Idttcy fanidan
Ba’zi ishlab chiqarish kо‘rinishlarini soliqlardan ozod qilish
Download 58.7 Kb.
|
27 MAVZUDAGI MUSTAQIL ISH TAYYOR BULDI .
Ba’zi ishlab chiqarish kо‘rinishlarini soliqlardan ozod qilish.
Soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, agar ularning o‘zida ushbu soliqdan ozod qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi; O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar, O‘zbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar – norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, Farmonga asosan: a) 2020-yil 1-oktabrdan boshlab: Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilash hamda soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni berish amaliyotini tartibga solish maqsadida Prezidentning PF-3594-son Farmoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasida hamda PF-4853-son Farmoni bilan erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga berilgan soliq imtiyozlari Solik kodeksi me’yorlari bilan muvofiqlashtirildi; QQSning to‘laqonli zanjirini yaratish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida: -neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari; -to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati; -turizm sohasi; -“Navoiy EIZ” va Yangiyer shahar kichik sanoat zonasi qatnashchilari; -“Jeneral Motors O‘zbekiston” korxonasi; -nasldor chorvachilik subyektlari; -elektrotexnika sanoati; -avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari; -transport-logistika xizmatlari; -vinochilik; -charm-poyabzal sanoati; -baliqchilik, parrandachilik; -Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi; -Toshkent shahrida xalqaro mehmonxona qurilishi ishtirokchilari uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlari soni qisqartiriladi. b) 2021-yil 1-yanvardan Prezidentning 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmonida belgilangan yosh oila a’zolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ni daromad solig‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi me’yor bekor qilinadi; Download 58.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling