If shart operatori


Download 1.19 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1482819
  1   2   3
Bog'liq
3-Лекция ўз

If shart operatori

Biz avvalgi darsda monitor portga sanashni chiqargan edik. Yana shuni bajaramiz. Qiymat to`xtamasdan oshib boryapti. Endi son 100ga teng bo`lganda uni yana nolga keltirib olishimiz kerak. Savol, buni qanday amalga oshiramiz??? Topshiriq: 1.O`zgaruvchi monitor portga chiqarilsin va uning qiymati 100ga teng bo`lganda yana nolga qaytsin.


Bugungi darsimizda biz aynan if ya`ni shart operatorini o`rganamiz.
Arduinoda umuman, har bir dasturlash tilida muntazam ishlatiladigan operatorlardan biri – if hisoblanadi. Aynan bu operatorsiz, biror bir mukammal dastur tuzishning umuman iloji yo`q. Shart operatori biror bir qo`yilgan shartni tekshirib, uning rost yoki yolg`onligidan kelib chiqqan holda biror bir amal yoki funksiyani bajarishiga yordam beruvchi vosita hisoblanadi.
Shart operatorining ikki hil ko`rinishi mavjud. Operatorning umumiy ko`rinishi va qisqa ko`rinishi.
Shart operatorining qisqa ko`rinishi:
if ( shart ) { bajariladigan operatsiya; }
Bu yerda if – agar, ( shart ) - tekshirilishi kerak bo`lgan yoki jarayon ishga tushishi uchun bajarilishi shart bo`lgan jarayon, { bajariladigan operatsiya ; }- ( shart ) bajarilganda ishlashi kerak bo`lgan operatsiya.
Hayotiy misol: Masalan, biz to`pni to`g`ri tepsak to`p darvozaga borib tushadi.Aks holda to`p darvoza yonidan o`tib ketadi.
Agar buni yuqoridagi formulaga qo`ysak:
if(to`pni to`g`ri tepsak){to`p darvozaga borib tushadi;}
Yoki, agar biz telefonimizni tugmasini bossak, telefon ekrani yonadi.
if(telefonimizni tugmasini bossak){ telefon ekrani yonadi;}
Eslatma!!!
Dastur yozayotganda shartdan so`ng “ ; ” qo`yish mumkinmas. Agar shartdan so`ng “ ; ” qo`ysak jarayon shu yerning o`zida to`xtaydi va shartdan keyingi operatorga murojaat qilmaydi.
Topshiriq:
2.O`zgaruvchi monitor portga chiqarilsin uning qiymati oshib borsin va uning qiymati 10ga teng bo`lganda monitorda 10ga teng bo`ldi degan yozuv chiqsin.
Shuni endi talabalarning o`zi mustaqil 20,30,40,50……teng bo`ldi deyishini qilish.
Shu yerda savol tug`iladi operatorning o`zi nima?
Operator - o`ziga yuklangan ma`lum bir shart asosida vazifani bajaruvchi vosita hisoblanadi va u dastur tuzishimizda bir qator qulayliklarga ega hisoblanadi.
Misol uchun jamiyatimizdagi insonlarni olsak, har bir insonni o`zi bajaradigan vazifasi bo`ladi. Talabaning vazifasi o`qish bo`lsa, o`qituvchining vazifasi ana shu talabalarga bilim berishdan iborat.
Elektronika sohasida lampochka yoritish vazifasini bajarsa, sim ana shu lampochkani elektr ta`minotiga ulash vazifasini bajaradi.
Operatorlar ham bajaradigan vazifasiga ko`ra turlarga ajratilgan.
Biz hozirda asosiy 4ta operatordan foydalanamiz.
1. if-shart operatori.
2. for-takrorlanuvchi operatori.
3. while (esa) operatori.
4. switch-tanlash operatori.
Lekin bu darsda faqat “ if ” operatori bilan cheklanamiz.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling