildi, mavzu bo‘yicha ilmiy materiallar to‘plandi, shuningdek, shu materiallar asosida mavzuning kirish qismi va reja bo‘limlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni yozildi. Shuningdek, professor o‘qituvchilarning, katta o‘qituvchilarning tajribalari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o‘tish usullarini o‘rganish maqsadida ochiq darslar kuzatildi va o‘rganilgan materiallar va orttirilgan tajribalar bo‘yicha mustaqil ishlar tayyorlandi.
O‘quv metodik ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyot bo‘yicha kalendar ish reja asosida o‘quv metodik ishlar olib borildi. Jumladan, kafedrada olib boriladigan fanlarning o‘quv dasturi bilan tanishib, ularni ishlab chiqish mexanizimi bilan tanishildi, belgilangan fanlardan o‘quv reja ishlab chiqib, dastur asosida fan mavzulari bo‘yicha kalendar ish reja tuzildi va o‘quv reja bilan solishtirildi. “Boshlang’ich ta’lim’’ kafedrasi professor o‘qituvchilarining darsalari tahlil qilindi. Ish rejada o‘tilishi rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlar kuzatildi va pedagogik tajriba almashildi.
Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbar PhD Nodira Qobulova bilan mavzu bo‘yicha amaliyotga bog‘liq muammolarni o‘rganib, ularni ilmiy hal qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar, uslublar va ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Magistirlik dissertasiyasini tayorlash bo‘yicha kalendar ish reja asosida tadqiqot o‘tkazilmoqda. Tadqiqot obyekti va mavzusi aniqlash, tadqiqot mavzusi bo‘yicha biografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari, internet va elektron resurslar bilan tanishib chiqilmoqda. Bundan tashqari, darslarda huquqiy savodxonligimiz oshirib borilmoqda.
Shaxsiy kalendar ish rejaga muvofiq o‘quv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyot ishi olib borildi. O‘quv huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda dissertatsiya mavzusi va tadqiqot qo‘l kelmoqda. Magistrlik dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda, ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini va ilmiy o‘rganilganlik darajasini aniqlash ustida ish olib borilmoqda. Tadqiqot mavzusida qo‘llanilgan turli xil metodlar o‘rganib chiqilib, ushbu metodlar tahlil qilindi, tadqiqot mavzusiga oid turli xil usul va shakllarini tahlil qilish bilan birga ularning maktab ta’lim yoshidagi bolalarning yoshiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbar PhD Rustam Shukurov bilan mavzu bo‘yicha amaliyotga bog‘liq muammolarni o‘rganib, ularni ilmiy hal qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar, uslublar va ko‘rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Magistirlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha kalendar ish reja asosida tadqiqot o‘tkazilmoqda. Tadqiqot obyekti va mavzusi aniqlash, tadqiqot mavzusi bo‘yicha biografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari, internet va elektron resurslar bilan tanishib chiqilmoqda. Bundan tashqari, darslarda huquqiy savodxonligimiz oshirib borilmoqda.
III semestrda ilmiy seminar darslari, shuningdek, “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” , ,,Ta’limda innovatsion menejment” , ,,Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarini tahlil qilishning konseptual asoslari, ,,Pedagogik tadqiqotlarda statistic metodlar’’ fanlari o‘tildi. Mazkur darslardan olingan bilim va ko‘nikmalarimiz asosida ilmiy tadqiqot ishimizda foydalanilmoqda. Magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan f.f.d. M.Ernazarova rahbarligida ilmiy seminarlar tashkil etilib, amalga oshirilgan ishlar muhokamasi o‘tkazildi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi “Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarni badiiy matn ustida ishlashga o’rgatish” bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi va quyidagi maqolalar tayyorlandi:
Atoqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy asarlarining bolalar adabiyotidagi o’rni (“O’zbek tili uslubiyatining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy konferensiya materiallari (2-kitob, 2-6 shu’balar)
Uzluksiz ta’limda boshlang’ich sinf o’qish darsliklaridagi uzviylik
( Научно-образовательный электронный журнал Образование и наука в ХХI веке Выпуск №20 (том 3 ноябрь)
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarni badiiy matn ustida ishlashga o’rgatishda qo’llaniladigan strategiyalar. (Teacher/Muallim/Учитель jurnali 3-son)
Shunday qilib, hoirgi kungacha belgilangan ishlar to‘liq bajarilib kelinmoqda. Rejaga muvofiq dissertatsiyaning I bobi tugatilib, II bobini yozish uchun adabiyotlar to‘plandi, tahlil qilib chiqildi. Belgilangan miqdordagi ishlar chop qilindi va semenar hamda konferensiyalarda ishtirok etildi.
Institut, fakultet va kafedrada bo‘layotgan turli ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va boshqalarda qatnashib kelmoqdaman.
Magistratura talabasi S.Muzaffarova
Ushbu hisobot “O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi’’ kafedrasi
2021- yil __ __________dagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |