Idttcy fanidan


Jahon moliyaviy inqirozining investitsion faoliyatga ta'siri


Download 63.78 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1253605
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 MAVZU MUSTAQIL ISHI .

Jahon moliyaviy inqirozining investitsion faoliyatga ta'siri.

xx asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatiariga ham keng yoyildi. Bu holat, o'z-o'zidan, AQSh banklari va ipoteka agentliklarining qimmatli qog'ozlariga qo'yilrna qilingan xorijiy investorlar moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. AQSh ning moliya bozorlarida yuzaga kelgan inqiroz jahonning yirik fond bozorlaridagi konyunkturaga, fond bozorlardagi indekslariaa o'z aksini topmoqda. Global moliyaviy bozorning asosiy tarkibi va jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o'z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyoti jiddiy nobarqaror tus olmoqda. Xususan, 2008 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi 20% gacha pasayganligi kuzatilgan. 2009 yilda jahon yalpi ichki rnahsulotining pasayishi, bevosita xorijiy investitsiyalar ko'lamining yanada pasayishini kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmining qariyb 15 % ga pasayishi bashorat qilinmoqda. Bu hoi at esa ishsizlik darajasining ortishi bilan bog'liq jiddiy ijtimoiy muaml~lOlarnl keltirib chiqarishi mumkin.


Bugungi kunda o'zining shiddatli pallasini boshdan kechirayotgan jahon moliyaviy inqirozi, barcha mamlakatlarda davlat va xususiy sektor ixtiyoridagi likvid mablag'larning yetishmasligi bilan xarakterlanmoqda. Bu o'z navbatida, davlatning ijtimoiy yo'nalishlarida va kompaniyalarning investitsion yirik loyihalarini amalga oshirishiga jiddiy to'sqinlik qilmoqda. Natijada uzoq muddatga mo'ljallangan investitsion dasturlardan voz kechilmoqda yoki ularning amalga oshirish rejalari orqaga surilmoqda. Bugungi global raqobat hukm surayotgan bir paytda, yangi texnik-texnologik rivojlanishni ta'minlash, tadqiqot va izlanish loyihalarini amalga oshirish, innovatsion imkoniyatlarni ishga sol ish albatta investitsion faoliyatining davomiyligini ta'minlashni zaruriyat qilib qo'ymoqda. Prezidentimiz o'z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlarining global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'igan oqibatlariga doir materiallarni o'rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta'kidlab o'tdilar. Ya'ni, (' ... moliyabank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, resessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, invelitsiyaviy faollik ko'lamining cheklanishi, talab va xalqaro savd" hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko'plab mamlakatlariga ta'sir kO'rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo'lishi mumkinligi o'z tasdig'ini topmoqda»'. Shu o'rinda aytish lozimki, hozirda rivojlanib bornyotgan moliyaviy inqiroz va inflyalSiya qator baRklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta'sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur'atlarining pasayishi va boshqalar negiziqp iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko'rinadikJ, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o'ziga xos xususiyati - bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o'tganligidir. Shu o'rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta'siri qanday bO'ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning ( .... tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta'sir ko'rsatmaydi, bizni chetlab o'tadi, degan xulosa chiqarmaslik kcrak. Masalani bunday tushunish o'ta soddalik. Aytish mumkinki, kechirib bo'imas xato bo'lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim - O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozoming ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi» muhimdir. O'z navbatida O'zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarini ma'lum darajada iqtisodiyotimizga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkinligidan darak beradi. Darhaqiqat, O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda, boshqa MDH mamlakatlari singari, davlat va jarniyat qurilishining qanday tamoyillari va usullariga asoslanish, mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotini belgilashda qaysi yo'ldan borish masalasi ko'ndalang turar edi.


Xulosa.


Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va ta'sirini pasaytiradi.
Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi.
Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan boshlab hisobga olinishi va boshqalar.
Iqtisodiy omillar - bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar.
Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasi samarali bo'ladi.
Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Soliq huquqining huquq tizimidagi tabiatini aniqlovchi me'zonlardan biri huquqiy tartibga solish metodidir, ya'ni bu degani ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta'sir etuvchi usul va turlarining yig'indisidir.
Huquqiy tartibga solish metodlarining har biri o'ziga xos xususiyatga ega va ularni umumlashtirgan vaqtdagina huquqiy tartibga solishning maqsad va vazifalari amalga oshadi.
Soliq tizimini huquqiy tartibga solish - soliq munosabatlarini tartibga solishni shunday shaklidirki, uning vositasida ular ishtirokchilarining xatti-harakatlari, ya'ni soliq huquqiy sohadagi qonun me'yorlarini ko'zda tutilgan talablariga majburiy talablari va huquqqa yo'l qo'yishlari ko'rinishida namoyon bo'ladigan davlat idorasi o'z ifodasini topadigan o'z huquqi va majburiyatlarining soliq huquqi sub'ektlari tomonidan bajarilishiga muvofiqlashtirdi. Soliq munosabatlarini huquqiy tartibga solish o'z ichiga huquq me'yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik ma'suliyat, huquqiy ong va boshqa shu kabi tarkibiy unsurlarni oladi.
Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham tobora oshib boraveradi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning barcha formalari, iqtisodiy qsish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi.

Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling