Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


P  Patirdan qil chiqmas, baxildan pul chiqmas. Q


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Patirdan qil chiqmas, baxildan pul chiqmas.

Qo`li hunarsiz – non gadoyi. 
Qo`ynida noni borning qorni to`q. 
Qor yog`di – non yog`di. 
Qorin nonsiz kun kechira olmaydi.
Qorni ochga non bo`lsa bas, ko`zi ochga dunyo yetmas. 

Sen ishni quvsang, non seni quvar. 
Son tegmaganga son tegdi, Zog`ora tegmaganga – non. 
Son tegmasga son tegdi, savat-savat non tegdi. 
Sovut kiyib ma’raka
1
 da jon bergan, ketmon urib kecha-kunduz non bergan. 

Ter to`ksang, don to`kasan, Don to`ksang, non to`kasan.
Tilab olgan non qorin to`ydirmas. 
1
Ma’raka – bu yerda jang-u jadal ma’nosida. 


98 
Tilaganga ne berar, qatti-qutti non berar. 
To`yganda to`qlining go`shti ham tatimas, och qolgan so`ng zog`ora non ham 
ortmas. 

Uy noni bilan chiroyli, ombor – doni bilan. 
Uying kapa bo`lsin, noning katta bo`lsin. 

Vaqtida yoqqan yomg`ir – osh bilan non, vaqtsiz yoqqan yomg`ir – ilon bilan 
chayon. 

Xasisdan don tilaguncha, Gadoydan non tila.
Xo`jadan qiz olish – Patirdan qil olish. 

Yalqov bo`lsa o`g`loning, Yerdan non termas, Abjir bo`lsa o`g`loning, cho`ldan 
don terar. 
Yarimta non – rohati jon. 
Yarimta nonim – oromi jonim // Yarimta non-rohati jon. 
Yaxshi joningga o`rtoq, yomon – noningga. 
Yaxshi qiz erta turib soch tarar, yomon qiz erta turib non so`rar. 
Yetimcha – yetti kulcha. 
Yetimcha yetti kulchaga to`ymas. 
Yotar qursoqqa – yorti non. 
Yovga noningni bersang ham, siringni berma. 
Yozni qo`yib qish dema,qishga yarasha ishing bor.qotgan ekan non dema, og`zing 
to`la tishing bor. 

Zog`aradan to`ydi yetim, Zarra-zarra qo`ydi yetim. 
Ch 
Chiroyga non botirib yeb bo`lmas. 


99 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling