Idrokda ob'ekt va fon


Download 12.01 Kb.
bet3/3
Sana20.01.2023
Hajmi12.01 Kb.
#1103367
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo’lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta'sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo’lishini tushunamiz. Ma'lumki, narsalarning hajmi (katta yoki kichikligi) shu narsalarni qanday masofadan (uzokdan yoki yaqindan) idrok qilayotganimizga qarab o’zgarib turadi. Lekin shunday bo’lsa ham idrok qilishdan hosil bo’lgan narsalarning ongimizdagi obrazlari hamma vaqt shu narsaning tabiiy holatiga mos bo’ladi, masalan, katta yo’lda ketayotib, uzoqdan gugurt qutichasidek kichkina bo’lib kelayotgan avtobusni ko’rib, "kichkinagina avtobus" kelyapti demaymiz. Uzoqdagi avtobusni idrok qilishda ongimizda hosil bo’lgan obraz avtobusning real hajmiga teng bo’ladi. Yoki tepamizdan katta balandlikda uchib ketayotgan hozirgi zamon yirik passajir samolyotlarini ko’rib, kichkina samolyotchalar uchib ketishayapti, deb aytmaymiz. Biroq shu narsani aytish kerakki, idrokning konstantligi hususiyati ham odamning turmush tajribasi bilan bog’liqdir. Chunonchi, umrida hech qachon hozirgi zamon katta passajir samolyotlarini ko’rmagan odam baland uchib ketayotgan samolyotni idrok qilib, uning real hajmini (qanchalik kattaligini) tasavvur eta olmaydi.
Ko’rishda masofa, rang, shakl, hajm konstantliklari ro’y beradi. qalamni 20 va 1sm masofadan idrok qilish, doskani 1 va 10 m masofadan idrokqilish, oq qog’oz yoki quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko’z shuur pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko’rmaydi, balki ular haqiqatdan qanday mavjud bo’lsa, shunday ko’radi. Bu kishining tajribasi, ommaviy faoliyati jarayonida vujudga keladi.
Download 12.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling