Iflos qo’llar” kasalliklari reja


Download 40.14 Kb.
bet2/5
Sana26.03.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1296141
1   2   3   4   5
Bog'liq
“IFLOS QO’LLAR” KASALLIKLARI

Gepatit B qanday yuqadi?
Gepatit B virusi qon va boshqa tana suyuqliklari orqali yuqadi: tupuk, sperma, vaginal sekretsiyalar, ona suti va boshqalar. Virusni yuqishi uchun juda oz miqdordagi qon yoki boshqa suyuqlik yetarli bo‘ladi — ustara, manikyur asboblarini qo‘llashda infeksiya bo‘lishi mumkin.
Gepatit C
Bu kasallikning eng og‘ir shakli bo‘lib, u “yoqimli qotil” deb ataladi. Aynan gepatit C o‘limga olib keladigan asoratlar — siroz va jigar saratoni bilan kechadi. Afsuski, bu virusga qarshi emlash hali mavjud emas, shuning uchun profilaktika choralarini iloji boricha ehtiyotkorlik bilan bajarish muhimdir.
Gepatit C qanday yuqadi?
Virus xavfli inyeksiya va qon quyish orqali yuqadi. Onadan homilaga yuqishi juda kam uchraydi. Gepatit C uy sharoitida ustara va tish cho‘tkalarini ishlatish orqali yuqishi mumkin. Manikyur paytida, stomatologik muolajalar va ichki organlarni steril bo‘lmagan asbob-uskunalar bilan tekshirish paytida virusni yuqtirish xavfi mavjud.

Issiq kunlar boshlanishi bilan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining ko‘payishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bu xastaliklarni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.


Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarning turiga qarab, bu xastaliklar ichburug‘, salmonellyoz, ich terlama, esherixioz, iyersinioz kabi nomlar bilan yuritiladi.
Ushbu kasallik yoz oylarida ko‘proq uchrashiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi. Avvalo, havo haroratining yuqori bo‘lishi, ayniqsa, yosh bolalar organizmida ma’lum immunologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Shuningdek, himoya vositalari kuchsizlanishi, ya’ni ovqat hazm bo‘lishining susayishi, qaynatilmagan suvni iste’mol qilinishi oqibatida me’da shirasidagi muhim himoya vositasi hisoblanadigan xlorid kislota konsentratsiyasi pasayadi. Bu esa ushbu kasalliklarning tez rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ushbu dardning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan mikroblarning asosiy manbasi, shu xastalik bilan og‘rib o‘tgan yoki ayni damda bemor, shuningdek, bu kasallik bakteriyalarini tashuvchilaridir. Ularning najasi bilan mikroorganizmlar tashqi muhitga tarqaladi, atrof-muhit obyektlari (suv, kiyim-kechak, oziq-ovqatlar)ni ifloslantiradi.
Yozda oziq-ovqatlar, ayniqsa, ular noto‘g‘ri joyda saqlangan bo‘lsa, bu mikroblar ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Shuning uchun issiq joyda saqlangan oziq-ovqat mahsulotlarida mikroblar ko‘payib, uning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bunday ovqatni iste’mol qilish kasallanishga olib keladi. Shuningdek, ayrim emizikli onalarning ozodalikka e’tibor bermasligi natijasida ham go‘dak xastalanadi.
Qaysi mikrob qo‘zg‘atishidan qat’iy nazar kasalllikning asosiy belgilari to‘satdan ich buzilishi va qusish bilan kechadi. Ketma-ket qusish va ich o‘tishi oqibatida odam organizmi qisqa muddatda ko‘p miqdorda suv va mineral tuzlarni yo‘qotadi. Natijada bemor holsizlanadi, teri quruqlashib dag‘allashadi, og‘iz quriydi. Bu holat bolalarda ko‘proq namoyon bo‘lib, o‘ynab-kulib turgan bola 3-4 soat ichida butunlay majolsiz holga keladi.
Odatda odamlar ushbu kasallikka yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlarni tanavvul qilganda, ho‘l mevalarni yuvmasdan iste’mol qilganda, ushbu kasallik bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lganda hamda bemorni yaxshi tozalanmagan idish-tovoqlaridan foydalanilganda, shuningdek, bolalar anhorlarda cho‘milgan paytlarida suv bilan mikroblarni yutib yuborganida kasallikni yuqtirishi mumkin.
O‘tkir yuqumli me’da-ichak kasalliklarining tarqalishida pashshalar ham asosiy rol o‘ynaydi. Ular iflos joylarda tuxum qo‘yib, ko‘payib, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni oyoqlaridagi tuklariga ilashtirib oladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, suv va idish-tovoqqa qo‘nib, ularga mikroblarni tarqatadi
РекламаAgarda oila a’zolaringizdan birortasida qayt qilish, ich ketish, tana haroratining ko‘tarilishi kabi kasallik belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Chunki, kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzalroq. Shuning uchun o‘tkir yuqumli me’da-ichak kasalliklaridan saqlanishda birinchi galda ozodalikka, saranjom-sarishtalikka, ayniqsa, ovqatdan oldin va hojatxonadan chiqqach qo‘llarni albatta sovunlab yuvishga odatlanish lozim. Xonadonda, ishxonada, maktab va bolalar muassasalarida, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonalarda, oshxonalarda tozalikka rioya qilish zarur. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sovutgichlarda, boshqa mahsulotlarni esa pashsha, suvarak, sichqon va kalamush kabi mikrob tashuvchi hasharot va hayvonlar tegmaydigan joyda saqlash lozim. Ovqat qoldiqlarini o‘z vaqtida yig‘ishtirib, maxsus ajratilgan chiqindixonalarga olib borib tashlash kerak. Suvni faqat qaynatib ichishni unutmaslik muhim. Ishda, jamoat joylarida, uyda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Shifokorlar gijja kasalligi kabi bu xastalikni ham “iflos qo‘llar kasalligi” deb bejiz aytishmagan. Bozorlardan ho‘l mevalarni xarid qilayotganingizda uning tozaligini bilmasdan tatib ko‘rishdan saqlaning. Cho‘milayotgan joyingizda suvning tozaligiga jiddiy e’tibor berish kerak. Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlarni yoki salatlarni iste’mol qilmang. Sovutgichlarni toza tutish, undagi mahsulotlarni o‘z vaqtida iste’mol qilish va uni tez-tez yangilab turmoq darkor. Idish-tovoqlarni yuvgandan so‘ng qaynagan suvda chayish kerak. So‘ngra ularning ustini doka bilan yopib qo‘ying. Kasalxonaga borganda bemor yaqin kishingiz bo‘lsa-da, undan masofa saqlang.
Yosh chaqaloqlarni ovqatlantirishda sun’iy ozuqani bolaga yetarli qilib tayyorlab bering hamda uni uzoq saqlamang. Atrof-muhitni, xonadon hamda hojatxona va aholi umumiy foydalanadigan joylarni doimo ozoda bo‘lishini ta’minlash kerak.
Qayd etilgan taklif va mulohazalar ko‘pchilikka ma’lum. Agar yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarga amal qilsangiz, o‘tkir yuqumli me’da-ichak kasalliklari va uning og‘ir asoratlaridan yiroq bo‘lasiz va oila a’zolaringiz salomatligini mustahkamlashda o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
“Sog‘lom hayot” loyihasi doirasida bugungi kunda ko‘p uchraydigan kasalliklar to‘g‘risida ma'lumot berib bormoqda. Bugungi mavzu inson organizmida uchrovchi parazitlar to‘g‘risida.
Odam va hayvonlarning a'zo va to‘qimalari hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Gijjalar – chuvalchanglar, o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi - kattalar ham, bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin.

Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling