«fqklarini qidirish va razvedka qilish» bir tomondan – geologik fan bo’lsa, ikkinchi tomondan – xalq ho’jaligining ishlab-chiqarish sohasidir
Download 20.18 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Razvedka qilish jarayonida quyidagi geologik, tog’-texnik, texnologik va iqtisodiy ma’lumotlar yig’ilishi kerak
- Nazariy asoslarni tushunish uchun zarur bo’lgan umumiy tushunchalar.
«FQKlarini qidirish va razvedka qilish» bir tomondan – geologik fan bo’lsa, ikkinchi tomondan – xalq ho’jaligining ishlab-chiqarish sohasidir. Ko’pchilik iqtisodchilar geologiya-qidiruv ishlari (GQI) soxasini material ishlab chiqarish sohasiga kiritadilar. bu jixatdan soxa bajaradigan ish va fanning nomi mos tushadi. Geologlar mehnatining natijasi ochilgan va razvedka qilingan konlardagi foydali qazilma zaxirasidir. GQIlarining muhim qismini ilmiy analiz (taxlil) qilish, sistemalashtirish, umumlashtirish va bashoratlash ishlari tashkil etadi. Qidirish va razvedka qilish fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi, xalk xo’jaligining bu fan oldiga qo’ygan talablaridan kelib chiqadi. Razvedka qilish jarayonida quyidagi geologik, tog’-texnik, texnologik va iqtisodiy ma’lumotlar yig’ilishi kerak: - Foydali qazilma uyumlarining cho’zilishi, yotishi, qalinligi bo’yicha shakli va o’lchamlari; - Foydali qazilma tanalarining yotish elementlari va chuqurligi, ularning fazodagi o’zaro munosabati; - Foydali qazilma tanalarining ichki tuzilishi; - Foydali qazilmaning tarkibi va sifati, shu jumladan uning texnologik va texnik xususiyatlari; - Foydali qazilmalarni o’rab turgan jinslarning tarkibi, ularning tog’-texnik xususiyatlari (zichligi, g’ovakligi, mustahkamligi va x.k.); - Foydali qazilmalarning gidrogeologik sharoitlari (suv gorizontlarining sathi, suvlanganlik darajasi va h.k.); - Konning ochilish va qazib olish tog’-texnik sharoitlari (foydali qazilma va o’rab turuvchi tog’ jinslarining mustahkamligi, hajmiy massasi, maydalanish koeffitsienti, gazlar va temperatura rejimlari va h.k.) Nazariy asoslarni tushunish uchun zarur bo’lgan umumiy tushunchalar. Nazariya faqat shunda nazariya deyilishi mumkinki, agar u xodisa va jarayonlarni, ularning xususiyatlarini bashorat qila olsa. Xar qanday umumlashtirish va xulosa chiqarish o’z ichiga bashoratlashni oladi. Qidirish va razvedka qilishning bosh ob’ekti – «bo’sh jinslar» bilan o’ralgan foydali qazilma (yoki ma’dan). «Foydali qazilma koni» ob’ekt sifatida, iqtisodiy samara bilan foydalanish uchun qidirish va razvedka jarayonida ajratiladi. Bo’sh jins va foydali qazilma (yoki ma’dan) bir-birlaridan o’zlarining iqtisodiy yoki geologik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan farqlanadilar. Shuning uchun qidirish va razvedkaning nazariy asoslaridan birini minenral xomashyo iqtisodiyoti tashkil etadi. Foydali qazilma (ma’dan) va foydali kazilma koni o’z mohiyatiga ko’ra geologik jismlardir. Ularning paydo bo’lishi va joylashishi geologik qonuniyatlarga bo’ysunadi. Shuning uchun ularni bilish va ulardan qidirish va razvedka jarayonida foydalanish «FQKlarini qidirish va razvedka qilish»ning geologik asosini tashkil etadi. Geologik jarayonlar juda ko’p xolatlar, sharoitlar, vaziyatlar va sabablarga bog’liq bo’lgan, ko’p faktorli jarayonlardir. Geologik qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Bu qonuniyatlarni aniqlash geologik va geofizik uslublardan tashqari matematik asoslanishni ham talab etadi. Shuning uchun geologik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda, ayniqsa ularning o’rtacha miqdorlarini hisoblashda matematikaning «ehtimollar nazariyasi» qoidalarini qo’llash talab etiladi. Shunday qilib, qidirish va razvedka qilish ob’ektining mohiyati uchta fan (geologiya, iqtisodiyot, matematika) uslublari yordamida ochib berilishi va tavsiflanishi mumkin. Qidirish va razvedka qilish vazifalarining bajarilishi yuqorida keltirilgan uchta fan usullari kompleksini qo’llashni talab etadi. Download 20.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling