Ifloslangan atmosfera havosining inson organizmiga tasiri

Download 1.15 Mb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1467099
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ifloslangan atmosfera havosining inson organizmiga tasiri

Qishloq xo`jaligida qo`llaniladigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaharlanadi, ulardan taxminan 15-20 ming kislhi hayotdan ko`z yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar o`pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda kislorod yetishmovchiligiga sabab bo`ladi hamda asab va yurak - qon tomir tizimlarini ishdan chiqaradi.

Doimiy manbalardan atmosferaga 150 dan ortiq zararli moddalar chiqariladi. Hududiy jihatdan bu zararlarning 84%i sanoat korxonalarining asosiy qismi to‘plangan Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri avtomobil transporti hisoblanadi. Avtotransportning atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning salmog‘i 53%ni, ayrim shaharlar (Toshkent, Buxoro Samarqand, Andijon) da 80% gacha yetadi. Keyingi paytda atmosferaga transport tomonidan chiqarilayotgan zararli chiqindilar 2,7 martaga kamaydi

Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat ob’ektlarini geografik sharoitga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat ob’ektlari va yirik kommunal korxonalari alohida sanoat zonasida uy-joy massivlaridan tashqarida bo‘lishi kerak. Shuningdek, shamolning yo‘nalishi uy-joy zonasidan sanoat zonasi tomon esadigan bo‘lishiga rioya qilish lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol orqali kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha kilometr keladigan yashil o‘simliklardan iborat sanitariya-himoya zonasi bo‘lishi yaxshi natija beradi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling