Iesda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi
Download 0.65 Mb.
|
IESda.yoq.ishchi-3kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi va vazifalari
KIRISH “IESda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fani energetikaning Energetika (issiqlik energetikasi) yo‘nalishining asosiy fanlaridan biri deb hisoblanib, ushbu fan issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik markazlari uchun asosiy issiqlik energiya manbalari, yoqilg`ilarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, yoqilg`ilarni kelib chiqishi, energetic yoqilg`ini yoqish usullarini va suvning axamiyati, suvni kerakli me’yorlagacha tayyorlash texnologiyalarini, issiqlik energetikasida bug` olish uchun ishlatiladigan suvlarni yuqori darajada tuzsizlantirish usullari, yangi dolzarb texnologiyalarni ishlash prinsiplari moxiyatini tushunishda talabalarni zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi. “IESda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fanida talabalarga yuqori samarali yoqilg`ilarning yonish nazariyasining asosiy tamoyillari va g`oyalari, takomillashtirish koeffisiyentlari va FIK haqida tushunchalar berish. Energetik yoqilg`ilar, ularning turlari, xossalari, tavsiflari, yoqish usullari va yonish asoslari, respublikamizda xom ashyo resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish, suv tozalash texnologiyasining turlari, ishlash prinsipini, ularning tarkibiy qismlari va yordamchi qurilmalarini takomillashtirishning asosiy metodlari haqida texnik va ma’lumotlar tanishtirishga oid masalalarni qamraydi. Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - “IESda yoqilg`i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fanini o`qitish natijasida talabalar yoqilg`ilarni sanoat issiqlik energetikasida, IESlarda, IEMlarda yoqishda qo`llanilish texnologiyasini, ularning guruhlanishi va qanday nomlanishini, suv tayyorlash texnologiyasining tuzilishi va ishlash prinsipini, ularning tarkibiy qismlari va yordamchi qurilmalarini to`liq o`zlashtiradilar. Fanning vazifasi – talabalarga yoqilg`i turlaridan, yoqish asoslari, yoqilg`ilarni bug` qozonlarga uzatish va tayyorlash jarayonlari, yoqilg`ini yondirish uskunalari, IESlarda suvni ahamiyati, suvni ximiyaviy reagentlat yordamida tozalash texnologiyasi, suv tarkibi, suvni tuzsizlantirishda bug`latgichlarning ishlatilishi bo`yicha profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko`nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling