If shart operatori
Download 1.19 Mb.
|
3-Лекция ўз
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotiy misol
- Eslatma !!! Dastur yozayotganda shartdan so`ng “ ; ”
If shart operatoriBiz avvalgi darsda monitor portga sanashni chiqargan edik. Yana shuni bajaramiz. Qiymat to`xtamasdan oshib boryapti. Endi son 100ga teng bo`lganda uni yana nolga keltirib olishimiz kerak. Savol, buni qanday amalga oshiramiz??? Topshiriq: 1.O`zgaruvchi monitor portga chiqarilsin va uning qiymati 100ga teng bo`lganda yana nolga qaytsin.Bugungi darsimizda biz aynan if ya`ni shart operatorini o`rganamiz. Arduinoda umuman, har bir dasturlash tilida muntazam ishlatiladigan operatorlardan biri – if hisoblanadi. Aynan bu operatorsiz, biror bir mukammal dastur tuzishning umuman iloji yo`q. Shart operatori biror bir qo`yilgan shartni tekshirib, uning rost yoki yolg`onligidan kelib chiqqan holda biror bir amal yoki funksiyani bajarishiga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. Shart operatorining ikki hil ko`rinishi mavjud. Operatorning umumiy ko`rinishi va qisqa ko`rinishi. Shart operatorining qisqa ko`rinishi: if ( shart ) { bajariladigan operatsiya; } Bu yerda if – agar, ( shart ) - tekshirilishi kerak bo`lgan yoki jarayon ishga tushishi uchun bajarilishi shart bo`lgan jarayon, { bajariladigan operatsiya ; }- ( shart ) bajarilganda ishlashi kerak bo`lgan operatsiya. Hayotiy misol: Masalan, biz to`pni to`g`ri tepsak to`p darvozaga borib tushadi.Aks holda to`p darvoza yonidan o`tib ketadi. Agar buni yuqoridagi formulaga qo`ysak: if(to`pni to`g`ri tepsak){to`p darvozaga borib tushadi;} Yoki, agar biz telefonimizni tugmasini bossak, telefon ekrani yonadi. if(telefonimizni tugmasini bossak){ telefon ekrani yonadi;} Eslatma!!! Dastur yozayotganda shartdan so`ng “ ; ” qo`yish mumkinmas. Agar shartdan so`ng “ ; ” qo`ysak jarayon shu yerning o`zida to`xtaydi va shartdan keyingi operatorga murojaat qilmaydi. Topshiriq: 2.O`zgaruvchi monitor portga chiqarilsin uning qiymati oshib borsin va uning qiymati 10ga teng bo`lganda monitorda 10ga teng bo`ldi degan yozuv chiqsin. Shuni endi talabalarning o`zi mustaqil 20,30,40,50……teng bo`ldi deyishini qilish. Shu yerda savol tug`iladi operatorning o`zi nima? Operator - o`ziga yuklangan ma`lum bir shart asosida vazifani bajaruvchi vosita hisoblanadi va u dastur tuzishimizda bir qator qulayliklarga ega hisoblanadi. Misol uchun jamiyatimizdagi insonlarni olsak, har bir insonni o`zi bajaradigan vazifasi bo`ladi. Talabaning vazifasi o`qish bo`lsa, o`qituvchining vazifasi ana shu talabalarga bilim berishdan iborat. Elektronika sohasida lampochka yoritish vazifasini bajarsa, sim ana shu lampochkani elektr ta`minotiga ulash vazifasini bajaradi. Operatorlar ham bajaradigan vazifasiga ko`ra turlarga ajratilgan. Biz hozirda asosiy 4ta operatordan foydalanamiz. 1. if-shart operatori. 2. for-takrorlanuvchi operatori. 3. while (esa) operatori. 4. switch-tanlash operatori. Lekin bu darsda faqat “ if ” operatori bilan cheklanamiz. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling