Idttcy fanidan
Soliq imtiyozlarining asosiy kо‘rinishlari
Download 58.7 Kb.
|
27 MAVZUDAGI MUSTAQIL ISH TAYYOR BULDI .
Soliq imtiyozlarining asosiy kо‘rinishlari.
Bu «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi, «Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi va «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida»gi qonunlarning (yangi qonun amalga kiritilishi bilan ular oʻz kuchini yoʻqotadi, tahr. izohi) asosiy qoidalarini oʻzida birlashtiradigan yagona konsolidatsiyalashgan hujjat hisoblanadi. Eslatib oʻtamiz, hujjat ustida 2017 yildan buyon ish olib borilgan: avvalboshdan Investitsiya kodeksini qabul qilish rejalashtirilgan, hatto loyihasi ham ishlab chiqilgan edi, biroq keyin konsepsiya qayta koʻrib chiqildi. Qabul qilingan Qonunda juda koʻp tushunchalarning ta’rifi keltirilgan. Unda investitsiyalash jarayoni va investitsiya faoliyatining barcha bosqichlarida qoʻllaniladigan asosiy tamoyillar bayon etilgan. Tayinlanadigan ob’yektlar boʻyicha investitsiyalar tasniflanishiga kichik tuzatish kiritilgan, innovatsion oʻrniga moliyaviy ob’yektlar (qimmatli qogʻozlarni investitsiyalash) paydo boʻldi. Qonunda davlat tomonidan ta’minlanadigan хorijiy investorlarning huquqlari kafolatlari, shu jumladan mablagʻlar erkin foydalanilishi va oʻtkazilishi, investitsiya faoliyati toʻхtatilishi munosabati bilan ularning qaytarilishi, mahalliylashtirish yoki rekvizitsiya qilish (ekspropriatsiya qilish) va qonun hujjatlarining nomaqbul oʻzgartirilishidan himoya qilish, ochiq-oshkoralik kafolatlari saqlab qolingan. Umuman olganda, investorlarning alohida huquqlari (masalan, vizalarning alohida turi, yashash guvohnomasini olish shartlari va hokazolar) nazarda tutiladigan хorijiy investitsiyalarning huquqiy rejimi, хorijlik хodimlarni jalb etish va investitsiyalarni sugʻurtalash tartibi ham oʻzgarishsiz qoldirilgan. Investorlar imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash, loyihani birgalikda moliyalashtirish maqsadida markazlashgan investitsiyalarni ajratish, moliyaviy, maslahat va aхborot koʻmagini koʻrsatish orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Imtiyoz va preferensiyalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: davlat mulki boʻlgan ob’yektlarni yoki ularga boʻlgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng хarid qiymati boʻyicha investorga berish; soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish; investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini subsidiyalash. Bunda investitsiyalar hajmi, investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlari, kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samara va yangi ish oʻrinlarini yaratish, investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlari muhim oʻrin egallaydi. Sanab oʻtilgan preferensiyalar Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaхt hokimlari tomonidan taqdim etilishi mumkin. Soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni taqdim etish tartibi, shuningdek хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar tomonidan ularni qoʻllashning oʻziga хos jihatlari Soliq kodeksida qayd etilgan. Bundan tashqari, investorlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha dastaklari paydo boʻldi: Download 58.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling