Idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi
Download 19.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqIDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI, FIZIOLOGIYASI.
IDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI, FIZIOLOGIYASI. Sezgilarning fiziologik asoslari. Sezgilar biror-bir sezgi organining qo‘zg‘alishi natijasida hosil bo‘ladi. Аmmo qo‘zg‘ovchi retseptorga taʼsir yeta boshlashi bilanoq, darrov sezgi tug‘ilavermas yekan: qo‘zg‘ovchi taʼsir yeta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo‘ladi. Turli sezgilarda bu vaqt 0,02 soniyadan 0,1 soniyagacha boradi. Shunday qisqa vaziyatni biz, odatda, payqamaymiz. Sezgi hosil bo‘lgach, maʼlum muddat davom yetadi. Sezgilar davom yetish muddatiga qarab, qisqa va o‘zoq muddatli sezgilarga bo‘linadi. Masalan, yalt etib chaqnagan bir uchqun yorug‘ligini sezish yoki yerga tushib ketgan qalam tovushini sezish qisqa muddatli sezgilardan hisoblanadi. Kundo‘zgi yorug‘likni sezish, zavodning yangrayotgan gudok ovozini eshitish o‘zoq muddatli sezgilardandir. Sezgilarning qancha muddat davom etishi tashqaridagi narsalarning sezgi organlariga nechog‘li o‘zoq taʼsir etishiga bog‘liq. Narsa taʼsir yetib turar ekan, tegishli sezgi ham bo‘ladi. Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda kuchsiz va kuchli sezgilar bor. Yonib turgan bir gugurt cho‘pi sochib turgan yorug‘likni sezish kuchsiz sezgiga, havo ochiq kunda qu-yosh sochib turgan yorug‘likni sezish esa kuchli sezgiga misol bo‘la oladi. Sezgilarning kuchi avvalo qo‘zg‘alishning kuchiga bog‘liq. Qo‘zg‘alish qancha kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo‘ladi. Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasini sezgining pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Аgar shu qo‘zg‘alish kuchi salgina susaytirilsa ham sezgi yo‘qoladi. Sezgi hosil qilmaydigan kuchsiz qo‘zg‘alishlar sezgi chegarasidan pastda turuvchi qo‘zg‘alishlar deb ataladi. Sezgi hosil qiladigan qo‘zg‘alishning kuchi o‘zgarishi, yaʼni ortishi yoki kamayishi mumkin. Qo‘zg‘alish o‘zgarganda sezgi kuchi ham o‘zgaradi (oshadi yoki kamayadi). Аgar uyda bitta lampochka yonib turgan bo‘lsa, muayyan darajada yorug‘lik sezamiz. Аgar yana bir shunday lampochka yoqib qo‘yilsa, yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Аmmo qo‘zg‘alish kuchining har bir o‘zgarishi sezgining kuchini o‘zgartira olmas yekan. Sezgilarning kuchi qo‘zg‘alish 6 g qand eritsak, muayyan darajada shirin maza sezamiz. Eritilgan shu qandga yana 1 g qand muayyan miqdorda oshganda yoki kamaygandagina o‘zgarar yekan. Masalan, bir stakan suvda qo‘shsak, shirin mazani bilish sezgisi o‘zgarmaydi. Shirin mazani bilish sezgisi birmuncha ortishi uchun 6 g qandga yana 2 g qand qo‘shish (yaʼni, butun qand miqdorining uchdan biricha qand qo‘shish) kerak ekan. Qo‘zg‘ovchilar taʼsiri o‘rtasidagi sezilar-sezilmas salgina farqni sezishni farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish kuchi shunchalik orta borishi mumkinki, bunda tegishli sezgi o‘zining spetsifik sifatini yo‘qotadi va og‘riq hissiga aylanadi. Chunonchi, haddan tashqari kuchli yorug‘lik ko‘zda og‘riqni keltirib chiqaradi «ko‘zni qamashtiradi. Kuchli tovush quloqni og‘ritadi. Haddan tashqari og‘ir narsa muskullarni og‘ritadi. Qo‘zg‘alish kuchining o‘zgarishi bilan sezgi sifatidagi og‘riq tomon (yoqimsiz) ro‘y bergan sezilar-sezilmas o‘zgarishga sezgining yuqori chegarasi deyiladi. Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling