O’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy amaliyot bo’yicha qilingan ishlari


Download 17.24 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1138056
Bog'liq
sentabr 2kurs ZT


Oʼzbekiston Milliy Universiteti
Tarix fakulteti 70220301 -Tarix (yoʼnalishlar va faoliyat turi ) mutaxassisligi magistratura talabasi Toirova Zamira Subanovnaning oʼquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik amaliyot va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʼyicha sentabr oyida amalga oshirgan ishlari
HISOBOTI

  1. O’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy amaliyot bo’yicha qilingan ishlari

  1. O’quv metodik ishlar

2021 – 2022 – o’quv yilining birinchi yarmidda o’zlashtirayotganlar fanlar:
Tanlov fanlari:

  1. Yangi va eng yangi davr tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi – fanidan tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ma'ruzalarda ishtirok etdim. o'tilgan mavzular yuzasidan quyidagi ilmiy adabiyotlarni tahlil qildim:

  1. Васильев, Л. С. История Востока : в 2 т.: учебник / Л. С. Васильев., 2011.

  2. Новейшая история стран Европы и Америки. XX век : в 3 ч. : учебник для вузов / под ред. А. М. Родригеса и М. В. Пономарева. — М., 2014.

  3. Пономарёв, М. В. История стран Европы и Америки в Новейшее время : учебник / М. В. Пономарёв. — М., 2008.

  4. Родригес, А. М. История стран Азии и Африки в Новейшее время : учебник для вузов / А. М. Родригес. — М., 2008.

  1. O'zbekistonda islohotlar strategiyasining nazariy masalalari – fanidan tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ma'ruzalarda ishtirok etdim. O'tilgan mavzularga oid quyidagi ilmiy va qo'shimcha adabiyotlarni tahlil qildim:

a) Mamuka Tsereteli. The Economic Modernization of Uzbekistan. . Central Asia-Caucasus Institute and Silk Road Studies Program, Joint Center. Silk Road Paper. April 2018
b) O'zbekiston: siyosiy islohotlar strategiyasi,erishilgan natijalar va istiqbollar.-T.:"Akademiya",2010
c) Richard Weitz. Uzbekistan’s New Foreign Policy: Change and Continuity under New Leadership. Central Asia-Caucasus Institute and Silk Road Studies Program, Joint Center. Silk Road Paper. January 2018.P.44

  1. Ilmiy-tadqiqot ishlari

Ilmiy rahbarim t.f.d., prof. X.Yunusova va kafedra professor-oʼqituvchilari bilan maslahatlashgan holda magistrlik dissertatsiyamni XX asrning 50-80 yillarida Sovet hokimiyatida rayonlashtirish siyosati(Toshkent iqtisodiy rayoni misolida) mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.
Ilmiy rahbarim t.f.d., prof. X.Yunusova bilan hamkorlikda tanlangan magistrlik dissertatsiya mavzusining II bobi va mavzuni tadqiq etish jarayonida magistrlik dissertatsiyamning II bob qismida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar rejasini amalga oshirdim.
Ilmiy-pedagogik ishlar
Kafedramiz o'qituvchisi t.f.n. dots. U.Usarovning tarix yo'nalishi 3-kurs bakalavr talabalariga O’zbekiston tarixi fanidan o'tgan darsida o'qilgan ma'ruzasida ishtirok etdim. Ularning mashg'ulotlari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni shakllantirdim, o'zim uchun muhim jihatlarini qayd etdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o'tkazdim.
III.Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo'yicha qilingan ishlar

  1. Tadqiqotni o'tkazishga tayyorgarlik

Ilmiy rahbarim t.f.d., prof. X.Yunusova nazorati ostida XX asrning 50-80 yillarida Sovet hokimiyatida rayonlashtirish siyosati(Toshkent iqtisodiy rayoni misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyam bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.
Tanlagan dissertatsiyam mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, birinchi va ikkinchi boblarini ilmiy rahbarim t.f.d., prof. X.Yunusova bilan muhokama qildim va magistrlik dissertatsiyamning asosiy qismida yoritilishi lozim bo'lgan mezonlar yuzasidan tegishli tavsiyalar oldim. Shu jumladan, asosiy rejalarda ochib berilishi kerak bo'lgan mavzuning muhim jihatlarini ham e'tiborga olishga harakat qildim.
Ilmiy rahbarim va kafedra professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda dissertatsiyam mavzusi yuzasidan hozirgi kunda mavjud holatlarni klassifikatsiyasi mavzusiga aloqador bo'lgan manbalarni tahlil qilmoqdaman.

  1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish

Ilmiy rahbarim t.f.d., prof. X.Yunusova bilan III bob bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarning ketma-ketligi yuzasidan kalendar reja tuzib chiqdik.


Magistrlik dissertatsiyamning strukturaviy tuzilishi yuzasidan hamkorlikda ishlarni amalga oshirdik. I va II bob ishchi qismini tuzdim va uni yana bir bora qaytadan ko'rib chiqib, biroz o'zgartirishlarni amalga oshirdik.

  1. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig'ish va tahlil qilish (yoki tajriba-sinovlarini o'tkazish)

Ilmiy rahbarim va kafedra professor-o'qituvchilari bilan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishi usullarini va tanlangan usullarni asoslash yuzasidan muhokama qildim va tegishli xulosalarni o'zim uchun belgilab oldim. Magistrlik dissertatsiyamning kirish qismida yoritiluvchi masalalar va amal qilinishi lozim bo'lgan mezonlarni belgilab oldim.




Magistratura talabasi Toirova Z.S
Ilmiy rahbar t.f.d., prof. X.Yunusova
Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling