Iflos qo’llar” kasalliklari reja


Download 40.14 Kb.
bet1/5
Sana26.03.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1296141
  1   2   3   4   5
Bog'liq
“IFLOS QO’LLAR” KASALLIKLARI


IFLOS QO’LLAR” KASALLIKLARI


Reja:

  1. “Iflos qo’llar” kasalliklari haqida

  2. “Iflos qo’llar” kasalliklarini kelish chiqishi va turlari

  3. Iflos qo’llar” kasalliklariga chalinisshni oldini olish.

Bugungi kunda butun dunyoda 600 milliondan ortiq odam virusli gepatit B va C bilan og‘riydi va yildan yilga kasallikning tarqalish tezligi ortib bormoqda. Infeksion xavfni minimallashtirish uchun virus yuqtirishning eng keng tarqalgan yo‘llari, shuningdek, oldini olish usullarini bilish muhimdir.





Gepatit A
Bu gepatitlarning eng keng tarqalgan va xavfsiz turidir. Gepatit A surunkali holga kelmaydi, deyarli hech qachon o‘lim bilan tugamaydi va jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu turdagi gepatitdan o‘zingizni himoya qilishning eng oson yo‘li emlanishdir.
Gepatit A qanday yuqadi?
Ushbu kasallik iflos qo‘llar kasalligi ham deyiladi: virusning yuqish usuli fekal-og‘izdir. Bu shuni anglatadiki, iflos suv, yuvilmagan meva va sabzavotlar, toza yuvilmagan idish yoki sirt orqali, shuningdek, kasal odam bilan aloqa qilgandan keyin yuqishi mumkin.
Gepatit B
Bu kasallikning eng xavfli turidir. Har yili dunyoda deyarli 700 ming kishi gepatit B dan vafot etadi. Hozirgacha kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bevosita ta’sir qiladigan dori mavjud emas. Terapiya faqat jigarni qo‘llab-quvvatlashga, sirroz rivojlanishini sekinlashtirishga qaratilgan. Gepatit B ga qarshi emlash ham mavjud. Bu, birinchi navbatda, qon quyishga muhtoj bo‘lganlar, dializ bilan og‘rigan bemorlar, surunkali gepatit B bilan kasallanganlarning oila a’zolari, tibbiyot xodimlari va qon bilan ishlaydiganlar, homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar, giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar uchun tavsiya etiladi. Shuningdek, gepatit B ga qarshi emlanish ilgari emlanmagan va gepatit B ga qarshi zarur himoya vositalariga ega bo‘lmagan har bir kishi uchun zarur. 35 yoshgacha bo‘lgan bemorlar A va B gepatitlariga qarshi turar joyidagi poliklinikada bepul emlanishi mumkin.

Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling