Idttcy fanidan


Download 63.78 Kb.
bet2/6
Sana08.03.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1253605
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 MAVZU MUSTAQIL ISHI .

Mustaqil ishning maqsadi. Hozirgi bosqichda mablag'lar yetishmovchiligini hisobga olib, nodavlat investitsiya manbalarini topish va har tomonlama qo'lIab-quwatlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Xalqaro moliya institutlarining valuta-kredit liniyalaridan foydalanish, lizingni rivojlantirishga yo'naltirilgan ishlar va boshqalar investitsiyalarning moliyalashtirish amaliyotiga jiddiy o'zgartirishlar kiritadi. Investitsiyalashning bozor mexanizm1arini joriy etish, bevosita xorijiy investitsiyalar, kreditlarni jalb qilish, moliya bozori orqali investitsiya manbalarining shakllantirishni kengaytirish, noan'anaviy moliyalashtirish usullaridan foydalanish amaliyotini chuqur, atroflicha tadqiq etish va ularni umum1ashtirish zaruratini kun tartibiga qo'yadi. Investitsiya faoliyatini samarali tashkil qilishda hali qal qilinishi zarur bo'lgan qator vazifalar borki, ular mavjud qonun va me'yoriy hujjatlardan to'g'ri foydalanadigan va umuman, investitsiyalardan samarali foydalanish bo'yicha kadrlarni tayyorlash ularning malakasini muntazam oshirishni talab qilmoqda. Mazkur soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashni tubdan yaxshilash va sifatini oshirishda, ayniqsa kasb-hunar koUejlari o'quvchilariga mo'ljallangan darsliklar. o'quv-uslubiy qo'llanmalarning yetishmasligi ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirrnoqda. Ushbu o'quv qo'lIanrna aynan kasb-qunar kollejlarining o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga investitsiyalar mohiyati, manbalari, investitsiyalarni tashkil etish.
Mustaqil ishning xajmi . 15 lest.


Investitsiya – iqtisodiyot rivojlanishi garovi.

Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatllil yangi tennin hisoblanadi. Investitsiya 1 (lot. investio - 0' rash) - iqtisodiyotni rivojlalltirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, illvatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo 'yish) dir. An'anaviy tarzda iuvcstitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlami olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatiui tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamclti e'tibor beriladi. Investitsiyalaming iqtisodiy mohiyati va mazmunP to'g'risida iqtisodchi olimlar o'rtasida xilma-xil qarashlar va flkrlar mavjud. Bu so'zning ham keng ma'nosidan, ham tor ma'nosidan foydalanish mumkin. «lnvestitsiya» tushunchasining ma'no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta'rif berilmagan va iqtisodiy fanning turli sohalarida invcstitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag' kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta'rif berilmoqda. Investitsiyaning mazmuni 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasiniug «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonullida: Respublikamiz iqtisodiyotining xususiy sektorida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimi takomillashib, investitsiyalash shakl va manbalarining ko‘payishi kuzatilmoqda.


Bu holatni ijobiy tendensiya sifatida baholash lozim. O‘zgarishlar, fikrimizcha, quyidagilardan iborat:

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirishni moliyaviy jihatdan ta’minlovchi manbalarning sezilarli darajada ko‘payishi;

  • investitsiyalarga yo‘naltirilayotgan xususiy kapitalning davlat kapitali ustidan ustuvorligi oshib borishi;



  • investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkchilikning turli shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va ob’ektlar sonining muttasil o‘sish sur’atiga ega bo‘layotgani;

  • bo‘sh turgan pul mablag‘larini jamlash va ularni investitsiya faoliyatiga jalb qilish orqali investitsiyalar bilan bog‘liq talab va taklifni muvofiqlashtiradigan investitsiya bozorning shakllanganligi, shuningdek, uning institutlarini tashkil qilish jarayonining rivojlanayotganligi kabi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu jarayonlar tadrijiy yo‘l bilan bosqichma-bosqich ravishda investitsiya kapitalini shakllantirish tizimini mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalariga mos holda takomillashtirib borish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, investitsiya kapitali tarkibi va investitsiyalash sub’ektlari tashkiliy tuzilmalarining bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda o‘zgarishi investitsiya faoliyatini rivojlantirish va diversifikatsiyalash jarayonini yanada takomillashtirish borasida qulay shart-sharoitlar yaratadi. Davlatning investitsiya faoliyatini amalga oshirishdagi ishtirokining pasayishi o‘tish davrida investitsiya faoliyati turlariga jalb etiladigan davlat daromadlari hajmining kamayishi oqibatida yuz beradi. Demak, iqtisodiyotning ustuvor, ayniqsa real tarmoqlarini davlat byudjeti hisobidan investitsiyalash talablarining pasayib borishi moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni xususiy sektor orqali hal etish mumkinligini ob’ektiv haqiqatga aylantiradi. Davlat byudjeti mablag‘larisiz ijtimoiy soha tarmoqlari samarali rivojlana olmaydi. Davlat davlat byudjetidagi markazlashtirilgan moliya resurslarining 80 % ga qadar mablag‘larini ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, turar-joy va davlat qurilishi kabi sohalarning kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga yo‘llaydi. Markazlashtirilgan moliya mablag‘larining qolgan 20 % qismidan mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ishlab chiqarish jabhalarida rag‘batlantirish maqsadida foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarni moliyaviy ta’minlash manbalarining tahlili shundan dalolat beradiki, umumiy investitsiya resurslari hajmida ichki manbalar ulushi turli mamlakatlarda ko‘plab ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq ravishda jiddiy farqlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotlarda G‘arb mamlakatlarida investitsiyalarning ichki va tashqi manbalari o‘rtasidagi nisbat turlicha baholanadi. Iqtisodchilar urushdan keyingi davrda turli mamlakatlarda moliyaviy bo‘lmagan korporatsiyalar investitsiyalarini moliyaviy ta’minlashda ichki va tashqi manbalar o‘rtasida ikki xil ko‘rinishdagi nisbat shakllandi deb hisoblaydilar. Ulardan biri umumiy moliyalashtirish manbalarida o‘z mablag‘ining ko‘pligi bilan (asosan AQSH va Buyuk Britaniyaga xos) ikkinchi yo‘nalish esa asosan jalb etilgan va qarzga olingan mablag‘ qiyosiy hajmi ko‘pligi bilan ajralib turadigan yana biri – GFR va Yaponiyada uchraydi.

MDH respublikalari iqtisodiyotida investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababini investitsiyalashning ichki va tashqi manbalari nisbatining o‘zgarishiga xos bo‘lgan bozor modeliga o‘tish davrida aksariyat korxonalarning bir tomondan ssuda va fond bozori kapitallaridan foydalana olish imkoniyatlarining cheklanganligi bilan, ikkinchi tarafdan esa, investitsiya faoliyatini moliyaviy ta’minlashda o‘zlarining yetarli mablag‘lariga ega emasliklari bilan bog‘lash mumkin deb hisoblaymiz. Ishlab chiqarish ko‘lamining tushib ketishi, to‘lov qobiliyatining inqirozga yuz tutishi, ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi bir tomondan daromad massasini keskin kamaytirsa, ikkinchi tomondan katta soliqlar korxonalarga daromadning qolgan qismidan investitsiya manbai sifatida ishlatish imkonini bermayapti. Zero, daromaddan investitsiya maqsadlarida foydalanish ko‘p jihatdan soliq siyosatining ta’siri bilan bog‘liq. Ma’lumki, korxonalar daromadlarini shakllantirish va ularning massasini ko‘paytirish imkoniyatlari oxir oqibatda soliqqa tortish tizimining bosh iqtisodiy nuqsoni, ya’ni xo‘jalik yuritish sub’ektlari zimmasidagi soliq yukining og‘irligi bilan izohlanadi. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, korxonalar moddiy-texnika bazasining zaifligi va shu boisdan ham uni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta qurollantirish uchun katta hajmda ajratiladigan amortizatsiya jamg‘armalariga borib taqaladi.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hajmi va tarkibi tahlili unda ijobiy o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu o‘rinda yana bir ijobiy xarakterga ega tendensiyani alohida qayd etish lozim. Ya’ni shu yillar davomida asosiy kapitalni moliyalashtirish manbalari tarkibida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganini va shu jarayonga yo‘naltirilayotgan davlat byudjeti mablag‘lari ulushining kamayish, korxona va boshqa nodavlat maqomidagi xo‘jalik yuritish sub’ektlari ulushining esa o‘sish sur’atiga ega bo‘layotganini kuzatish mumkin. Korxonalar darajasida investitsiyalashning tashqi manbalari, ya’ni markazlashtirilgan investitsiyalar hajmini ko‘paytirish, xususiy investorlar (aholi, tijorat banklari, investitsiya fondlari va kompaniyalari kabilar) faoliyatini faollashtirish va xorijiy investitsiyalarni, imkon darajasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jalb etish ustuvor vazifalar sifatida qaralishi va hal etilishi lozim. Shu bilan birga, davlatning investitsiya faoliyatidagi ishtiroki faollashuvi investitsiya tanqisligini yengib o‘tishning eng muhim manbai va omili ekanligini ham unutmaslik kerak. Bu ayniqsa bo‘lib o‘tgan "Covid-19" inqirozlari sharoitida davlatning iqtisodiyot sohalariga aralashuvi kuchayishi bozor mexanizmini shakllantirib, bo‘lgan mamlakatlar uchun ham xosdir. Biroq davlatning investitsiya faoliyatidagi ishtiroki turli shaklda, masalan, investitsiyalashning markazlashmagan va xususiy moliyalashtirish manbalarini rivojlantirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, davlatning investitsiyalarni moliyalashtirishni ta’minlashini nafaqat markazlashgan manbalar hajmi nuqtai-nazaridan, balki davlat kafolatlari, sug‘urtalash va xususiy sarmoyadorlar uchun tadbirkorlik maydoni yaratish nuqtai-nazaridan ham ahamiyati ortadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida davlatning iqtisodiyotning real tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini investitsiyalash jarayonidagi rolini faollashtirish zarurati yana shu bilan asoslanadiki, bir qator ob’ektiv-iqtisodiy shart-sharoitlar tufayli xususiy kapital ishlab chiqarish sohalariga kamdan-kam yo‘llanadi (ba’zi tarmoqlarni istisno qilganda) va u deyarli butunlay xususiy mablag‘lar hisobiga investitsiyalanishi natijasida vujudga keladigan sarmoya tanqisligi investitsiyalar hajmining tobora qisqarishiga olib keladi. Markazlashtirilgan investitsiyalash manbalari mablag‘larini shakllantirish jarayonida investitsiya va joriy xarajatlarni alohida ajratish, byudjet mablag‘larini aniq maqsad va manzilli ishlatish, xususan g‘aznachilik tizimi orqali nazorat qilishni kuchaytirish, markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshiradigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish va joriy qilish muhim ahamiyatga ega.

Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling